O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi



Yüklə 345,28 Kb.
səhifə24/25
tarix07.01.2024
ölçüsü345,28 Kb.
#204401
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mus

Onalar va bolalar salomatligi muhofazasi.Respublikada onalar va bolalarsog‘lig‘ini muhofaza qilishga katta ahamiyat
berilmoqda. «Bolalikdan nogironlartug‘ilishining oldini olish uchun yangi
tug‘ilgan chaqaloqlarni hamda homilador
ayollarda tug‘ma va boshqa patalogiyani barvaqt aniqlash bo‘yicha «Ona
va bola skrininggi» Davlat tizimini tashkil etish to‘g‘risida» Vazirlar
Bolalar tibbiy ko‘rigi.Mahkamasining maxsus qarori qabul qilinganligi bu soha rivojiga salmoqlihissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil iyulda «2009–2013-
yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola
tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi
ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
dasturi to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra sog‘liqni
saqlash sohasini isloh qilish va shu sohada sifat o‘zgarishlarini amalga
oshirishni ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirildi. Bolalarni yuqumli
kasalliklarga qarshi emlash darajasi qariyb 100 foizni tashkil etdi.
Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli
tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbobus-
kunalari bilan jihozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga
qo‘yildi. Bugungi kunda respublikamizda 3000 ga yaqin Qishloq vrachlik
punkti (QVP) faoliyat ko‘rsatmoqda.
2016-yil O‘zbekistonda «Sog‘lom ona va bola yili» deb e’lon qilindi.
2016-yilda chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, birinchi navbatda,
xotin-qizlar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy sharoitlar yaratish,
qishloq aholisini toza ichimlik suvi, tabiiy gaz bilan ta’minlash, xizmat
ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.
O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda aholining o‘rtacha umr ko‘rish
darajasi ham sezilarli ravishda ortib bordi. Bu boradagi umumiy ko‘rsatkich
1990-yilda 67 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 74 yoshni tashkil etdi.
2015-yilga kelib jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga
ko‘ra O‘zbekistonda tug‘ilayotgan bolalarning 92 foizi mutlaq sog‘lom.
«Bolalarni asraylik» xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon
reytingida O‘zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida
katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘nta mamlakat
qatoriga kirdi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha umr ko‘rish 66 yoshdan 70 yoshga,
ayollar o‘rtasida esa 72 yoshdan 76 yoshga uzaygani odamlar salomatligini
muhofaza qilish va turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan choratadbirlarning
aniq va yaqqol natijasi sifatida baholash o‘rinli bo‘ladi.

Yüklə 345,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin