Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/186
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199869
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   186
KASBIY PSIXOLOGIYA Aripova 2019

 A.M.Stolyarenko


74 
Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari 
quyidagilardan iborat: - yoʻnaltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi 
mutaxassis shaxsining bilish soxasini oʻz ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, 
tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsining kasbga 
intellektual tayyorligini tashkil etadi.
Mutaxassisning 
motivatsion 
tayyorligining 
asoslari 
oʻz kasbi 
mutaxassisligini tushuna olishi; oʻzida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, 
oʻzini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy oʻquv yurti 
sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi 
talabalarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida oʻzini 
rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yoʻnaltirilganligida namoyon 
boʻladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy maxoratni (bilim, malaka, 
koʻnikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muhim kasbiy sifatlarning toʻplami, 
kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy 
tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida oʻzini boshqarishga qodirligi, 
operatsional funksiyali tayyorgarlikni oʻz ichiga oladi.
 
1.4.2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi 
Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini shaxsning kasbiy 
yoʻnalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining 
kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. 
Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv 
va samarali oʻzaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy 
oʻzaro munosabatlarga tayyorligi va bunday oʻzaro munosabatlarni oʻrnata 
olishga va rivojlantirishga qodirligini koʻzda tutadi. Shaxsning kommunikativ 
tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati yetarlicha darajada 
rivojlanganligida soʻz va tildan toʻgʻri foydalanishni bilganidagina mavjud 
boʻladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining 
koʻrsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy 
kamol topishini muhim shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini 
rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda 
empatiyani, xushmuomalalikni, doʻstonalilikni, oʻrtoqlik hissini, jamoatchilikni 


75 
rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan oʻzaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va 
qodirligini, oʻzaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, 
yuzaga kelgan qiyinchilikni toʻgʻri xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari 
bilan munosabatlarda murosaga kelishni koʻzda tutadi. Mutaxassis faoliyati 
muvaffakqiyatliligini yana bir muhim sharti uning kasbiy va shaxsiy jihatdan 
tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yoʻnalishda uning faolligi darajasi 
ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham xodimlar kasbdoshlari bilan 
oʻzaro munosabatlarda xam oʻzini toʻla va xar tomonlama koʻrsatishga 
intilishdan iborat boʻladi. Mutaxassisning bunday oʻzini tashkil etish koʻp 
jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga bogʻlik boʻladi. 
Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bagʻishlangan koʻplab 
ishlar mavjud bulib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan 
oʻrganilgan. Muvaffaqiyat deganda shaxsning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga 
erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini xis 
etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bogʻlik boʻladi: xaqiqiy natija va ushbu 
vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasidagi natija. Ular odam oʻz faoliyatida 
qoʻygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq 
muvaffaqiyatga erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan boʻlib 
u quyidagi formula asosida beriladi.
Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning 
shaxsiy xususiyatlari muhim rol oʻynadi. Hayotiy muvaffakiyatga erishish 
uchun zarur bulgan koʻplab shaxsiy sifatlar xaqida V.Kroford uzining “Suxbat 
va munozara” kitobida Konfutsiyning gʻoyasiga tayanib, doʻstonalik, donolik va 
botirlikni kursatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyatga erishish uchun nima 
yetishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford 
xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun kursatilgan 3 ta 
tushunchadan tashqari kasbiy maxorat xam kerakligini aytib oʻtdi. Xozirgi 
zamonaviy tadqiqotlar muvaffakiyatga erishish uchun kuyidagi asosiy shart-
sharoitlarni kursatadi: - mutaxassis oʻziga ishongan boʻlishi kerak; - maqsadga 
erishishga kuchli intilish kerak; - nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; - 
ishga pozitiv yoʻnalganlik; - omad aloxida muvaffaqiyatlarni koʻra bilish va shu 
paytda quvonch va baxtni xis etish zarur. Tadqiqotlar natijalariga koʻra 


76 
odamning hayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat oʻrtasidagi uzviy 
bogʻliklik borligini koʻrsatadi. Yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklarini kasblar 
konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan bartaraf etish mumkin. Ular yangi 
kasblarni loyixalashtirish, mexnat mazmunini va maqsadini aniqlash, ma’lumot, 
malaka darajasi mexnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin