O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə16/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Ensiklopedik (qomusiy) lug'atlar ijtimoiy turmushning barcha sohasiga oid so'zlarni qamrab oladi. Ensiklopedik lug'atlarda so'zlar, birikmalar, ma'lum bir voqea-hodisalar izohlanadi. Lingvistik lug'atlarda esa faqat so'zlar beriladi.
Lug'atlar qo'llanish doirasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: umumiy lug'atlar va maxsus lug'atlar.
Umumiy lug'atlar barchaga mo'ljallangan bo'lib, ulardan turli soha vakillari foydalanishi mumkin. Masalan: "Imlo lug'ati", "Izohli lug'at", "Ruscha-o'zbekcha lug' at".
Maxsus lug'atlar esa ma’lum bir soha vakillari uchun mo'ljallangan bo'ladi: "Sinonimlar lug'ati", "Matematik terminlar lug'ati".
So'zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo'lishiga ko'ra tarjima lug'atlari va bir lug 'atlar farqlanadi.
I.Tarjima lug'atlarida bir tilning lug'aviy birligiga boshqa tildagi mos birlik beriladi. Masalan, ''O'zbekcha-ruscha lug'at".
II.Bir tilli lug'atlar (o'z til lug'atlari)ning so'zligi bir tilda bo'ladi. Bir tilli lug'atlarning quyidagi turlari bor.
1.Izohli lug'atda lug'aviy birliklarning (so'z yoki iboralarning) ma'nosi izohlanadi. Lug'aviy birlik ko'p ma'noli bo'lsa, uning barcha ma'nolari beriladi va izohlanadi. "O'zbek tilining izohli lug'ati" 1981 yilda 2 jild holida nashr etilgan bo'lib, oltmish besh mingga yaqin so'z izohlangan.
2.Imlo lug'ati so'zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd etadi. Imlo lug'ati (orfografik lug'at) so'zlarning to'g'ri yozilishini ko'rsatadi. Katta hajmli imlo lug'ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so'zning to'g'ri yozilishi qayd qilingan. O'quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug'atida 17 ming so'zning to'g'ri yozilishi berilgan.
3.Orfoepik lug'atda so'zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladi.
4.Morfem lug'atda so'zlarning mortem tuzilishi, ma'noli qismlari beriladi. Ular lingvistik maqsadlarda tuziladi.
5.Chastotali lug'at so'zlarning qo'llanish miqdori va foizi haqida ma`lumot beradi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin