Masalan, tekshirilayotgan eritmadan SO4– ionini topish uchun u dastlab BaSO4 ko‘rinishda cho‘kmaga o‘tkaziladi, hosil bo‘lgan cho‘kma BaSO4 HNO3 da ham erimaydi, shuning uchun tekshirilayotgan eritmaga HNO3 va BaC12 qo‘shiladi. Bunda SO4 – ioni bilan quyidagi reaksiya boradi:

Ba2+ + SO42- =BaSO4↓
Agar Cu2+ borligi taxmin qilingan eritmaga NH4OH eritma- sidan ortiqcha miqdorda qo‘shsak, eritma ko‘k rangga kiradi, kompleks tuz hosil bo‘ladi:
Cu2+ + 4NH4OH = [Cu(NH3)4 ]2+ + 4H2O
Demak, Cu2+ kationini NH4OH eritmasi yordamida aniqlash mumkin.
ANALITIK REAKSIYALAR
Eritmalarda ionlarni topish uchun kuzatilishi oson bo‘lgan tashqi effekti o‘zgarishi bilan (masalan, eritma rangining o‘zgarishi, cho‘kma tushishi yoki erishi, gaz chiqishi) boradigan reaksiyalar qo‘llaniladi. Bunda ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlar analitik reaksiyalar deb ataladi.
Analitik reaksiyalarning haqiqatda sodir bo‘layotganligini ko‘rsatuvchi tashqi effektli reaksiyalarga misollar keltiramiz:
eritma rangining o‘zgarishi:
FeCl3 + 3NH4SCN → Fe(SCN )3 + 3NH4Cl
cho‘kma tushishi (yoki erib ketishi):
BaCl2 + H2SO4 →↓BaSO4+2HCl
Bunda oq kristall cho‘kma BaSO4 hosil bo‘ladi.
gaz ajralib chiqishi:
BaSO3 + 2HCl → BaCl2 + SO2 ↑+H2O
Analizni bajarishda ta’sir ettiriladigan moddaning miqdoriga va ishlatiladigan eritmalarning hajmiga qarab, qo‘llaniladigan usullar makro, yarimmikro, mikro, ultromikro va submikro usul- lariga bo‘linadi (1-jadval).