O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


-mavzu: Yordamchi so’zlar turkumi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə74/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

39-mavzu: Yordamchi so’zlar turkumi
Reja:
1.Yordamchi so’zlar turkumi haqida ma’lumot.
2.Ko’makchining grammatik xususiyatlari.
3.Bog’lovchining grammatik xususiyatlari.
4.Yuklamaning grammatik xususiyatlari.

Lug’aviy ma’no anglatmasdan faqat grammatik ma’no ifodalab keluvchi so’zlar turkumi yordamchi so’zlar deyiladi.


Ot, olmosh, harakat nomi, sifatdoshlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog`laydigan yordamchi so’zlar ko’makchideyiladi.Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir hil gap bo’lagi vazifasini bajaradi. Ko’makchi kelib chiqishga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1.So’z ko’makchilar lug’aviy ma’nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir. Bu ko’makchilarning bir xili tub (yasalmagan) bo’ladi: uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra, qadar, yangilik. Boshqa xillari yasama bo’ladi: Bilan=bir+la+n.
2.Ko’makchi vazifasida qo’llanuvchi so’zlargapda o’rni bilan mustaqil so’z, o`rin bilan ko’makchi bo’lib keladi. Bularga tomon, tashqari, bo’yi, chamasi, holda kabi ot turkumidan, sababli, tufayli, orqali, qarshi, chog’li, muvofiq, o’zga, boshqa kabi sifat turkumidan, qarab, qaraganda, ko’ra, degan, deydigan, o’sha, bo’ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata kabi fe’l turkumidan, avval, so’ng, keyin, bugun, ilgari, beri, buyon, asosan, binoankabi ravish turkumidan o’tgan so’zlar kiradi.
Bulardan tashqari, o’z lug’aviy ma’nolarini saqlagan holda ko’makchi o’rnida kelib, harakat bilan predmet o’rtasidagi turli munosabatlarini ifodalaydigan so’zlar ham bor. Bu so’zlar o’rin-payt, chiqish va egalik qo’shimchalarini qabul qiladi. Bunday so’zlarko’makchi otlar deb ataladi: old, o’rta, yon, orqa, ket, ich, ust, tepa, ost, tag, ora, bosh, o’rin, qosh, yoqqa.
Ko’makchilar va kelishiklar - ko’makchilar vazifasi jihatidan kelishiklarga o’xshaydi. Ayrim hollarda ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi yoki kelishik qoshimchasi ko’makchilar o’rnida almashib kelishi mumkin. Ko’makchilar tushum, jo’nalish, o’rin payt, chiqish kelishiklari o’rnida almashib kelishi mumkin. Biroq hamma vaqt ham ko’makchi o’rnida kelishik qo’shimchasi ishlatavermaydi: Radio orqali eshitdik – radiodan eshitdik. Ukamga oldim – ukam uchun oldim. Qalam bilan yozdi – qalamda yozdi. Borganini gapirib berdi. Borgani haqida gapirib berdi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin