O‘zbek tilshunosligida son kategoriyalarining o‘rganilishi



Yüklə 91 Kb.
səhifə6/6
tarix13.05.2022
ölçüsü91 Kb.
#57825
1   2   3   4   5   6
203-guruh Ibrohimova Zulayho

XULOSALAR

O`zbek tilida ko`plik kategoriyasi va uning lisoniy-nutqiy xususiyatini tahlil qilish quyidagicha xulosa chiqarishga imkon beradi:

Hozirgi o`zbek tili leksikasida arab so`zlari ma’lum o`rin tutadi. Bu hol eski o`zbek adabiy tilida kuchliroq bo`lgan. Shu munosabat bilan ko`plik shaklida o`zlashtirilgan so`zlar ko`plik ma’nosida qo`llangan: shuarā (shoirlar), ulama (olimlar), salātыn (sultanlar). Ayrim hollarda bunday so`zlar birlik ma’nosida o`qilib, ularga –lar \\ -lәr qo`shimchasi qo`shilavergan: Yolda ajayыblar ko`rdilәr. Burung`ы shuarā va akābirlar zaylыda mazkur bolg`aylar.

O`zbek tilida ko`plik¸ asosan¸ uch xil yo`l bilan ifodalanadi: 1) affiksatsiya usuli bilan. Bunda birlikdagi otga –lar affiksi qo`shilib¸ ko`plik ifodalanadi: kitoblar¸ daryolar kabi; 2) sintaktik usul bilan. Bunda birlikdagi otdan oldin miqdor tushunchasini ifodalovchi so`zlar (ko`pincha son yoki miqdor ravishlari) keltiriladi: besh kishi¸ ko`p odam kabi; 3) leksik-semantik usul bilan: xalq¸ armiya¸ qo`shin kabi.

Otlarda son kategoriyasining grammatik ifodalanishi ikki xil usul bilan ifodalanadi: a) morfologik usul; b) leksik-sintaktik usul. Morfologik usulda ko’plik ma‘nosi asosga -lar affiksini qo’shish bilan ifodalanadi: daryolar, ko‘llar, uylar, gullar, sahrolar kabi. U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullaevlarning «Hozirgi o’zbek adabiy tili» darsligida -lar affiksi qo’yidagi ma‘nolarni ifodalashi aytib o’tilgan: 1. Shaxs va predmetlarning ko’pligini, aniq bo’lmagan ko’p miqdorini bildiradi: Turmush sinovlariga biz kattalar dosh bera olmasak, bolada nima gunoh. (O’. Hoshimov, 34-b.) Ota –bobolarimiz bundan yuz ming yil avval bir- birini toshbolta bilan o‘ldirgan. (O’. Hoshimov, 23-b.) 2. Egalik affiksidan (ba‘zan egalik affiksi bo’lmaydi) keyin qo’shilib keladi va hurmat ma‘nosini ifodalaydi: ... oyinglar kelganda, albatta, kiraman. (O’ Hoshimov, 46-b.) 3. Payt bildiruvchi ravishlarga, payt, o’rin yoki narsa sonini bildiruvchi birikmalarga qo’shilib, chama, taxmin ma‘nolarini ifodalashga xizmat qiladi: Oltmishinchi yillar latifasi (O’. Hoshimov, 11-b.) 4. -lar affiksi uyushiq bo’laklarning har biriga qo’shilganda, ko’plik, ta‘kid, hurmat ma‘nolari ifodalanadi, uyushiq bo’laklarning faqat oxirgisiga qo’shilib kelsa, umumlashtirish, jamlik ma‘nolari anglashiladi: Tanishdilar… Sevishdilar... Turmush qurdilar... Farzand ko‘rdilar...(O’. Hoshimov, 21-b.) Ko’plik ma‘nosi leksik-sintaktik usul bilan qo’yidagicha ifodalanadi: 1) Sanoq sonlar, gumon olmoshlari va miqdor ravishi otni aniqlab keladi: uchta kitob, bir nechta bola, ko‘p bola, juda ko‘p daftar, har xil kitob. U bilan hayotini bog‘lagan odam ko‘p narsaga erishishi mumkin. (U.) Mingta qal’angdan o‘zimning dalam yaxshi oxun. (Bu birikmalardan ba’zilari -lar affiksini qabul qila oladi; ko’p odamlar, bir qancha bolalar kabi. Bunda ko‘plik ikki marta: ham leksik- sintaktik usul bilan, ham morfologik usul bilan ifodalanadi.[ Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент: Ўзбекистон, 1992,].

Otng son-miqdor kategoriyasi bosh vosita (dominant) bo`lib, bu kategoriya shakllari mavjudot sonini turli ko`rinish va darajada ifodalash uchun xoslangan bo`lib, izchil qo`llanadi. Kategoriya shakllari ikki qismdan tuziladi. Birinchi qismga o`zak, negiz, juft va takroriy ot, ikkinchi qismga bitta qo`shimcha (-lar) kiradi. Son-miqdor ma’nosi birlik, ikkilik, ko`plik va umumiylik ko`rinishiga ega bo`lib, mazkur ma’nolarga munosabatiga ko`ra kategoriya shakllari etti turga bo`linadi: yakka ot, jamlovchi ot, atoqli ot, sanalib-sanalmaydigan ot, juft ot, takroriy ot, -lar li ot. Shulardan to`rttasi tub shakl, ya’ni otning o`zak, negizidir. Yakka otning tub shakli son-miqdorning to`rtala ko`rinishga, sanalib- sanalmaydigan ot bundan tashqari nomiqdoriy ma’no ifodalashga ham betaraf. Jamlovchi otning miqdor ma’nosiga munosabati ikki tomonlama bo`lib, uning o`zak, negizi yakka narsaning ko`pligini bildirib, shu jamlikning miqdori: birlik, ikkilik, ko`plik, umumiyligiga betaraf (guruh yo yakka narsaning ko`pligi; bitta guruh yo birlik, ikkita guruh yo ikkilik, bir necha guruh yo ko`plik). Takroriy otda ko`plik, juft otning ayrimida ikkilik, ayrimida ko`plik, atoqli otda birlik belgilangan. -lar shakli ikkilik va ko`plik ma’nosiga betaraf. Miqdor ma’nosi o`zida belgilangan shakl nutq yordamiga muhtoj bo`lmaydi. Betaraf shakllar nutqda qulay vosita yordamida miqdor ifodalaydi. Qulaylik so`z, birikma, matn (eng kichik, kichik, katta)da hosil bo`ladi. Qulay vositaga qarab miqdor ma’nolaridan bittasi namoyon bo`ladi. Shunday qilib, ot turkumida miqdor ma’nosi asosan lug`aviy, qisman morfologik vosita bilan ifodalanadi.



Sifat, sifatdoshning lisoniy imkoniyatida son-miqdor ifodalash xususiyati yo`q. Bunday xususiyat paydo bo`lishi uchun nutqiy vosita talab qilinadi. Bu vazifa mazmuniy siljish (otlashish) yordamida bajariladi. Ya’ni sifat, sifatdosh ma’lum sharoitda, otning aniqlovchisi emas, balki o`zi mustaqil qo`llanib ot vazifasida kelsagina son tasavvuri bilan bog`lanadi va bu ma’noni ifodalovchi qo`shimcha (-lar) bilan qo`llanish imkoniga ega bo`ladi. Otlashgan sifat va sifatdoshning tub (-lar olmagan) shakli sanaladigan otning o`zak, negizi kabi birlik, ko`plik va umumiylikka betaraf bo`lib, bu ma’nolarni nutqda qulay vosita yordamida ifodalaydi. -lar shaklida ko`plik belgilangan bo`lib, uni biror vosita yordamisiz ifodalayveradi.
Yüklə 91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin