J: I.Nyuton.
4. Vaqt, masofa, massa kabilar asosiy fizik kattaliklar, ularning o’lchov
birliklarini ham bilasiz, masofa kilometr,metr, santimetrlarda o’lchanadi.
Hindistonda shunday o’lchov birligi, borki bu “ Mu” deb ataladi “Mu” qanday
masofa?
J: Ma’lumki Hindistonda sigir muqaddas hisoblanadi “Mu” birligi sigir
bilan bog’liq 1 “Mu” sigir ma’raganda ovozi etib boradigan masofa.
5. Rus shifokori Podvoyskiy uni diplomsiz, muhrsiz kabinetsiz va bepul
shifokorga o’xshatadi. Savol: U nimani shifokorga o’xshatadi?
29
J: Quyoshni.
6. Er sharida 3 mingdan ortiq til 20dan ortiq tillar oilasi mavjud. Inson to’rt
besh tilda mukammal gaplashishi mumkin, lekin shunday “kishi ”borki u barcha
tillarda gaplasha oladi. Bu nima?
J: “Aks sado”
7. Marhamat 2 dona tovuq tuxumi olib chiqilsin 1 daqiqadan so’ng ularning
stolga aylantirib qaysi biri pishgan qaysi biri xom ekanligini toping. Nega bittasi
uzoq aylanmaslik sababini tushuntiring.
J: Pishgani uzoq aylanadi. Xom tuxumning og’irligi markazi ko’chib turadi
aylanishga xalaqit beradi.
8. Hurmatli bilimdonlar qadimdan biz o’zbeklar xonadonimizda polga va
devorga gilam yoki qolin to’shaymiz. Qo’sha-qo’sha gilamlar bu manmanlik
belgisi deyish mumkin. Ammo buning bir fizik xususiyati borki u asboblarimizga
foydalidir. Bu shifobaxshlik xususiyati nimada?
J: Devorga osilgan yoki polga to’shalgan gilamlar tovushni yutish
xususiyatiga ega. demak gilamlar shovqinni kamaytirib asablarimizni asraydi.
9. 1977 yilda Murmanskda shtanga bo’yicha yirik turnir o’tkazildi. 5-6
vaznda jahon rekordalari yangilandi. Bir fizik hodisa tufayli Murmanskdagi
rekordlar bekor qilindi. Bu hodisani mohiyatini tushuntiring.
J: Og’irlik kuchi tezlanishining geografik kenglikka bog’liqligi sababli
qutbda og’irlik kamayadi.
10. Tug’ilgan vaqtda ular 5 ta edi keyinchalik 6 ta bo’ldi. Bular adabiyot,
kimyo, tibbiyot, iqtisodiyot,..., tinchlik fanlarning bunday sanalishi nimaga
asoslangan va tushirib qoldirilgan fanni toping.
J: Nobel mukofoti beriladigan yo’nalishlar fan esa fizika.
11. Eski quduqlarni tozalashda qariyalar quduq ichiga tushishdan oldin
tovuqni oyog’idan bo’ylab quduqqa tushirishni maslahat beradilar. Bu qanday fizik
hodisaga asoslangan?
30
J: Uzoq muddat foydalanilmagan quduqlarda zaharli gaz to’planib qolish
mumkin. Tovuq qanotlarini qoqib havoni haydaydi, zaxarli gazlar tarqaladi.
Fizika darslarida maqol va matallardan foydalanish
Atrofimizda o’rab turgan tabiatning bir qismi bo’lgan insonlar tabiatdagi
o’zgarishlarni o’z hayoti davomida o’rganib kelganlar. Tabiatdagi har qanday
hodisalar insonlar hayotidagi hodisalar bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun
odamlar orasida ishlatilib kelayotgan turli tuman maqollar inson va tabiatni bir-
biriga bog’lab kelayotgan asosiy omil bo’lib kelmoqda.. O’quvchilarni mantiqiy
fikrlash, ijodiy ishlashga o’rgatish maqsadida xalq maqollaridan foydalanish katta
ahamiyatga ega.
Bunda o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda ijod qiladi birga ishlaydi.
Fizika fanini o’rganishda har xil hodisa, latifa, she’r, maqol va matallardan
foydalanish ham, fizikaning tabiat va hayot hodisalarini o’rganuvchi ajoyib fan
sifatida ardoqlanishni ta’minlovchi omillardan hisoblanadi. Maqol va matallarda
xalq donishmandligi mujassamlashgan. Xalqimizning so’z boyligi bo’lgan
maqollarning bir qismi fizika darslarida mavzularni yaxshiroq o’zlashtirishga
yordam beradi. Bu maqol va matallar dars jarayonida, savol-javoblar, qiziqarli
kechalar, fizikadan har xil mushoiralar, viktorina va kechalar o’tkazishda va
darslarida qo’l keladi. Shuningdek bunday obrazli o’xshatishlar fizika fanini
boshqa fanlar bilan yaqinlashtirish. fizikadagi bir-biriga yaqin bo’lgan mavzularni
birlashtirishda muhim rol o’ynaydi.
Masalan: “Xamirdan qil sug’irganday” iborasining badiiy ma’nosi ishning
silliq osongina bitishini anglatsa, fizik ma’nosi qilning ishqalanish yuzasi kichik
bo’lgani uchun u osongina xamirdan ajralib chiqishi va xamirning qilga nisbatan
yumshoq ekanligini bildiradi. Ma’nosi esa xamir uchun ishlatiladigan
elementlarning qil bilan reaksiyaga kirishmasligi bildiradi.
“Bigizni qanorga yashirib bo’lmaydi” maqolining badiiy ma’nosi qing’ir
ishni eldan yashirib bo’lmasligini anglatsa, fizik ma’nosi bigizning uchi o’tkir, u
31
ta’sir etadigan yuza S kichik, ta’sir kuchi F katta.
S
F
P
bo’lgani uchun qanorni
teshib o’tishini bildiradi.
Yoxud: “Gap bilan osh pishmas” maqoli badiiy jihandan faqat gapiraverish
emas, balki amalda ish qilish kerakligini anglatsa, fizik ma’nosi jismlarga energiya
berib, boshqa ko’rinishga o’tkazish mumkinligini bildiradi. Bu maqol ish va
energiyani bir-biriga bog’lashda bog’lovchi bo’ladi.
“Moylamasang – uzoqqa borolmaysan” maqolining fizik ma’nosi detallarni
moylash yo’li bilan ishqalanishni, yeyilishini kamaytirish, shu tadbir orqali detalni
uzoq ishlatish imkoniyatiga ega bo’lishni anglatadi va hokazo.
O’quvchilarga uy vazifasi qilib xalq maqollarini to’plash maqollarni
mohiyatini ochish va ularni fizikaviy ahamiyatini o’rganib kelishni topshiraman.
Bunday vazifalar o’quvchini o’z xalqiga bo’lgan mehrini oshiradi. Xalq
maqollarini o’rganish bilan inson hayotidagi turli tuman muammolarni o’rganadi.
Xullas, o’quvchi hayotga kirib boradi. O’quvchilar alohida daftarga xalq
maqollarini to’playdi. Bu maqollar fizikani qaysi bo’limiga mos kelishini belgilab
boradi. Uy vazifasi sifatida o’zi to’plagan xalq maqollarini fizikaviy mohiyatini
ochib boradi.
Masalan: VII-IX sinfda “Elastiklik kuchi. Prujinaning bikirligi” mavzusida
o’quvchilarga uy vazifasi qilib, xalq maqollaridan “Birlashgan kuch yengilmas”ni
fizikaviy mohiyatini ochib berishni topshiraman. O’quvchining javobi: “Har bir
simning bikrligi – k – bo’lib bu simlardan o’ralgan yog’on simning bikrligi ortib
ketishini, ya’ni n k bo’lib qolishini tushuntiradi”.
6 sinfda “Broun harakati” mavzusida “Oyoq changi og’izga kirar” degan
xalq maqolini beraman. O’quvchining javobi: “Sinf xonada o’quvchilar
yugirganda chang ko’tariladi. Chang zarralari tartibsiz harakat qiladi va
o’quvchilar og’ziga kirib, turli xil kasalliklarni vujudga keltirishi mumkin”.
VI sinfda: “Quyosh va oy tutilishi” mavzusi o’tilganda uy vazifasi sifatida
“Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi” degan xalq maqolini beraman. O’quvchining
32
javobi: “Qilingan jinoyat baribir ochiladi; uyatli ish qilsang, o’rtoqlaring oldida
uyalib qolasan. Fizikaviy mohiyati esa – oy yer atrofida aylanma harakat qiladi,
hech qachon to’xtab, bir joyda qolib ketmaydi”.
Fizika fanining bo’limlari uchun quyidagi maqol va matallarni aytib
o’tishimiz mumkin:
“Mexanika” bo’limini o’rganishda o’quvchilar quyidagi maqollarning
fizikaviy mohiyatini ochib berishni so’rash mumkin.
“Qimirlagan qir oshar” “Har kim o’z qarichi bilan o’lchar”
“Piyoda otliqqa hamroh bo’la olmas”
“Kuch, mexanik ish, energiya va quvvat” mavzularini o’rganishda quyidagi
maqollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:
“Birlashgan kuch yengilmas” “Gap boshqa – ish boshqa”
“Og’ir karvon – og’ir ko’char” “O’roqning ming urgani – boltaning bir
urgani” “Aravani ot emas, arpa tortadi”
“Ayrilmagin elingdan quvvat ketar belingdan”
“Ip ingichka yeridan uziladi” va hokazo.
“Molekulayar fizika” bo’limini o’rganishda esa mana bu maqollar qo’l
keladi: “Oyoq changi og’izga kirar”
“Zang – temirni kemirar, hasad - odamni”
“Quruq yog’och egilmas” “Daryo buyidan quduq qazimas”
“Quldan tepa bo’lmas, qumdan qo’rg’on”
“Bo’lak non butun bo’lmaydi” “Bo’sh qop tik turmas”
“Suvga botgan yog’ botmas”
“Bosim” mavzusini o’rganishda ishlatiladigan maqollar yanada qiziqarlidir:
“Bigizni qanorga yashrib bo’lmas” ,“Igna bilan bitadigan ishga juvoldo’z
ishlatma”, “Tegirmonni suv buzar, odamni-odam”, “Ignadek teshikdan tuyadek
sovuq kirar”,
“Besh panjangni birdan og’zingga tiqma”, “Igna bilan quduq qaziganday”
33
“Issiqlik hodisalar”ni o’rganishda quyidagi maqollarga murojaat qilish
mumkin.
“Gap bilan osh pishmas”, “Qozon o’tdan, odam harakatdan qizir”, “Sig’ ham
kuymasin, kabob ham”, “Temirni qiziganda bos”
“Tebranish va tovush to’lqinlari” mavzularini o’tayotganda quyidagi
maqollar bilan taqqoslab tushuntirilsa, o’quvchi darsning mazmunini yanada
chuqurroq anglab yetadi:
“Bir tovushni ko’p tovush yutadi”, “Qars ikki qo’ldan chiqadi”, “Shamolga
qarshi qichqirma tovushing zoye ketadi”.
“Yorug’lik va optika” bo’limlarini o’rganishda unga doir maqollarni ham
sanab o’taylik.
“Chiroq soyasini ko’rmas qozon qorasini”, “Oy yorug’i-olamga sham
yorug’i-ayvonga”, “Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi”, “Muzdan oyna bo’lmas
simobdan ko’z” va hokazo.
Shu kabi maqollar fizika fanini o’zlashtirishda bir muncha ijobiy ta’sir
ko’rsatadi. Xalq og’zaki ijodi rang-barang, fizikaviy hodisalar turli tuman. Fizika
o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri zamonaviy darsni tashkil qila olishdir.
Men taklif qilgan yuqoridagi fikrlar ko’p yillik ish tajribamning mahsulidir yoki
zamonaviy darsning bir ko’rinishi deb bilaman.
Xalqdan olingan har bir ne’matni xalq farzandi o’quvchiga qaytarib berish
o’qituvchining asosiy vazifasidir.
O’quvchiga puxta bilim berishda mavzuga doir qo’shimcha ma’lumotlar
to’plash, fanlarning o’zaro bog’liqligi xususida bosh qotirish muhimdir.
Ma’lumki, fizika hayot haqidagi fandir. Biz har kuni bilib-bilmay fizik
qonunlarga amal qilamiz. Masalan, yugurib ketayapmiz, lekin yiqilmaymiz.
Chunki bizni yerning tortish va ishqalanish kuchi ushlab turadi. Bu oddiygina bir
misol, xolos. Men o’z fanimni yanada qiziqarli o’tish, o’quvchilar diqqatini jalb
etish maqsadida xalq maqollarini to’pladim va ularning adabiy hamda fizikaviy
tahliliga e’tibor qaratdim. Quyida ulardan ayrimlarini keltiraman.
34
Bosim mavzusida:
1. Tikanning zahri yomon, Zolimning qahri yomon.
2. Ari chaqadi deb arazlama, boli bor.
3. Bigizni qanorga yashirib bo’lmas.
4. Sababsiz oyoqqa tikan kirmas.
Adabiy tahlili: Agar bigizni ehtiyotsizlik qilib qanorga qoldirsak va
qachondir unga yuk solib ko’tarsak, yoki tikanni bosib olsak, biz tan jarohati
olib, azob chekamiz.
Fizikaviy tahlili: Bigizning, ari nishining, tikan uchining sirt yuzasi kichik
bo’lgani uchun bosim katta bo’ladi. Bosimi katta bo’lganligi uchun odam
tanasiga osongina botadi.
Diffuziya mavzusida:
1. Iforning isini yashirib bo’lmas.
2. Isirikdan jin qochar - mushtumdan jinni.
3. Mis qozonning misi chiqar, yashirganning isi chiqar.
Adabiy tah1ili: Biror yegulik yashirib yeyilsa, hidi oshkor qiladi yoki mis
qozonda ovqatni saqlash mumkin emas, misi chiqib ovqatning ta’mi buziladi.
Fizikaviy tah1ili: Molekulalarning tartibsiz harakati tufayli ikki jism
molekulalarining bir-biriga aralashib ketishi diffuziya hodisasi deyiladi.
Qattiq jismlarning tuzilishi:
1. Temirchining qo’lida temir erib suv bo’lar.
2. Temirni qizig’ida bos.
3. Sovuq temir cho’zilmas.
Adabiy tah1ili: Har bir buyum yoki narsa o’z ustasining qo’lidan chiroyli
bo’lib chiqadi. Har gap o’z vaqtida gapirilishi, ish ham o’z vaqtida bajarilishi
kerak.
Fizikaviy tahlili: Temirni eritsak, uning kristal panjarasi buziladi va undan
turli shakllar yasash mumkin. Temir qotayotganda, uning kristal panjarasi yana
tiklanadi.
35
Yorug’lik hodisasi
1. Sham yorug’i ayvoncha, oy yorug’i dunyocha.
2. Oyni etak bilan yopib bo’lmas.
Fizikaviy tah1ili: Agar oyga etak tutsak, oyning yorug’i etakdan qaytib,
faqat etakning mitti soyasi yerga tushadi.
Bu kabi maqollar juda ko’p. Masalan, "Oftob kirmagan uyga tabib kiradi",
"Loy uvog’i qovushar, tosh uvog’i qovushmas", "Sayoz daryo shovqin oqar,
chuqur daryo sokin oqar", "Ip ingichka yeridan uziladi...
Bularning barida fizik qonunlar mavjud. Darslarda ulardan foydalanish
orqali mavzu yanada qiziqarli bo’ladi. Bir jihatdan o’quvchining bilimi
mustahkamlansa, ikkinchi tomondan badiiy-estetik his-tuyg’u shakllanadi,
uchinchidan esa fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Topishmoqlar.
Topishmoqlar-aql zakovat zehn, fikr o’tkirligini sinov quroli hamdir, chunni u
kishini hozirjavoblikka o’rgatadi. O’zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq
og’zaki ijodlaridan biri hisoblangan topishmoqlar barchani qiziqtiradi va
topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o’quvchilarni
fanga bo’lgan qiziqishini, zukko va fikrlar teranligini, topqirligini oshirishga
xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. O’qituvchiga esa
o’quchilarni zehni dunyoni o’rganishga ularning individual xususiyatlarini
anglashga yordam beradi.
1. Oz qo’ysangiz sol deydi, Ko’p qo’ysangiz ol deydi.
2. Joni borga o’xshar Issig’ingni o’lchar.
3. Sutkamiz hisobchisi, dam olmoqni bilmas hech. Tokcha devor qoldi u
cho’t qoqadi erta-kech.
4. Tiniqligi suvga o’xshar. Neki boqsa aksi tushar, o’zi qattiq temir emas.
Qo’zg’atsangiz qimir etmas.
5. Yuzta aka-uka. Hammasi barovar. Qani o’ylab topingchi. Kim ekan o’zi
bular.
36
6. Buvimda bor bir chiroq. Yonib turmaydi biroq. Ish tikar bo’lsa bivim.
Taqib oladi har choq.
7.
Bekorchi kerakmas. Ishlaganga bilinmas. O’zi qo’lsiz-oyoqsiz.
Qarasangiz ko’rinmas.
8.
Beqasamdan yo’li bor, Osmon-falakda chiqar.
9.
Ko’zda ko’rinmas. Qo’lga ilinmas. Shusiz hech joyda. Hayot ham
bo’lmas.
10. Goh simobdek oqaman. Goh tutundek uchaman. Goh tosh kabi qotaman.
Men birlashsam kuchliman.
11. Suvga solsam botmaydi, Baliqlar ham yutmaydi.
12. Bir ko’z bilan tikilib. Yaratuvchi yuzimni. So’ngra oppoq qog’ozda.
Aks ettirdi o’zimni.
13.
Havo
rangli
suv
emas.
Ko’prigi
bor
ko’l
emas.
O’zi ko’rmas ko’rsatar.
14. Shishali yo’lak bo’ylab. Sergak oyim yuradi. Ob-havo nafasin. Birga
aytib beradi.
15.
Yoqdir
qo’lin
oyog’i.
Na
ko’rinar
qulog’i.
Ammo unga bir qadam. Yer shari oyu, zuhra.
16. G’ildiraksiz qanotsiz. Uchadigan minora. U bor bizga bir qadam.
Osmondagi sayyora.
17.
Suv
ichida
shag’illal.
So’ng
ishlaydi
vag’illab.
Simlardan taranar. Har xonani yoritar.
18. Simdan oqar arig’i. Birga yoqar yorug’i.
19. Po’lat qushim uchdi-ketdi. Bir zum o’tmay oyga yetdi.
20. Olamga dong taratgan. Inson qo’li yaratgan. Charchamay ko’kni kezar.
Har kim tovushin sezar. Ko’ksida “Tinchlik” so’zi. Yurtimizning yulduzi
Fanimizning quyoshi.
21. Ikki singil. Og’ir yengil.
22. Suvga tushsa suv bo’lmaydi. Loyga tushsa loy bo’lmaydi.
37
23. Igna uchi yaltiroq.
24. Qishda kelar. Yozda ketar.
25. Qaraganda qaraydi. Xuddi sizday bo’lib. Soch tarasa taraydi. Kim bo’lsa
taqlid qilib.
26. Tokchada uning joyi. Meni uyg’otar doim. Yursa hamki erta-kech.
Joyidan jilmaydi hech.
27. Sayohatda as qotar. Asbob nomi kim bilar.
28. Yerning tabiiy yo’ldoshi. Oydindagi soz boshi.
29. Qizaradi so’nmaydi. Usiz giyoh unmaydi.
30. Yer sharining to’rtdan uch qismin. Egallaydi ranggi yo’q modda. Unday
kuchli erituvchi kam. Boshlangandir undan hayot ham.
31. Suvlar unga mehmondir. U beshinchi ummondir.
32. Rangi boru shakli yo’q. Uningsiz hayot ham yo’q.
33. Yer yuzasi oy kabi. Qizib kech sovib kelmas. Meteoritlar cho’g’ bo’lib,
Ne sabab yetib kelmas?
34. Ming chiroqda yuzta son. O’lchar yuza va tomon.
35. Ot oladi mashina. Elektr olib undan. U esa olar zaryad. Kislota hamda
suvdan.
36. Uzun tiniq shishadan. Shkalali: stakan. Oz kerakmi yoki ko’p.
Suv miqdorin o’lchanar.
37. Yorug’i bor. Dovrug’i bor. O’zi yoq. Ovozi bor.
38. Simdan oqib keladi. Shamol kabi yeladi. Olam-olam kuchi bor.
Uy ishiga u tayyor.
39. Juda tiniq bir shisha. Yorug’ berar hamisha. Lekin u chiroq emas. Pilik
hamda yog’ demas. Havo kirmas ichiga. Hamma qoyil ishiga.
40. Sen ichida tursang tikka. Olib chiqar yuksaklikka.
41.Qo’l-oyog’i yoq yuradi. Urib turar yuragi. Har kuni uning qulog’i.
Dadajonim buraydi.
38
42.
Shakli
o’xshaydi
nokka.
Nur
sochadi
har
yoqqa.
Kerakmas unga gugurt. U bilan ravshandir yurt.
43.
Ovozi
bulbul.
Ochadi
ko’ngil.
Senga
ham
nafas.
Fikringga zapas. Qo’shadi hissa. Milloonlar qissa.
44. Bir sim bor xo’p uzun. Ketgan juda uzoqqa. Eshitasan sozini. Tutib
ko’rsang quloqqa.
45.
Kerak
har
bir
xonadonga.
Issiqligi
huzur
jonga.
Televizor xolodelnik. U bor bo’lsa jonli tirik.
46. Qorga o’xshar emas qor. Qor kabi sovug’i bor. Quyosh chiqqan zamoni.
Yo’qo’lar o’sha oni.
47.
Chopsa
chopilmaydi.
Yopsa
yopilmaydi.
Bulutli kun har qancha. Izlasang topilmaydi.
48. Poyonsiz mato uzra. Sochildi behisob cho’g’. Shunday turib tonggacha.
Bir joyi kuygani yo’q.
49. Tunni qilar kunduzday.Nur sochadi yulduzday.
50. Dengizda suzar bo’lsang. Tog’larda kezar bo’lsang. Yo’l ko’rsatib
turaman. Odamga men jo’raman.
Topishmoqlar javobi:
1.Tarozi. 2. Termometr 3. Soat 4.Ko’zgu 5.Santimetr.
6.Ko’zoynak 7.Vaqt 8. Kamalak 9.Havo 10. Suv 11. Propka 12.
Fotoapparat 13. Ko’zoynak 14. Termometr 15. Kosmik kema. 16. Kosmik
raketa 17. G E S 18. Elektr toki 19. Raketa. 20. Yer suniy yo’ldoshi 21. Tarozi
22. Soya 23. Shudring. 24. Bug’ 25. Ko’zgu 26. Soat 27. Kompas 28. Oy 29.
Quyosh. 30. Suv 31. Atmosfera 32. Havo 33. Atmosfera borligi uchun. 34.
Santimetr 35. Akkumulyator 36. Menzurka 37. Yashin momaqaldiroq 38. Elektr
toki 39. Lampochka 40. Lift 41. Soat. 42. Lampochka 43. Radio 44. Telefon 45.
Elektr toki. 46. Qirov 47. Soya 48. Yulduz 49. Lampochka 50. Kompas
39
2.2. Dinamikaning asosiy vazifasi.
Mexanikaning harakatlarni, shu harakatlarni yuzaga keltiruvchi tashqi
ta’sirlarga (kuchlarga) bog’lab o’rganuvchi bo’limi dinamika deb ataladi.
Dinamikaning asosini Nyuton ochgan uchta qonun tashkil etadi. Dinamikaning bu
qonunlarini kashfiyotchining sharafiga Nyuton qonunlari deb yuritiladi.I.Nyuton
kashf etgan bu qonunlar 1687 yilda chop etilgan Tabiat falsafasining matematik
asoslari kitobida bayon etgan.
Italyan olimi G.Galiley tajriba va kuzatish natijalarini umumlashtirib
quyidagi hulosaga keladi. Tashqi ta’sirlardan holi bo’lgan har qanday jism yerga
nisbatan tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’ladi. Galiley jismga boshqa
jismlar ta’sir qilmaganda tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini saqlash
xususiyatini jismning inersiyasi deb atadi. Galileyning bu xulosasi inersiya
qonuni deyiladi.Galileyning jismga boshqa jismlar ta’sir qilmaganda, u faqat tinch
holatda emas, balki yerga nisbatan to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’lishi mumkin
degan ilmiy hulosasi fizika fanidan qilingan ulkan qadam edi.Jismlarda roy
beradigan inersiya hodisasiga koplab misollar keltirish mumkin: tekis harakatlanib
ketayotgan avtobus keskin tormozlanganda undagi yolovchilarning oz yarakatlarini
davom ettirib oldinga engashib ketishi yoki avtobus keskin joyidan
qozgalayotganda yolovchining oqrqaga ketishi kabi misollar.
Buyuk ingliz olimi I.Nyuton tajriba va kuzatishlarga asoslanib Galileyning
inersiya qonunini harakatning umumiy qonunlari qatoriga qo’shib, uni
dinamikaning birinchi qonuni deb atadi. Nyutonning birinchi qonuni quyidagicha
ta’riflanadi: har qanday jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa, u o’zining tinch
Dostları ilə paylaş: |