O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə11/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Tayanch so`zlar: ma’no, leksik, lug’aviy, grammatik, o’zak, affiks, uslubiy, bir ma’no, ko’p ma’no.


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.So’z ma’nolari deganda nimani tushunasiz?
2.Lug’aviy ma’no nima?
3.Grammatik ma’no nima?
4.Bir ma’noli so’zlar deganda nimani tushunasiz?
5.Ko’p ma’noli so’zlar deganda nimani tushunasiz?


Topshiriqlar


1-Topshiriq: O‘zbek xalq maqollarini ko‘chirib oling, o`z ona tilingizdagi muqobilini toping.
Aqldan ortiq boylik yo’q.
Aytilgan so`z - otilgan o‘q.
Botirning mushti ham yarog‘.
Bilsang gapir, bilmasang eshit.
O‘z yurting - o‘lan to`shaging.
Ona yurting omon bo‘lsa,
Rangi ro‘ying somon bo‘lmas.
Vatanni sevmoq iymondandir.
O`zga yurtda shoh bo‘lguncha,
O‘z yurtingda gado bo‘l.


2-Topshiriq:1.O’qing.So`z ma`nolariga va ma`no ko`chishiga e`tibor bering.
Bog’imiz bog’day bo’ldi
Tol ekdik, terak ekdik, Ko’klam: ekmaslik yomon
Hammasi kerak, ekdik. Shaftoli, shotut, jiyda
Olcha, gilos, olxo’ri, O’z joyin topdi juda.
Olmazor-bog’ning to’ri Bog’imiz bog’day bo’ldi
Nok nashvati-bir tomon- Ko’nglimiz tog’day bo’ldi.


3-Topshiriq: Xandalarni o’qing. So`z ma`nolarini tushuntiring.
-O’g’lingiz yaxshi o’qiydimi?-deb so’radi bir ayol qo’shnisidan.
-Ha,- javob berdi qo’shnisi.- U hamma fanlarni yanada chuqur o’rganish uchun bir sinfda 2 yildan o’qityapti.
***
O’qituvchi:- Erkin, o’quvchilarning maktabda ko’pincha aytadigan so’zlari qaysi?
Erkin:- Men bilmayman.
O’qituvchi:- Barakalla, juda to’g’ri topding.


5–mavzu: So’zning o’z va ko’chma ma’nolari.
So`zlarining shakl va ma`no munosabatiga ko`ra turlari
Reja:
1.So’zning o’z va ko’chma ma’nolari.
2.Ma’no ko’chish usullari.
3.So`zlarining shakl va ma`no munosabatiga ko`ra turlari haqida.
4.Omonim (shakldosh) so`zlar.
5.Sinonim (ma`nodosh) so`zlar.
6.Antonim (zid ma`noli) so`zlar.
7.Paronim so`zlar.

Ayrim so’zlarning o’z ma’nosi va ko’chma ma’nosi bo’ladi. So’zning gapdan tashqarida ifodalaydigan ma’nosi bosh(o’z)ma’nodeyiladi. So’zning boshqa so’zlar yordamida aniqlanadigan, izohlanadigan ma’nosi ko’chma ma’no deyiladi: ko’zko’rish a’zosi (o’z ma’no), ignaning ko’zi - ko’chma ma’no. Ko’p ma’noli so’zlar ikkalasiga ham ega bo’ladi.


O’zbek tilida ma’no ko’chishning quyidagi usullari mavjud:

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin