Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Subkompensatsiya bosqichida



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə4/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Subkompensatsiya bosqichida yuqoridagi simptomlar yanada kuchayadi, yurganda boldir mushaklarida og‘riq paydo bo‘ladi, teri qichiydi, paresteziya, pastki mushaklar tortishadi, boldir va oyoq panjalarida shish paydo bo‘ladi va bemorning gorizontal holatida ham yo‘qolmaydi. Boldirning ichki qismi “kokett” zonasida, ichki toʻpiq ustida sianoz va teri pigmentatsiyasi yuzaga keladi.
Dekompensatsiya bosqichida doimiy shish, og‘riq, uvishib qolish, zararlangan tomonda qichishish paydo bo‘ladi. Boldir tobora yo‘g‘onlashib shishgan, sianozga uchragan, shishlar saqlangan bo‘lib, tungi hordiqdan so‘ng ham yo‘qolmaydi. To‘qimalarning trofik buzilishlari natijasida asoratlar yuzaga keladi: dermatit, skleroz, trofik yaralar, tromboflebit, qon ketish, ikkilamchi limfedemalar va ekzemalar shular jumlasidandir.
Varikoz kasalligida trofik buzilishlar ko‘pincha venoz gipertenziya yuqori bo‘lgan sohalarda rivojlanadi. Trofik buzilishlar ko‘proq yuzaga keladigan soha boldirning ichki – medial sathi bo‘lib ushbu zonada Kokettning kommunikant venalari joylashgan (Kokett zonasi). Ushbu venalar teri va teri osti to‘qimalaridan yig‘ilgan qonning chuqur venalariga o‘tkazadi. Uning yetishmovchiligida venoz qon retrograd ya’ni, chuqur venalardan yuza venalarga oqadi. Bu patologik jarayon esa o‘z navbatida yumshoq to‘qimalarda venoz gipertenziya va trofik buzilishlarni rivojlanishiga olib keladi.
Trofik yaralar odatda yakka, ba’zan ko‘p sonli bo‘ladi, boldir uchdan bir pastki qismining ichki yuzasida joylashadi. Yaralar yassi, ularning tubi silliq, chetlari noteks shaklda bo‘lib undan kam ajralma chiqib turadi.
Varikoflebit – varikoz venalar kengayishi tromboflebitida vena yo‘li bo‘ylab qattiqlashishi, og‘riydigan zich tugunlar paydo bo‘lishi, qizarishi va yurish qiyinlashuvi hamda umumiy va mahalliy harorat ko‘tarilishi kabi belgilar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Varikoz kengaygan venalardan qon oqishi, vena devori yupqalashganda va teri bilan birikib ketgan vena arzimas shikastlanganda yuzaga keladi. Shikastlangan vena distal qismiga bosib turadigan bog‘lam yoki rezina jgut bog‘lab qon oqishini osongina to‘xtatish mumkin. Semiz bo‘lmagan bemorlarda varikoz kasalligini diagnostika qilish deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallikning shakli, bosqichlari, venalarning kengayishi darajasini, kommunikant venalar holatini aniqlash ancha mushkuldir. Qaysi holatlarda kommunikant venalar klapanlari zararlanmagan, teri osti venalaridagi klapanlarda yetishmovchilik bor, qaysi holatlarda kommunikant venalar klapanlarning yetishmovchiligi ham qo‘shilganligini aniqlash diagnostikaning asosiy maqsadidir.
Oyoq venalari uchala sistemasida klapan yetishmovchiligi yuzaga kelganda “total venoz yetishmovchilik” haqida fikr yuritish mumkin.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin