O’z guruhida konfliktli-stresslivaziyatlarni tahlil etish. Mundarija


Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari



Yüklə 126,5 Kb.
səhifə3/6
tarix23.05.2023
ölçüsü126,5 Kb.
#120619
1   2   3   4   5   6
O’Z GURUHIDA KONFLIKTLI-STRESSLIVAZIYATLARNI TAHLIL ETISH.

2. Konflikt signallari va ularni taxlil qilish usullari.
O’zbeklarning milliy qadriyatlari tizimida janjalkashlik, ichi qoralik, boshqa odamlar tinchini buzish, oiladagi zo’ravonlik, bolalarga nisbatan zo’ravonlik qoralanadi. Nizo kelib chiqishi bilan uni hal qilish yo’llarini qidirish oqlanadi. Ammo hayotda odamlarning o’zini tutishi va harakatlari azaliy qadriyatlar asosida emas, balki ularga zid bo’lgan xususiyatlar asosida rivojlanganligini ko’ramiz. Bir oilada yashab, unib o’sgan qarindoshlar orasida meros talashib, pul va qarz mojarolari bilan, yerdan ulush so’rab, hovli joylarni adolatli bo’lisha olmagan hamda mana shu sabab yuz ko’rmas bo’lib ketgan yaqin qarindoshlar uchrab turadi. Shu nuqtai nazardan, umuman konfliktni yechib bo’ladimi, uning hammani qoniqtirgan xulosasi mavjudmi degan masala qiziqish uyg’otadi.
Konfliktni uning kelib chiqqanligi, rivoj topib, ildiz otgan paytidagina emas, balki uning ilk kelib chiqish davridayoq bilib, oldini olish unumliroq bo’lib, shunday yo’l yaxshi natijalarga olib keladi. Ammo keng quloch yoyib ketgan, bir emas, balki bir necha tomonlarni o’z domiga tortib olgan, bir necha yillarga davomli cho’zilib, ko’pchilikka aziyat keltirgan konfliktlarni ham hamma uchun qoniqarli yechimga olib kelsa bo’ladi. Biroq bunday vaziyatlarda konfliktda ishtirok etayotgan barcha tomonlardan konflikt yechimiga tayyorlik, uning mazmunini muhokama etishga hozirlik, kompromisslarni to’g’ri va achinmay qabul qilish, norozilikka rozilik, layoqatlilik, o’z so’zida turish kabilar talab etiladi.
Konfliktning vujudga kelayotganligini uning signallari, ya’ni belgilari aniq va ravshan ko’rsatib beradi.
Konflikt signallari konfliktning to’la namoyon bo’lishidan oldin tomonlar o’rtasidagi odatdagi to’g’ri munosabatlar o’rtasida kelishmovchilik, inqiroz, o’zaro tushunmaslik, g’ayirlik, ayrmakashlik vujudga kelayotganligini namoyon etadi.
Konflikt signallariga bee’tiborlilik uning kelgusida rivojlanib ketishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shu bois, konflikt signallarini bilish va ularga e’tiborli munosabat talab qilinadi. Konflikt signallariga inqiroz, tomonlar orasidagi tanglik, tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kiradi. Ularning mazmunini tushunish, ularga nisbatan mutanosib munosabat odatda konfliktning erta anglanishi, inqirolzning oldi olinishi va uning hal etilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Inqiroz. Tomonlar orasidagi ma’lum ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy inqiroz darrov bilinadi. Agar biror kishi o’zining do’sti, hamkori, yoki tanishi bilan o’z munosabatlarini birdaniga va sababsiz uzib qo’ysa, u bilan gaplashishidan o’zini saqlasa, hafa bo’lib yursa, uni turli qarama-qarshi fikrlar qiynasa, bu - konfliktdagi inqirozning vujudga kelganligiga ishoradir. Bu holatlar inqiroz, yoki hal etilmagan o’ziga xos konflikt belgilari hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqa tomonga nisbatan ishlatilgan zo’ravonlik, tahdid, shantaj kabilar ham inqiroz vaziyatining mavjudligini ko’rsatadi. Juda qattiq bahs yuritish, bahsda tomonlarning bir-birini ayamasligi, o’zaro tahdidlarning qo’llanilishi ham inqiroz vaziyatining ko’rinishlari hisoblanadi. Inqirozni ko’rsatuvchi yorqin belgilardan biri kishi o’z emosiyalarini ushlab tura olmasligi, o’z emosiyalari va xis-tuyg’ulariga erk berishi, so’kishish, yomon so’zlar ishlatish, birovni tahqirlash kabilardir. Odam bu vaziyatda o’z emosiyalari ichiga kirib ketib, o’z fikrlarida qarshi tomonni “u yoki bu qilvorishga” jazm ham qiladi. Bu vaziyatlarda tezda inqirozning mavjud ekanligi tan olish, o’zini emosional tinchlantirish, inqiroz vaziyatini vujudga keltirgan sabablarni tahlil qilish, o’zini muzokaralarga hozirlash, qarshi tomon bilan tinch muloqotga o’tish darkor. Agar bu ish qilinmasa, haqiqatan ham kuchli konflikt yuzaga kelishi aniq.
Tomonlar orasidagi tang holat. Konfliktning vujudga kelayotganligini ko’rsatuvchi yana bir signal. Tomonlar orasida kichkina nizoning kelib chiqishi ham, biz bilan emosional to’qnashgan odam haqidagi bizning fikrimizga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi. Bizga qarshi bo’lgan odamning “yomon” ekanligiga darrov bir necha ko’rsatkichlar topila boshlaydi. Agar bir o’zimizni to’xtatmasak, bu “yomon”lar soat sayin ko’payib boradi. Uning barcha so’zlari, harakatlari va
amallarini biz mikroskop ostida tahlil qila boshlaylaymiz, ko’p narsalarni “qora” bo’yoqda ko’rishga urinamiz. Ko’proq asl holatni emas, balki mana shu ongimizda vujudga kelgan hamda o’zimiz qurishga sayi-harakat qilgan odamni tahlil qilishga o’tamiz. Shu bois, bu odamga nisbatan bizning muomalamiz salbiy tomonga o’zgaradi. Orada emosional tanglik vujudga keladi. Biz o’z emosiyalarimiz va xulosalarimizga ishonib boraveramiz, ularning “sun’iy” o’zimiz tomonidan yaratilganligi va yasalganligini tan olgimiz kelmaydi. Tomonlar orasidagi tanglik biror sabab kuta boshlaydi. Bu nihoyat darajada qurigan o’tlarning kichik bir sababdan o’t bo’lib yonishiga o’xshaydi. Chunki bizning emosiyalarimiz tashqariga chiqishni, uning “adabini” berib qo’yishni, ongimizda shakllangan “yomon” odamga uning qanday “yomon”ligi ko’rsatib qo’yishni biz juda istaymiz. Bizga mulohazakorlik, bosiqlik va oddiy haqiqatni tan olmaslik halaqit beradi. Biz tang ahvolga adekvat munosabat bildira olmaymiz.
Bunday holatlar, juda ko’p xollarda oilada, xotin o’z erini rashq qilgan, uni kuzatishni boshlagan, xotinning miyasida turli bo’xtonlar avj olgan, uning o’zi o’z qalbida erining “chetga” yurishiga chin ishongan paytlarda vujudga kelishi kuzatiladi. Xotin o’z erining ming karra “Men unday odam emasman” degan gapini ham inobatga ololmay qoladi, u faqat o’ziga va o’z emosiyalariga ishonadi, xolos.
Bu vaziyatda ham o’z emosiyalarini ma’lum bir tartibga keltirish, sabab bo’lgan voqyeani tahlil qilish, masalan eri kech kelgan bo’lsa-yu, u “Men o’z onamnikida bo’lganman” desa, yo’lini topib, surishtirmasdan, balki axborot olish maqsadida, vaziyatni o’rganish o’z erining haq ekanligi ko’rsatishi mumkin. Masalan, onasinikiga borsa, u yerda otasining mazasi qochib qolgan bo’lishi, er otasini bemorxonaga joylashtirish uchun harakat qilgani oydinlashadi.
Inson har qanday vaziyatda o’z emosiyalarini tartibda ushlashi, ularga erk bermasligi, tarixiy vaziyatni mulohazakorlik bilan tahdid qila olishi tang vaziyatlarning konfliktga aylanmasligi asosi hisoblanadi.
Tushunmovchilik. Ba’zan tomonlar orasida biror hodisa yoki ahvol to’g’risidagi noto’g’ri axborot tufayli tushunmovchilik vaziyati vujudga keladi.
Masalan, yosh oila. Kelin institut aspiranturasida o’qiydi. U institut oldidagi ostanovkada avtobusini kutib turganida ilmiy rahbari kelib qoladi. Ular bir-ikki og’iz gaplashishadi. Aynan shu vaqtda, yosh kelinning boshqa yigit bilan gaplashib turganini qaynonasining singlisi ko’rib qoladi. U darrov axborotni singlisi, singlisi esa o’g’liga bo’rttirib yetkazishadi. Kuyov vaziyatni so’ramasdan kelinga zo’ravonlik bilan muomala qiladi. “Sening institutda boshqa yigiting bor ekan!”. Hyech narsani tushunmagan kelin o’zini oqlashga o’tadi. Yigit xotiniga qo’l ko’taradi. Aslida, aynan tushunmovchilikning oqibatida yosh oilada juda katta konflikt vaziyati vujudga keladi. Uning oqibatlari turlicha bulishi mumkin. Ammo kelinning ko’nglida “unga qo’l ko’tarilganligi”, uning “beayb” ekanligi hyech qachon o’chmaydi. Agar kelinning haqiqatan ham boshqa yigiti bo’lganida ham, bu axborot kelinni urish uchun ruxsat va ijozat bo’la olmaydi. Boshqa odamni, ayol kishini umuman urib bo’lmaydi. Urish – bu zo’ravonlikdir. Zo’ravonlik esa, shu jumladan oidalagi zo’ravonlik, dunyoviy davlat qonunchiligi tomonidan ham, diniy, ya’ni shariat qonunchiligi tomonidan ham qoralanadi va jazolanadi.
Mana shu holat seminarda muhokamaga qo’yilganda, ko’pchilik kelinni ayblashga urindi. “Erga tegdimi, o’ylab ish qilishi kerak. Ayb kelinda, nima qiladi ko’chada gaplashib, salom bersin-da, o’tib ketaversin... Domlasi bo’lsa ham, ko’chada emas, balki binoning ichida, hyech kim ko’rmagan joyda gaplashsin. Domlasi ham g’irt ahmoq odam ekan. Nima qiladi yoshgina qizga rahbarlik qilib. Yigitlar qurib qolibdimi?! Mana, domlasini deb, yosh oila buzilib ketyapti. Kelin ham ahmoq, er degan uradi-da. Shuni ham doston qilib, darrov hammaga yoyish kerakmidi?! Yoshlar tezda, er yaxshi ko’rarkan, rashk qilar ekan, shuning uchun uradi-da...”.
Achinarli hol shundaki, ko’pchilik seminar ishtirokchilari, ayol erning hukmiga berilgan qul emasligi, ayolning o’z huquqlari mavjudligi, aspiranturada o’qish uning insoniy huquqlaridan biri ekanligi, bilim olish faqat binoning ichida bo’lsin degan qonunning mavjud emasligi, er kishi o’z xotinini urishi mumkin emasligi, umuman axborotning to’g’riligini aniqlamasdan turib, hukm chiqarib bo’lmasligi, xotin, ya’ni o’ziga eng yaqin bo’lgan insonni eshitish va u bilan tinch va osuda suhbat qurish lozimligini aytishmadi. Mana shu hayotiy voqyea
ajrim bilan tugagan. Agar tomonlar konfliktlar yechimi bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lishganida edi, ular o’zlarini ancha bosiqlik va mulohazakorlik bilan tutgan bo’lardilar. Doimo har qanday axborotni o’ylab, tahlil qilib, so’ng o’ziga singdirish lozimligi, ayon.
Insidentlar. Insidentlar, hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog’liq bo’lgan voqyealar bo’lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularga e’tiborsiz bo’lasiz, ularni tezda hayoldan chiqarib tashlaysiz. Ammo ular ba’zan sizni ham konflikt tarkibiga tortib ketadi. Masalan, har kuni ertalab er qovurilgan tuxum iste’mol qilishga odatlangan. Xotini ham shunga o’rgangan, har kuni erining talabiga ko’ra qovurilgan tuxum ertalab stolning ustida erini kutib turadi. Ammo kunlardan bir kun eri, “Shu tuxumga ozgina ko’k piyoz qo’shib, aralashtirib, qovurganingda, boshqacharoq bo’lar edi”, deydi. Xotin avvaliga bu so’zlarga e’tiborsiz bo’ladi. Indamaydi. Ammo eri ishga ketganidan so’ng, “Nima uchun bunday dedilar ekan?!”, “Umuman ovqat pishirmagan odam, bunaqa qilib tuxum qovurishni qaydan bilar ekanlar?!”, va nihoyat, “Bunday tuxumlarni qayerda yegan ekanlar-u va qayerda bunaqa tuxum pishirishni ko’rgan ekanlar?!” degan savollar bilan o’zini emosional qiynay boshlaydi. Oddiygina insident, ya’ni bo’lib o’tgan voqyea, keyinchalik er va xotinning o’rtasiga yechib bo’lmaydigan muammolarni qo’yishi mumkin. Shu bois, konfliktni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan barcha mayda narsalarga ham e’tiborli bo’lish va ularni, ya’ni muammolarni birgalikda, hamkorlikda, xotirjam, bir-birini ayblamasdan muhokama qilishga o’tish ziddiyatlarning to’g’ri yechimini oydinlashtiradi va yaqinlashtiradi.

Diskomfort. Diskomfort holati insonning ichki xissiyotlari, o’ylari va tuyg’ulari bilan bog’liq bo’lib, nimadir bo’layotganligi anglanadi, ammo o’sha “nimadir” aniq ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Diskomfort holati ko’pincha insonni ba’zi noaniq va nizo holatlar, inqirozlardan saqlab qolish xususiyatiga ega. Shu bois, diskomfortga befarq qaramasdan, balki inson o’zining ichki xissiyotlari nimalar demoqchiligini tahlil etishga, odam o’ziga quloq solishga o’tishi lozim. Albatta, agar siz atrofingizdagi voqyealarni tahlil eta boshlasangiz, o’z xissiyotlaringiz sizni nima uchun qiynayotganligini topasiz. Har


holda o’ziga sezgir va ogoh bo’lib turgan ma’qul. Agar siz o’z ichki xissiyotlaringiz sizga uzatishga harakat qilayotgan axborotlarni to’g’ri “tarjima” qilishni o’rgansangiz, ko’pincha o’z hayotingizni ziddiyatlardan saqlab qolgan bo’lasiz.
Konfliktning kelib chiqishidan oldin konflikt vaziyat mavjud bo’ladi. Konflikt vaziyatning oldini olmaslik insidentga olib keladi. Insidentning rivojlanishi esa konfliktning o’zini vujudga keltiradi.
Shu bois, kuyidagi qadamlar konflikt vaziyat, insident va konflikt oldi holatlarni hal etishga qaratilgan:
Birinchi qadam: konflikt vaziyat o’zining yechimini va konflikt rivoji uchun asos borligini ko’rsatadi. Unga e’tiborsiz bo’lmang. Uni tahlil qilish va yechimini topishga urining.
Ikkinchi qadam: konflikt vaziyat har doim asl konfliktdan oldin paydo bo’ladi. Ammo uning masshtabi ancha kichik bo’ladi. Konflikt esa insedent bilan, yoki uning ketidan vujudga keladi. Shu bois, konflikt vaziyatni nazoratda saqlagan odam, konfliktning o’zini ham nazoratda saqlagan bo’ladi.
Uchinchi qadam: konflikt vaziyatning tahlili nima qilish kerakligini ko’rsatadi. Masalan, yuqorida tahlil qilingan er va xotin o’rtasidagi insidentda er va xotin o’rtasida aniq va ishonchli axborot ulashishning bo’lmaganligi oqibatida insident konfliktga aylanib ketgan. Shu bois, konfliktlarning yuzaga kelmasligi uchun tomonlar o’rtasida samimiy va rostgo’y axborot almashuv bo’lishi kerak.
To’rtinchi qadam: insident vujudga kelgan vaqtda doim o’zingizga “Nima uchun?” degan savolni unga javob topmagunga bering va aniq javob topishga harakat qiling. Masalan, yuqoridagi insidentda o’zini va erini shubhalar bilan qiynash va asossiz ravishda birovni ayblash o’rniga tomonlar orasida doimo rost va samimiy munosabatlar va axborot almashish o’rnatilsa, erning o’zi qachon va qayerda yangicha usuldagi tuxum qovurishni ko’rgani va yegan bo’lsa, yeganini aytib beradi. Chunki, har bir odamning yashash va hayot kechirish makoni faqat oila, yoki bolalar bilan o’tmaydi. Makon katta. Mana shu makon ichida turli axborotlar opponentingizda boshqa usullar orqali yetkazilishi ham mumkin (televideniye, kitob, avtobusdagi suhbat, kasbdoshlar v.b.).
Beshinchi qadam: konflikt, insident, konflikt vaziyatni faqat hayolingizda emas, balki og’zaki tahlil qilishga urinib ko’ring. Chunki og’zaki tahlil jarayoni konfliktning tashqi ko’rinishidan uning ichki mag’ziga o’tish imkonini yaratadi. Konflikt mazmunini bilish turli xulosalar, parallel fikrlar, voqyealarni taqqoslash, o’lchash, fikrni jamlash orqali yuz beradi. Aynan mana shu jarayonda siz o’zingiz uchun ko’p narsalarni yangitdan, oydinroq va aniqroq kashf etasiz hamda o’zingiz uchun maqbul yo’lni topishga o’tasiz.
Oltinchi qadam: siz bilan yuz bergan konflikt tahlilidan so’ng nima voqyea bo’lganligini bir-ikki so’zdan iborat ta’rifini ishlab chiqishga harakat qiling. So’zlarni juda kam ishlating. Faqat eng muhim so’zlar ta’rifga kiritilsin. Ana shunda, konfliktning aniq diagnozi qo’yilgan bo’ladi. Ana shunda, konflikt vaziyat tahlili keraksiz emosiyalardan ozod etilgan bo’ladi. Ana shunda, aniq diagnoz orqali siz o’zingiz va opponentlaringizni mushkil ahvoldan chiqarib yuborishga imkon topgan bo’lasiz. Ana shunda, siz muammoning asl mazmunini anglagan bo’lasiz va harakat qilishingiz, xulosa qilishingiz aniqlashadi va yengillashadi.
Yettinchi qadam: konflikt vaziyat va konflikt muammoning yechimi topish asli ancha murakkab jarayon ekanligi sizga oydinlashmoqda. Konfliktning yechimini topish bir o’tirishda hamma muammolarning hal etilishi emas. Agar bir o’tirishda ana shunday hamma tomonlarni qoniqtiruvchi yechim topilsa, nur ustiga a’lo nur bo’ladi, ammo aslida konflikt yechimini topish ancha mushkul jarayon bo’lib, eng qiyini hamma ishtirokchi tomonlarni yagona yechimga keltirishdir. Shu bois, konflikt yechimi jarayonida qanoatli va sabrli bo’lish, asta-sekinlik bilan bo’lsa ham, ziddiyatning yechimini topishga qaratilgan sayi-harakat hisoblanadi. Sabrli bo’lish – konflikt yechimini topish sari bo’lgan yo’lning doimiy hamrohi bo’lishi shart.
Shunday qilib, konfliktlar yechimi mavjud. Konfliktning eng oddiy yechimi konfliktogenlarga e’tiborli munosabat, konflikt oldi vaziyatlaridan bo’lgan konflikt signallari, inqiroz, tomonlar orasidagi tang holat, tushunmovchilik, insidentlar, diskomfort kabilarni oldindan ko’ra bilish va konfliktning kelib chiqishi oldini
olish, konflikt kelib chiqqanida esa, uning yechimiga qaratilgan sayi-harakatlarni olib borishdan iboratdir.


Yüklə 126,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin