Analitik reaksiyalar kimyoviy jarayonlar bo‘lib, elementlarni ajratish, topish va miqdorini aniqlash uchun foydalaniladi. Kim- yoviy o‘zaro ta’sirlanish xarakteriga qarab analitik reaksiyalar ham almashinish, biriktirib olish, parchalanish, ajratish, oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga bo‘linadi. Analiz uchun ko‘pincha al- mashinish reaksiyalaridan foydalaniladi. Misollar:
cho‘ktirish, ya’ni geterofazali reaksiyada qattiq faza – cho‘kma hosil bo‘ladi:
MgCl2 + NaOH =↓Mg (OH )2 + 2NaCl
Bu reaksiyaning teskarisi – cho‘kmaning erishi:
↓Mg (OH )2 + 2HCl = MgCl2 + 2H 2O
neytrallash reaksiyasi, ya’ni kislota va asoslar orasida bora- digan reaksiyalarda tuz va suv hosil bo‘ladi:
HCl + NaOH = NaCl + H 2O
d) gidrolizlanish reaksiyasi, ya’ni moddaning suv bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishi:
KNO2 + H 2O ←. . → KOH + HNO2
Biriktirish reaksiyalaridan analitik kimyoda keng foydalanila- digani kompleks hosil qilish reaksiyasidir. Kompleks modda ikki- ta yoki ko‘proq oddiy birikmalarning assotsilanishi (birikishi) natijasida hosil bo‘ladi. Sharoitga qarab, kompleks birikmani tashkil qilgan moddalar alohida molekulalar holida bo‘lishi ham mumkin:

↓CuSO4 + 4NH3 → [Cu(NH3 )4 ]SO4
Kompleks ionlarining xossasi uni tashkil qilgan moddalar xos- salaridan keskin farq qiladi, shuning uchun kompleks hosil qilish reaksiyalari analitik aniqlashning hamma turlarida keng qo‘llaniladi: