III. Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Deformatsiya.
2. Elastiklik kuchining namoyon bo’lishi
3. Guk qonuni.
Deformatsiya
Jismlarga kuch bilan ta’sir etilsa, ular cho'zilishi, siqilishi, egilishi, siljishi
yoki buralishi mumkin. Ba'zi jismlarda bunday xususiyat yaqqol kuzatiladi.
64
Masalan, tashqi kuch ta’sirida rezina yoki prujina cho'ziladi, siqiladi va buraladi,
yog‘och yoki plastmassa egiladi.
Tashqi kuch ta’sirida jismlarning shakli va hajmi o‘zgarishi deformatsiya
deb ataladi.
Deformatsiyalar elastik va plaslik deformatsiyalarga bo'linadi. Tashqi kuch
ta’siri to'xtaganda jismning o'zgargan shakli va hajmi avvalgi holatiga qaytsa,
deformatsiya elastik boiadi. Masalan, cho‘zilgan rezina yoki prujina tashqi ta’sir
to'xtatilgandan keyin o‘z holatiga qaytadi. Chizg‘ichni biroz egib qo'yib yuborilsa,
u yana to'g'rilanib qoladi. Bunday jismlar elastik jismlar deyiladi.
Ta’sir etayotgan tashqi kuch to‘xtaganda jismning shakli va hajmi
tiklanmasa, bu plastik deformatsiya bo‘ladi. Masalan, plastilin ezilsa yoki
cho'zilsa. u avvalgi holatiga qaytmaydi. Bunday jismlar plastik jismlar deyiladi.
Quyida biz faqat elastik jismlar bilan ish ko'ramiz.
14-chizma. Elastiklik kuchi tashqi kuchga miqdor jihatdan teng va qarama- qarshi
yo'nalgan bo'ladi.
Elastiklik kuchining namoyon bo‘lishi
14-chizmada ikki tayanchga gorizontal holatda qo'yilgan yupqa taxta
tasvirlangan. Agar taxta o rtasiga bola o‘tirsa, taxta pastga egilib to'xtaydi (14-b
chizma).
Kamon ip tarang tortilganda (15-chizma), rezina va prujina cho‘zilganda
yoki siqilganda F
t
, tashqi kuchga qarshi F
el
elastiklik kuchi namoyon bo‘ladi.
65
15-chizma. Kamon ipini F
x
kuch bilan tortganda pavdo bo'ladigan kuch
nayzani katta tezlikda otadi.
Guk qonuni
Tayanchga mahkamlangan prujina ilgagiga F
t
kuch bilan ta’sir etuvchi yuk
osaylik. Bunda prujina deformatsiyalanib, Δl uzunlikka cho'ziladi. Bundan F
t
tashqi kuchga miqdor jihatdan teng va qarama-qarshi yo'nalgan F
el
elastiklik kuchi
namoyon bo‘ladi (16-chizma). Bu kuch Δl uzayishga to‘g‘ri proporsional bo'ladi,
ya’ni:
16-chizma. Elastiklik kuchi prujinaning uzavishiga to'g'ri proporsional
bo'ladi.
bunda к — deformatsiyalanayotgan prujinaning bikirligi. Xalqaro birliklar
sistemasida uning birligi N/m bo'ladi.
Bu formula quyidagicha ta’riflanadi:
Bu qonunni 1660-yilda ingliz olimi Robert Guk kashf etgan. Shuning
uchun u Guk qonuni deb ataladi.
Jism (prujina, sim)ning bikirligi к qancha katta bo‘lsa, uni cho‘zish yoki siqish,
66
ya’ni deformatsiyalash shuncha qiyin bo'ladi. Guk qonunidagi bikirlik turli jismlar
uchun turlichadir. Masalan, steijenning uzunligi l, ко’ndalang kesimi S bo'lsa,
bikirligi к quyidagicha ifodalanadi:
bunda E — har xil moddalar uchun turlicha bo’lgan elastiklik moduli.
Prujina F
t
tashqi kuch ta’sirida siqilganda u Δl ga qisqaradi. Bu holda ham
Guk qonuni o'rinli bo'ladi. Prujina o'rniga kam deformatsiyalanadigan temir
sterjen, aluminiy sim va boshqa jismlar olinganda ham ular tashqi kuch ta’sirida oz
bo'lsada uzayadi yoki qisqaradi ya’ni elastiklik kuchi yuzaga keladi.
IV. Darsni mustahkamlash.
1. Deformatsiya deb nimaga aytiladi?
2. Elastik va plastik deformatsiyalar bir-biridan qanday farq qiladi?
3. Elastiklik kuchi nima va u qanday vujudga keladi?
V. O’quvchilarni baholash
VI. Uyga vazifa.11-mashq
2-bob bo’yicha xulosa
1) Fizikadan talabalar fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda, muammoli
vaziyatlarni hosil qilish, talabalarda hozir javoblik xislatlarini shakllantiruvchi
“Zakovat” darsi ishlanmasi berildi.
2) Ijodiylik, ishbilarmonlik xususiyatlarini tarbiylashda rolli o’yinlar, sud
darslarining o’rni katta ekanligiga amal qilinib sud darsi senariysi ishlab chiqildi.
3) Fizika-lirika tushunchasini tovush to’lqinlari mavzusini noan’anaviy
bayon qilish usuli tavsiya qilindi. Butun jarayon she’riy izohlar bilan bayon
qilindi.
4) Ta’limda IKT va UHB dan foydalanishdek dolzarb mavzuga bag’ishlanib
dinamika qonunlarini pedagogik texnalogiyalar va taqdimotlar usulida bayon qilish
bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berildi.
67
Xotima
O’rta umumta’lim maktablarining rahbarlar tarkibini pedagogik kadrlarni
pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mahorati yuqori
mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi. O’rta umumta’lim
maktablar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob
bermayapti. Ta’limni samarali tashkil etish bu jarayonda talabalarning faolligini
oshirish davr talabi hisoblanadi. Ta’limning barcha bosqichlarida talabalar
qobiliyati, qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda noan’anaviy
darslarni tashkil etish tarbiyalanuvchida mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
1. Talabalarning noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga ustuvor e’tibor
qaratish talabaning o’zini o’zi tarbiyalashiga, o’z shaxsida ezgu ma’naviy sifatlarni
shakllantirishiga omil bo’ladi. Uni tarbiyalamaydilar, balki u o’qituvchilar, kattalar
va darsliklar ko’magida o’zini o’zi tarbiyalaydi.
2. Noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatish, umuman,
pedagogika, xususan, adabiy ta’limning bosh maqsadi bo’lmish ma’naviy
barkamol insonni tarbiyalashga asos bo’ladi. O’z fikri, o’z qarashiga ega bo’lish
komil shaxslikning muqim belgisi qisoblanadi. Olib borilgan Tadqiqot ishlari,
o’tkazilgan eksperiment natijalariga asoslanilgan holda BMI mavzusi yuzasidan
quyidagi tavsiyalar beriladi:
1) Darslarda talaba shaxsini bosh qadriyatga aylantirish, darslarda
ma’naviyat shakllantirish ustuvorligini ta’minlash, bilim olish va tarbiyalanish
uchun bolaning o’zini harakatga undash, unga kashf etish lazzatini tuydirish,
darslarda pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish singari tamoyillar
ustuvorligiga erishish.
2) Darsda talabalarni noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatishda
ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan foydalanilgan holda metodik
qo’llanmalar yaratish.
68
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Fizikadan 7-sinf darsligi. Toshkent, «Cho’lpon, 2009 ,51-102 b
2. Ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari mavzusidagi seminar trening
materiallari.-Toshkent, 2002, 183 b.
3. Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalar: muammolar, yechimlar: Ilmiy-
amaliy konferenstiya materiallari.- Toshkent, O’zPFITI, 1999, 4-5 may.
4. Avliyoqulov N.H. O’qitishning moduli va pedagogik texnologiyasining
amaliy asoslari, Buxoro, 2000.
5. Zaripov K. Yangi pedagogik texnologiyani tadbiq etish bosqichlari.-Xalq
ta’limi, 1997, № 4.
6. Ochilov M. O’qitish usuli-pedagogik texnologiyaning asosiy
komponenti.- Xalq ta’limi, 1999, № 6-7, 32-33 betlar.
7. Sayidahmedov N.S. O’qituvchining pedagogik tizimdagi faoliyati.-Xalq
ta’limi, 1993, № 6-7, 9-12 betlar.
8. Sayidahmedov S.N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati.-Xalq ta’limi,
1999, № 1, 97-102 betlar.
9. Sayidahmedov N.S. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-
Toshkent, 2003.
10.Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va
amaliyot).- Toshkent, Moliya, 2003, 172 b.
11. Yo’ldoshev J.G’. Yangi pedagogik texnologiya yo’nalishlari,
muammolari, yechimlari. –Xalq ta’limi, 1999, №4, 4-11 betlar.
12. Лернер И.Я. Дидактические основы методов обучения. – Москва,
«Педагогика», 1981, 186 с.
13. Кирс Т., Смит Ф. Повышение степени интерактивности во время
телелекции.
Глобальная
сеть
диснтанционного
образования.
http://www.cito.ru/ gdenet/teaching/design/interaction/1
14. Гин А. Мозговой штурм // Интернет-журнал "Eydos". - 2000. - 7
января.
http://www.eidos.ru/journal/2000/0107-02.htm
69
15.
Рамазанова
Д.Н.,
Демин
А.В.
Использование
повых
информационных технологий при обучении химии в ВУЗе. – Краснодар,
КубГУ, 2003.
17. Xo’jaev B.K., Olimov Sh.Sh. Yangi pedagogik texnologiyalar.-Buxoro,
«Buxoro» nashriyoti, 2004, 118 b.
18. Mavlonova R., To’raeva O., Holiqberdiev K. Pedagogika.-Toshkent,
O’qituvchi, 2001, 512 b.
19. "Физика в Интернете" - http://www.nsu.ru/materials/ssl/text/
encyclopedia/
20. physicomp.lipetsk.ru/ - Электронный журнал "Физикомп" для
изучения физики. 21.www.phizinter.chat.ru
Dostları ilə paylaş: |