Kimyoviy analiz muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari kimyoviy analiz usullari yorda- mida topilgan. Turli materiallar, buyumlar, minerallar, Oy tuprog‘i, uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlar hamda ularning tarkiblari kimyoviy analiz usullari orqali aniqlangan. Davriy sistemadagi bir qator elementlar (argon, germaniy va b.) ham aniq analitik usullar orqali topilgan.

Kimyoviy analiz umumiy, anorganik, organik va fizik-kimyo fanlari kabi mustaqil fanlar qatorida o‘rganiladi.
Kimyoviy analiz fanining vazifasi moddalarning va ular aralashmalarining kimyoviy tarkibini (atom, molekula), ularning ich- ki tuzilishini aniqdashga yordam beradigan kimyoviy analiz usullarini ishlab chiqish hamda nazariy jihatdan asoslashdan iboratdir. Analiz qilishdan avval moddani identifikatsiya qilish, ya’ni uning sifat tarkibini aniqlash masalasi hal qilinadi, so‘ngra moddaning miqdoriy tarkibini aniqlashga o‘tiladi.