O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


-topshiriq Matnni o'qing. Mazmunini aytib bering



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə113/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1-topshiriq Matnni o'qing. Mazmunini aytib bering.
KIM BIRINCHI BO'LIB SALOM BERISHI KERAK?

Yoshi katta odam bilan yoshi kichik odam uchrashsa, albatta, kichik odam birinchi bo'lib salom beradi. Lekin qol uzatish hamisha kattadan. Odamiar to'plangan xonaga kirsangiz bunda, shubhasiz, siz salom berishingiz shart. Bir kishi olddiga ikkinchi kishi kelsa, albatta kelgan kishi salom beradi. Bu yaxshi odat qadimdan insoniylik ziynati hisoblanadi. Bir misol keltiraylik, taxminan 2000 yil ilgari Hindistonda "Mangu qonunlari' kitobi yozilgan. Yoshi kattalarga birinchi bo'lib salom beruvchilar to'rt narsaga erishadi: uzoq umr ko’radi, obro'li, bilimli va kuchli bo'ladi deyilgan.


Aslida esa kamtar, odobli kishi qachon men salom berishim kerag-u, qaysi paytlarda boshqaiar menga salom berishi lozim, deb o'ylamaydi. Bunday kishilar birinchi bo'lib salom beraveradilar.
Lug'at
qo'l uzatish –протягиватьруку; obro'li –авторитетный; kamtar - скромный
2-topshiriq. O'qing, quyidagi so'zlar tarkibidagi о va o' tovushiarining talai'fuziga e'tibor bering.
Ota, to'rt, olmos, o'qi, o'qil, oqmoq, opa, orzu, o'r, o'roq, og'iz, xo'roz.
3-topshiriq. Fe'l zamonlarining mosini qo'yib berilgan gaplarni ru$ tilga tarjima qiling
1. Do'stim Iroda, kutubxonaga birga (bormoq). 2. Kechagi taklifnomani bugun berib (qo fymoq). 3. Amir Temir buyuk sarkarda (bo 'Imoq). 4. Men ilgari aniq fanlarga juda (qiziqmoq). 5. Akam kelasi yil xarbiy xizmatga (bormoq). 6. Inson orzu-umidlar, yaxshi niyatiar bilan (yashamoq).
topshiriq.Berilgan so4z birikmalari biian gaplar tuzing,
Kelajak avlod, baxtli bolalik, hamkorlik qilmoq, ko'rgazmalar zali, ilmiy anjuman, kitob javoni, ochiq qavo, qalin daraxtzor
topshiriq.Nuqtalar o'rniga kerakli affikslarni qo'ying va ularni rus tiliga tarjima qiling.
1-topshiriq. Matnni o'qing va rus tiliga tarjima qiling.
ILM FAZILATLARI HAQIDA
Bilginki, hayotiy maishatingni yaxshilaydigan va ishlaringni haqiqiy to'g'ri yo'lga soladigan eng ulug' vosita bu ilmdir. Ilm buyuk qadrga va oliy fazilatga ega. Sen ilm tufayli oliy sharafga, ulug'Iikka va orzu - istaklarga yetishasan. Ilm kasb va fazilatlarning eng afzali, ilm o'rganuvchi esa shu toifaning ulug'rog'idir. Ilm orqali yaxshi-yomonni taniysan, halol-haromning farqiga borasan, do'stlik va qarindosh- urug'ning fazilatlarini anglaysan, qonun-qoidalarni tushunusan, haq- huquqlaringni bilasan.
Ilm shunday boylikki, u sening aqlingni mustahkamlaydi, xulqingni poklaydi, tabiatni tozalaydi, izzatingni oshiradi. Ilm sening hayotingga tahsinga sazovor bo'ladigan yangiliklar olib kiradi, yozishga, ijod qilishga, tasnif etishga sharoit yaratadi, bu bilan esa seni kamolga etkazib, umrini boqiy qiladi. Ilm o'rganib, ilmga amal qilmagan kishi yer haydab, uni ekmagan kishiga o'xshaydi.
Ilmsiz inson - mevasiz daraxt.
Ilm bir Xazina bo'lsa, bu Xazina kaliti - savol!
Ilm -inson ziynati. («Otalar so'zi»).
Lug'at
maishat - жизнь, наслаждение
fazilat — достоинство
afzal - лучший, предпочтительный
izzat - почесть, почтение
tasnif - классификация
boqiy - вечный, бессмертный
xazina - сокровищница, клад
ziynat-украшение

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin