O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə19/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Tayanch so`zlar: terminologiya, atama, ixtisoslik, soha, xususiyat, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:


Topshiriqlar
1-topshiriq: so`zlarning qaysi sohaga tegishli ekanligini ajratib ko`rsating:
Landshaft, dizayn, forsaj, kompozitsiya, san`at, atama, urg`u, affiks, davlat, jamiyat, demokratiya, paleolit, feodalizm.


2-topshiriq: matnni o`qing va arxitektura sohasiga oid so`zlarni lugat tartibida izohlang:
Arxitektura
Arxitektura bu qurilish san`atidir. Binolar, komplekslar, ansambllar, har xil qurilishlar jamiyat, davlat yoki alohida shaxs uchunmi – bularning bari arxtekturadir. Binolarda hayot uchun zarur bo`lgan territoriya eganllanadi.
Arxitektura – bu san`atning bir turi bo`lib, u uch xususiyatdan iborat: funksional, konstruktiv va estetiklikdir.
Arxitektura haykallari va yodgorliklar – bu ko`rgazma san`at asaridir. Bu relef, haykallar, naqsh, freskalar bularning bari katta boylikdir. Ijodning eng yuqori shakli – bu arxitekturada ansambllar yaratishdir. Arxitektura – bu faqat yakka bir uy emas, balki bu shaharlardir, uning ko`chalari, maydonlari, bog`lari, alleyalari, ko`priklari, favvoralar va haykallardir.


3-topshiriq: Ixtisoslikka oid atamalar lug`atini tuzing.
Namuna: orfoepiya - grekcha orfo - to`g`ri, epos - nutq ma`nolarini bildiradi;
Leksikografiya - grekcha lexikos – so`z, tushuncha; grafos- yozmoq degan ma`nolarni bildiradi.
8-mavzu: So’z va unung qo’llanilishi
Reja:
1.So`zlarning tuzilish jihatdan turlari.
2.Umumxalq ishlatiladigan so`zlar.
3.So`z tarkibi.

O’zbek tili so’z boyligi hayot, fan, texnika, san’atinig taraqqiyoti bilan bog’liq holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:


1. O’zbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba)- bunda ko’pincha so’z yasash orqali yangi so’zlar hosil qilinadi:sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDX, O’zMU kabi. Shevalardan so’z olish ham ichki manba hisoblanadi: aya, bolish, hamsoya.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin