81
borasidagi qimmatli fikrlari hozirgacha yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
Abu Nasr Forobiy pedagogik faoliyat masalalarini va ular bilan bogʻliq boʻlgan
psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy xal etishda insonni har tomonlama
yaxlit va oʻzaro oʻzviy bogʻliq boʻlgan qismlardan iborat, deb aytadi. Forobiy
mavjudotni bilishda ilm–fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi, uningcha
inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tugʻilishda mavjud, lekin aqliy bilimi,
ma’naviyligi, ruhi, intellektual va ahloqiy hislatlari, harakteri, dini, urf-odatlari,
ma’lumoti tashki muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga
keladi, inson oʻz faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning
aqli, fikri, ruhiy yuksalishning eng etuk maxsuli boʻladi, deb ta’kidlaydi.
Oʻqituvchi shaxsining psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy:
―Oʻqituvchi aql-farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi va oʻquvchilarga
aytmoqchi boʻlgan fikrlarini toʻla va aniq ifodalay olishni bilmogʻi zarur‖,
―Oʻqituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga oʻxshaydi,
shu sababli oʻqituvchi eshitgan va koʻrganlarining barchasini eslab qolishi, aql-
farosatga, chiroyli nutqga ega boʻlishi, oʻquvchilarga aytmoqchi boʻlgan
fikrlarini toʻla va aniq ifodalab berishni bilmogʻi lozim. Shu bilan birga oʻz or-
nomusini qadrlashi, adolatli boʻlishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning
yuksak darajasiga ega boʻladi va baxt choʻqqisiga erishadi , deb ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: