Oyoq venalarining varikoz kasalligi


Surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi 3 bosqichga bo‘linadi



Yüklə 346,74 Kb.
səhifə14/32
tarix20.11.2023
ölçüsü346,74 Kb.
#164749
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Varikoz kasalligi, PTFS. Yurakning tug‘ma va ortirilgan nuqsonlari. YUIKlarni xirurgik davolash

Surunkali qon aylanishi yetishmovchiligi 3 bosqichga bo‘linadi:
1-bosqich. Qon aylanishining boshlang‘ich yashirin yetishmovchiligi. Faqat jismoniy harakat vaqtida hansirash, yurakning tez urishi va darmonsizlik bilan yuzaga chiqadi. Tinch holatda bu alomatlar yo‘qoladi. Gemodinamika buzilmagan.
2-bosqich. Bu bosqichda ikkita davr ajratiladi. A davrda – qon aylanishi yetishmovchiligining alomatlari tinch holatda kam ifodalangan, jismoniy mehnatga tolerantlik pasaygan, katta va kichik qon qon aylanish doiralarida ko‘p ifodalangan gemodinamik o‘zgarishlari kuzatiladi. B davrda – tinch holatda yurak yetishmovchiligi alomatlari yaxshi ifodalangan; katta va kichik qon aylanish doiralarida og‘ir gemodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi.
3-bosqich. Oxirgi, distrofik o‘zgarishlar bosqichi. Gemodinamika va moddalar almashinuvining o‘zgarishlari ko‘p ifodalangan, a’zo va to‘qimalar tuzilishida qaytmas o‘zgarishlar kuzatiladi.
AORTAL KLAPAN NUQSONLARI


Aortal klapan stenozi


“Toza” ya’ni faqatgina aortal klapanlar nuqsoni orttirilgan nuqsonlarining 1,5-2%ni tashkil qiladi. Lekin turli darajadagi aortal yetishmovchiliklar bilan birgalikda aortal stenoz ko‘p uchrab turadi (4.2-rasm).
Revmatik valvulit asta-sekinlik bilan aortal klapalarning qalinlashuviga va torayishiga olib keladi. Klapanlarning


4.2-rasm. Aortal klapan stenozi.
qorinchaga qaragan tomonida mexanik ta’sir natijasida, klapanlar to‘qimasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar klapanlarning erkin chekkalarini yopishishi va bu bilan klapan teshigining torayishiga sabab bo‘ladi. Komissuralar yopishishi va fibroz karashlar keyinchalik organik o‘zgarib fibroz to‘qimaga aylanishi kuzatiladi.
Aortal stenoz chap qorincha miokardida katta o‘zgarishlar chaqiradi: gipertrofiya va nisbiy koronar yetishmovchilik miokardda distrofik o‘zgarishlar mushak tolalarining oqsilli va yog‘li distrofiyasi, keyinchalik esa diffuz va o‘choqli skleroz rivojlanishiga olib keladi.
Normada aortal klapanlar maydoni 2,5 – 3,5 sm2. Aortal stenozning gemodinamik alomatlari aortal klapan maydoni 0,8-1 sm2 gacha kichrayganda yuzaga chiqadi. Aortal teshik 0.5 – 0.7 sm2gacha kichrayganda aortal stenozining keskin klinik ko‘rinishlari namoyon bo‘ladi.
Gemodinamikasi: ishni kompensatsiyalash uchun chap qorincha gipertrofiyaga uchraydi, mushaklar qisqarishi kuchayadi va uzoq vaqt davomida minutlik xajmini o‘zgartirmay ushlab turadi. Vaqt o‘tishi bilan chap qorinchadagi “qoldiq qon” miqdori ko‘payadi va diastolik bosim oshadi. Chap qorincha bo‘shlig‘i kengayadi va tonogen dilatatsiya yuzaga keladi. Miokard tolalari cho‘zilishiga javob sifatida sistola davrida chap qorincha qisqarishi kuchayadi. Mushak tolalarining cho‘zilishi natijasida o‘zining qisqarish kuchini yo‘qotishi miogen dilatatsiyaga olib keladi. Chap qorincha funksiyasi dekompensatsiyasi umumiy yurak yetishmovchiligi boshlanganligini bildiradi. Yurakning og‘irligi 1200 gr gacha yetadi(normada 250-300 gr).
Kasallikning dastlabki bosqichlarida miokard koronar qon tomirlaridan qon bilan ta’minlanadi. Keyinchalik nisbiy (gipertrofiyalangan miokardning qonga bo‘lgan yuqori talabning odatdagi qon ta’minotiga mos kelmasligi) va absolyut (qorincha ichi va mikard ichi bosimining o‘sishi bilan bog‘liq holda koronar qon tomirlarining qarshiligini ko‘payishi) koronar yetishmovchilik rivojlanadi. Keskin stenoz va uning natijasidagi qorincha ichida sistolik bosimining yuqoriligi aortaga qonning ingichka va kuchli oqim bilan yuborilishiga sabab bo‘ladi. Natijada aorta o‘zagida yondevor bosimi pasayadi va bu o‘z navbatida sistola vaqtida koronar arteriyalar to‘lishini qiyinlashtiradi. Aortal stenoz bilan og‘rigan bemorlarga miokard ishemiyasi rivojlanib, to‘satdan o‘lim xavfi kuzatiladi.
Chap qorinchada diastolik bosimning o‘sishi bilan bir vaqtda chap bo‘lmachada ham bosim ko‘tariladi, keyinchalik esa bu bosim kichik qon aylanish doirasiga beriladi. Kichik qon aylanish doirasida qonning dimlanishi va gipertenziya paydo bo‘lishi aortal stenozning oxirgi bosqichi boshlanganligidan dalolat beradi.

Yüklə 346,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin