O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


yoki  to’g’ri  chiziqli  tekis  harakat  holatini  saqlaydi



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix06.06.2020
ölçüsü1,22 Mb.
#31681
1   2   3   4   5   6
orta umumtalim maktablarida mexanikaning dinamika bolimini oqitish uslubiyoti


yoki  to’g’ri  chiziqli  tekis  harakat  holatini  saqlaydi.  Bu  qonundan  quyidagi 

xulosa  kelib  chiqadi,  agar  jismga  boshqa  jismlar  ta’sir  etmasa,  u  kattaligi  va 



yo’nalishi  jihatidan  o’zgarmas  tezlik  bilan  harakat  qiladi.  Har  ikkala  ta’rifda 

ham  tezlanishning  nolga  tengligiga  izoh  berilyapti.  Demak,  tezlanishsiz  sanoq 

sistemalarda Nyutonning birinchi qonuni bajariladi. 


40 

 

Nyutonning  birinchi  qonuni  bajariladigan  sanoq  sistemalari  inersial 



sanoq  sistemalari  deyiladi.  Nyutonning  birinchi  qonuni  bajarilmaydigan 

sanoq sistemalari noinersial sanoq sistemalari deb ataladi. 

Nyutonning  birinchi  qonunini  tajribada    bevosita  tekshirish  mumkin  

emas,chunki    jism  harakatlanganda  uning  atrofidagi    boshqa  jismlarning  tasirini  

to’liq  bartaraf  etib    bo’lmaydi.  Masalan  ishqalanish  kuchini  bartaraf  etish  ancha 

qiyin.  Biroq  bir  qancha  asosli  xulosalarni    umumlashtirish  orqali  Nyutonning  I 

qonunining    to’griligiga    ishonch  hosil  qilishimiz  mumkin.Harakatlanayotgan 

jismga atrofdagi jismlar tomonidan  ko’rsatayotgan qarshilik kuchlari  kamaytirilsa 

(nnnnnnnnnnnnnnn  )    ayni  shu  jism  uzoq  vaqt    harakat  holatini  saqlaganligining  

va  jism  tezligining  kam  o’zgarganligini  ko’ramiz.Masalan  harakatdagi 

avtomobilga tormoz bermasdan   motorini neytral holatga qo’yib kuzatilsa  uning 

tezligi  tosh  yo’lga    nisbatan    asfalt    yo’lda    kam  o’zgarganligining    guvohi 

bo’lamiz. 

Nyuton  qonunlarining  to’gri  yoki    noto’g’riligi  ulardan  kelib  chiqayotgan 

xulosalarning tajriba asosida olingan natijalarga mos kelishi yoki kelmasligi  orqali 

aniqlanadi. Olib borilgan kuzatishlarning natijasiga ko’ra inersial sanoq tizimlarda  

katta    massali  (makroskopik)    jismlar    yorug’lik  tezligiga  nisbatan      juda  kichik 

tezlikda  harakatlanganda  Nyuton  qonunlari  to’g’ri  bajarilar  ekan.Nyuton 

qonunlariga asoslangan mexanika  Nyuton mexanikasi yoki klassik mexanika 

deb  ataladi.  Ammo  jismlar    yorug’lik  tezligiga  nisbatan      juda  yaqin  tezlikda 

harakatlanganda      klassik  mexanika  qonunlarini  tushintirib  bera  olmaydigan 

dalillar  paydo  bo’ldi  va  tariqa  Nyuton  mexanikasining  qo’llanish  chegarasi 

aniqlanildi. 



Isaak Nyuton (1643-1727) 

Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton 

Grantem  shahri  yaqinidagi  Vulstorp  qishlog’ida  uncha  boy  bo’lmagan  fermer 

oilasida tug’ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o’qiy boshladi. 1661 yilda Nyuton 

Kembridj  universitetining  kollejlaridan  biriga  kirib,  uni  tugallaganidan  so’ng 


41 

 

bakalavr  ilmiy  darajasini  oldi.  Nyutonning  vabo  epidemiyasidan  yashirinib,  o’zi 



tug’ilgan  Vulstorpda  o’tkazgan  1665-1667  yillari  uning  hayotida  muhim  o’rin 

egalladi.  Bu  yerda,  asosan,  olimni  buyuk  kashfiyotlarga  olib  kelgan  g’oyalar 

shakllandi.  Shular  jumlasiga  fizikaning  matematik  asoslari  differensial  va  integral 

hisobni  yaratishga,  butun  olam  tortishish  qonunining  ochilishiga,  ko’zgu 

teleskopining  ixtiro  qilinishiga  olib  kelgan  ishlar  kiradi:  shu  yerda  u  yorug’likni 

ajratishga  oid  tajribalarni  bajardi.  (Dispersiya).   1668  yilda  Nyutonga  magistr 

unvoni  berildi  va  shundan  so’ng  u  Kembridj  universitetida  fizika-matematika 

kafedrasiga  boshchilik  qila  boshladi.  1672  yilda  u  London  Qirollik  jamiyatining 

a’zosi qilib saylandi, 1703 yilda esa uning prezidenti bo’ldi.  

O’zi  kashf  qilgan  butun  olam  tortishish  qonunini  Nyuton  muvaffaqiyatli 

ravishda  osmon  jismlarining  harakatini  tushuntirishga  tatbiq  qildi.  Bu  qonunga 

ko’ra,  barcha  moddiy  jismlar  bir-biriga  tortilib,  bunda  tortishish  kuchi  kattaligi 

jismlarning  fizik  va  ximiyaviy  xossalariga,  ularning  harakat  holatiga,  jismlar 

turgan  muhitga  bog’liq  emas.  Yerga  tortilish  har  qanday  moddiy  jismni  yerga 

tortilishi  tufayli  vujudga  keluvchi  og’irlik  kuchining  mavjudligidan  namoyon 

bo’ladi. (Tortishish).  

Nyuton ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonaning 

ilmiy  muammolari  bilan  uzviy  bog’langan  edi.  Masalan,  optika  asboblarining 

kamchiliklarinin  bartaraf  qilishga  qaratilgan  edi.  “Yorug’lik  va  ranglarning  yangi 

nazariyasi”  (1962)  nomli  optikaga  bag’ishlangan  birinchi  ishida  Nyuton  o’zining 

yorug’likning  korpuskulyar  gipotezasiga  oid  qarashlarini  bayon  qildi.  Bu  ish 

qizg’in  bahsga  sababchi  bo’ldi.  Nyutonning  yorug’lik  tabiati  haqidagi 

korpuskulyar  va  va  to’lqin  tasavvurlarini  o’z  ichiga  oluvchi  gipotezani  olg’a 

suradi.  O’zining  ko’p  yillik  optik  tadqiqotlarini  u  1704  yilda  “Optika”  kitobida 

e’lon  qilib,  unda  o’sha  zamon  faniga  ma’lum  bo’lgan  turli  optik  hodisalarining 

mukammal manzarasini chizib berdi. 

Nyuton ilmiy izlanishlarining cho’qqisi uning «Tabiiy falsafaning matematik 

asoslari»  (qisqacha  –  “Asoslari”)  asaridir  (1687).  Unda  olim  butun  klassik 



42 

 

fizikaning  asosini  tashkil  etgan  yer  va  osmon  mexanikasining  yagona  sistemasini 



yaratdi.  Bu  ilmiy  asarida  Nyuton  fizikaning  asosiy  tushunchalari-massaga, 

zichlikka  ekvivalent  materiya  miqdorining;  impulsga  ekvivalent  harakat 

miqdorining;  kuchning  turli  xillari  va  boshqalarning  ta’riflarini  berdi.  

Nyuton  qarashlarining  ilmiy  universalligi  fizikaning  kelgusi  taraqqiyotiga  katta 

ta’sir ko’rasatdi. 

2.3. Dinamika mavzularini o’qitishda dars ishlanmalari. 

Mavzu: Nyutonning  birinchi  qonuni. Inersiya  qonuni. 

a) ta’limiy maqsad: 

-o’quvchilarga mavzu  yuzasidan  chuqur  bilim  berish. 



b) tarbiyaviy maqsadi: 

-o’quvchilarni vatanga  muhabbat  ruhida tarbiyalash 



d)  rivojlantiruvchi  maqsad:  -o’quvchilar  egallagan  bilim  va  ko’nikmalarni 

rivojlantirish va amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish. 



Darsning turi: o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi. 

Darsda  foydalaniladigan  jihozlar:  doska,  bo’r,  kitob,  o’rgazma,  tarqatma 

material. 



Darsning borishi 

I.  Tashkiliy  qism:  o’quvchilar  bilan  salomlashish,  sinf  tozaligi, 

o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash. 



II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 

1.  Aylanma  tekis  harakatda  nima  sababdan  aylanish  markazidan  bir  xil 

uzoqlikdagi turli nuqtalarda tezliklar miqdor jihatdan bir xil, yo’nalishi esa har xil 

bo’ladi? 

2.  Nima  uchun  jism  to’g’ri  chiziqli  tekis  harakatda  tezlanishga  ega  emas, 

aylanma harakatda esa tezlanishga ega? 

3. Markazga intilma tezlanish formulasi qanday ifodalanadi? 

4.  Nima  uchun  aylanma  harakatda  namoyonbo’ladigan  tezlanish  markazga 

intilma tezlanish deb ataladi? 


43 

 

III. Yangi mavzu  bayoni: 



Reja: 

1.Jismning inersiyasi. 

2.Nyutonning birinchi  qonuni. 

Jismning inersiyasi 

Jismning  inersiyasi  haqidagi  dastlabki  fikr  XVII  asr  boshlarida  italyan 

olimi Galileo  Galiley tomonidan aytilgan.  Inersiyaning namoyon bo‘lishiga har 

doim  duch  kelamiz.  Masalan,  avtobus  to‘satdan  yurib  ketsa,  uning  ichida 

turgan  odam  orqaga  mukkayib  ketadi.  Chunki  bu  odam  o'zining  tinch  holatini 

saqlashga intiladi. 

Agar harakatdagi avtobus  to‘satdan tormoz bersa, uning  ichida  turgan odam 

oldinga  qalqib  ketadi.  Chunki  bu  holda  odam  o‘zining  harakatdagi  holatini 

saqlashga intiladi. 

Jismlarning  o‘z  holatini  saqlashga  intilishi  inersiyaning  namoyon 

boiishidir. Barcha jismlar inersiyaga ega. 

Inersiya  tufayli  jismning  tezligini  to’satdan  (bir  onda)  oshirib  yoki 

kamaytirib bo'lmaydi. Jism holatini o'zgartirish uchun ma’lum vaqt kerak.  

Nyutonning birinchi qonuni 

Nyuton  o‘zidan  oldin  yashab  ijod  etgan  olimlarning  xulosalariga, 

o‘zining  kuzatish  va  tajribalari  natijalariga  asoslanib,  inersiya  qonunini 

quyidagicha ta’rifladi: 

Har  qanday  jism  unga  boshqa  jismlar  ta’sir  qilmaguncha,  o‘zining  tinch 

holatini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi 

Bu qonun Nyutonning birinchi qonuni deb ataladi. 

Nyutonning birinchi qonunini quyidagicha tushuntirish mumkin: 

1.  Tinch  holatda  turgan  jismga  boshqa  jismlar  ta’sir  qilmaguncha,  u 

o‘zining  tinch  holatini  saqlaydi  (1-chizma).  Boshqa  jismlar  ta’sir  ctgandagina 

bu  jism  harakatga  kelishi  mumkin.  Masalan.  maydonda  tinch  turgan  to‘pga 

boshqa jism oyog‘imiz ta’sir etmaguncha, u o‘zining tinch holatini saqlaydi (2-



44 

 

chizma).  To'pni  tepsak,  ya’ni  ta’sir  etsak,  uning  tinch  holati  buziladi  va 



harakatga keladi. 

Tinch  turgan  vagonga  boshqa  jism  —  teplovoz  ta’sir  etmaguncha,  u  joyidan 

qo‘zg‘almaydi. 

2.  Jismga  boshqa  jismlar  ta’sir  etmasa,  u  o‘zining  to‘g‘ri  chiziqli  tekis 

harakatini  saqlaydi.  Masalan,  to‘p  tepilganda  u  v

0

  boshlang'ich  tezlik  oladi. 

 

To‘p  yerga  nisbatan  burchak  ostida  u



0

  o‘zgarmas  tezlik  bilan  to‘g‘ri 

chiziqli  harakat  qilishi  kerak  edi.  Lekin  to‘p  Yerning  tortishish  kuchi  va 

havoning  qarshiligi  ta’sirida  egri  chiziqli  harakat  qiladi  va  tezligi  kamaya 

boradi (3-chizma). 

Yo‘lda  v



0

  tezlik  bilan  ketayotgan  avtomobilning  motori  o‘chirilsa, 

u

0

o‘zgarmas  tezlik  bilan  to‘g‘ri  chiziqli  tekis  harakatini  davom  ettirishi  kerak 



edi.  Lekin  avtomobil  g‘ildiragining  yer  bilan  ishqalanishi,  havoning  qarshiligi 

va  boshqa  ta'sirlar  tufayli  uning  tezligi  kamaya  borib.  ma’lum  masofani  bosib 

o‘tadi va to‘xtaydi. 

 

 



 

IV. Darsni mustahkamlash. 

1. Galileyning jism inersiyasi haqidagi fikri nimadan iborat? 

2. Jism inersiyasi haqida nimalarni bilasiz? Unga misollar keltiring. 

3. Nyutonning  birinchi  qonunini  ayting  va  uning  mohiyatini  tushuntirib 

bering. 


45 

 

4. Toshni  ma’lum  bir  tezlik  bilan  gorizontal  yo’nalishda  otganimizda  nima 



uchun u to’g’ri chiziqli tekis harakat qilmaydi? 

V. O’quvchilarni baholash 

   

VI.  Uyga  vazifa.  Tayanch    tushunchalarni  yodlash  va    savollarga    javob  

yozish 


 

Mavzu: Jismlarning o’zaro  tasiri. Kuch. 

a) ta’limiy maqsad: 

-o’quvchilarga mavzu  yuzasidan  chuqur  bilim  berish. 



b) tarbiyaviy maqsadi: 

-o’quvchilarni vatanga  muhabbat  ruhida tarbiyalash 



d)  rivojlantiruvchi  maqsad:  -o’quvchilar  egallagan  bilim  va  ko’nikmalarni 

rivojlantirish va amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish. 



Darsning turi: o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi. 

Darsda  foydalaniladigan  jihozlar:  doska,  bo’r,  kitob,  ko’rgazma,  tarqatma 

material 



Darsning borishi 

I.  Tashkiliy  qism:  o’quvchilar  bilan  salomlashish,  sinf  tozaligi, 

o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash. 



II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 

1. Galileyning jism inersiyasi haqidagi fikri nimadan iborat? 

2. Jism inersiyasi haqida nimalarni bilasiz? Unga misollar keltiring. 

3. Nyutonning  birinchi  qonunini  ayting  va  uning  mohiyatini  tushuntirib 

bering. 

4. Toshni  ma’lum  bir  tezlik  bilan  gorizontal  yo’nalishda  otganimizda  nima 

uchun u to’g’ri chiziqli tekis harakat qilmaydi? 

III. Yangi mavzu  bayoni: 

Reja: 

1. 


Jismlarning  o’zaro  tasiri. 

46 

 

2. 



Kuch. 

Jismlarning o’zaro ta’siri. 

Tinch  turgan  jism  boshqa  jismlar  bilan  o‘zaro  ta’sirlashishi  natijasida 

harakatga keladi, harakatlanayotgan jism esa o‘z harakatini o‘zgartiradi.  

Tajriba.  Temir  bo‘lagini  po‘kak  ustiga  qo‘yib,  uni  yassi  idishdagi  suv  ustiga 

qo‘ying.  Agar  suv  yuzidagi  temirga  magnitni  yaqinlashtirsangiz,  temir  po‘kak 

bilan  birga    magnit  tomon  suza  boshlaydi  (4-chizma).  Temir  bo'lagining 

harakatiga sabab, uning magnit bilan ta’sirlashuvidir. 

Qo‘lingizdagi  koptokchani  tik  yuqoriga  otsangiz,  u  yuqoriga  υ

boshlang‘ich tezlik  bilan harakatlana boshlaydi.  Bunda koptokchaga Siz  ta’sir 



etdingiz.  Yuqoriga  ko‘tarilgan  sari  Yerning  tortishi  ta’sirida  koptokchaning 

tezligi  kamaya  boradi.  U  ma’lum  balandlikka  ko‘tarilganda  tezligi  nolga  teng 

bo‘ladi va pastga qarab tusha boshlaydi. 

Stol  ustida  tinch  turgan  kitobni  turtib  yuborsangiz,  u  harakatga  keladi. 

Bunda  siz  kitobga  ta’sir  etdingiz.  Lekin  kitob  va  stol  sirtining  ishqalanishi 

ta’sirida kitobning harakati to‘xtaydi. 



Kuch. 

Jismlarning  o’zaro  ta’siri  miqdor  jihatidan  turlicha  bo‘lishi  mumkin. 

Masalan, metall sharchani katta yoshdagi odam yosh bolaga qaraganda uzoqqa 

uloqtiradi. 100 kg li shtangani har kim ham ko‘tara olmaydi. Shtangist uni dast 

ko‘tara oladi. 

Jismlarning  o‘zaro  ta’sirini  tavsiflash  uchun  fizik  kattalik  —  kuch 

tushunchasi kiritilgan. 

Bir  jismga  boshqa  jismlarning  mexanik  ta’siri  o‘lchovini  tavsiflovchi 

fizik kattalik kuch deb ataladi. 

Mexanik ta’sir jismlarning bir-bii iga bevosita tegishi (kontaktda bolisni) 

yoki  ularning  maydoni orqali  sodir  bo‘ladi.  Yerda  turgan  yukni  tortish,  itarish 

yoki  ko‘tarish,  prujinani  cho‘zish  yoki  siqish,  ipni  eshish  (burash)  kabi 

holatlarda ta’sir jismlarning bir-biriga bevosita tegishi orqali yuz beradi. 


47 

 

4-chizmada  ko'rsatilgan  po‘kak  ustidagi  temirga  magnit  maydon  orqali 



ta’sir  etmoqda.  Jismlarning  Yerga  tortilishi  esa  gravitatsion  maydon  ta’sirida 

yuz beradi. 

 

 

Kuch  F  harfi  bilan  belgilanadi  va  Xalqaro  birliklar  sistemasida  uning 



birligi qilib nyuton (N) qabul qilingan. Amalda kuchni o‘lchashda  millinyuton 

(mN) va kilonyuton (kN) ham ko‘p qo'llaniladi. 

Bunda: 1 N = 1000 mN; 1 kN = 1000 N. 

 

Kuch  vektor  kattalik  bo’lib,  u  son  qiymatidan  tashqari  yo’nalishi  va 



qo’yilish nuqtasiga ham bog’liq. 

Kuch dimamometr yordamida o’lchanadi. 

Dinamometrlar qo'llanilish maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ulardan 

ayrimlari 5- chizmada tasvirlangan. 

 

5-chizma. Eng oddiy 

(a),

 qo'l (panja) kuchini o'lchaydigan 



(b)

 va katta 

kuchlarni o'lchaydigan. 

 

Kuchlarni qo‘shish 

Agar  biror  jismga  bir  nechta  kuch  ta’sir  etayotgan  bo‘lsa,  ularning 

yig'indisi  quyidagicha  aniqlanadi.  Masalan,  aravachaga  bir  to'g'ri  chiziq 

bo'ylab qarama-qarshi yo'nalishda F

1

 = 3 N va F



2

 = 5 N kuchlar ta'sir etayotgan 

bo’sin (6- a chizma). Bu kuchlarning yig’indisi F = F

1

+F



2

 miqdor jihatdan 8 N 



48 

 

emas,  balki  2  N  ga  teng  bo'lib,  aravacha  shu  F=  2  N  kuch  ta’sirida  o'ng 



tomonga harakatlanadi (6-b chizma). 

 

 



6-chizma. Qarama-qarshi yo’nalishdagi ikki kuchning yig’indisi. 

 

Agar  6-chizmada  ko'rsatilgan  kuchlar  bir  tomonga  yo‘nalgan  bo’sin  (7-a 



chizma).  Bunday  holda  ikkala  kuchning  kattaligi  to‘g‘ridan  to'g‘ri  qo‘shiladi. 

Natijaviy kuch 8N ga teng boiadi. 

 

7-chizma. Bir xil yo’nalishdagi kuchlarni qo’shish. 

 

Bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikki emas undan ortiq kuch ta’sir etsa, natijaviy 



kuch har bir kuchning yo’nalishiga qarab, ularning kattaliklari qo‘shiladi yoki 

ayiriladi. 



IV. Darsni mustahkamlash. 

1. Jismlarning o’zaro ta’siri deganda nimani tushunasiz? 

Uni misollar orqali tushuntirib bering. 

2. Kuch deb nimaga aytiladi va qanday birliklarda o’lchanadi? 

3. Dinamometrning tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering. 

4. Bir to’g’ri chiziqda yotgan kuchlar qanday qo’shiladi? 



V. O’quvchilarni baholash 

VI.  Uyga  vazifa.Tayanch    tushunchalarni  yodlash  va    savollarga    javob  

yozish. 


 

49 

 

Mavzu: Jism massasi. 



a) ta’limiy maqsad: 

-o’quvchilarga mavzu  yuzasidan  chuqur  bilim  berish. 



b) tarbiyaviy maqsadi: 

-o’quvchilarni vatanga  muhabbat  ruhida tarbiyalash 



d)  rivojlantiruvchi  maqsad:  -o’quvchilar  egallagan  bilim  va  ko’nikmalarni 

rivojlantirish va amalda qo’llash ko’nikmalarini shakllantirish. 



Darsning 

turi: 

o’quvchilarni  bilim,  ko’nikma  va  malakalarini 

rivojlantiruvchi. 

Darsda foydalaniladigan jihozlar: doska, bo’r, kitob, ko’rgazma, tarqatma 

material 



Darsning borishi 

I.  Tashkiliy  qism:  o’quvchilar  bilan  salomlashish,  sinf  tozaligi, 

o’quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, navbatchi axborotini tinglash. 



II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 

1. Jismlarning o’zaro ta’siri deganda nimani tushunasiz? 

Uni misollar orqali tushuntirib bering. 

2. Kuch deb nimaga aytiladi va qanday birliklarda o’lchanadi? 

3. Dinamometrning tuzilishi va ishlashini tushuntirib bering. 

4. Bir to’g’ri chiziqda yotgan kuchlar qanday qo’shiladi? 



III. Yangi mavzu  bayoni: 

Reja: 

1. Jismlarning inertligi. 

2. Massa. 

3. Jismlar  sistemasining  massasi. 



Jismlarning inertligi 

Tajriba.  Elastik  plastinka  mahkamlangan  aravachani  va  xuddi  shunday 

ikkmchi  aravachani  8-chizmada  ko  rsatilganidek  stol  ustiga  qo'yaylik.  Bukilgan 

plastinkani  tortib  turgan  ipni  kuydirib  yuborsak,  elastik  plastinka  ikkala 



50 

 

aravachaga  bir  xil  ta’sir  etib,  ularni  ikki  tomonga  itarib  yuboradi.  Bunda  ikkala 



aravachaning tezliklari bir xil bo'ladi, ya’ni: 

υ

1



 = υ

 



 

8-chizma. Inertligi bir xil bo’lgan aravachalarning tezliklari ham bir xildir. 

 

Endi  ikkinchi  aravacha  ustiga  yuk  qo‘yib,  yuqoridagi  tajribani  qaytaraylik 



(9-chizma).  Lekin  bu  holda  birinchi  aravachaning  tezligi  ikkinchisiga  nisbatan 

katta bo'ladi, ya’ni: 

υ

1

 > υ



2

 

 



 

 

 



9-chizma. Inertligi katta bo'lgan jismning joyidan qo’zg’alishi va tezligi 

oshishi qiyin bo'ladi. 

 

Ikkinchi aravachaning ustiga qo'yilgan yuk qancha ko‘p bo‘lsa, uning tezligi 



shuncha  kichik  bo'ladi.  Boshqacha  aytganda.  yuk  qancha  ko  p  bo'lsa,  uning 

tinchlik  holatini  o'zgartirish  shuncha  qiyin  bo'ladi.  Yuk  ko'p  bo'lganda  jismning 

tinchlikdagi yoki harakatdagi holatini saqlashga urinish qobiliyati katta bo'ladi. 

Jismga ta’sir etuvchi kuch bo'lmaganda uning tinchlikdagi yoki harakatdagi 

o'z holatini saqlash xossasi inertlik deyiladi. 

Jismga  kuch  ta’sir  qilganda,  shu  jism  inetrligining  katta  yoki  kichikligi 

namoyon  bo'ladi.  Darhaqiqat,  gantelni  shtangaga  nisbatan  ko'tarish,  ya’ni 

harakatga keltirish oson. Chunki gantelning inertligi shtanganikiga nisbatan kichik. 

O'yinchoq  mashinani  qo'limiz  bilan  itarib  yuborsak.  u  harakatlanadi.  Lekin 


51 

 

rostmana mashinani itarib  yurgizish qiyin. Chunki rostmana mashinaning inertligi 



kattadir.  Poyezdning  inertligi  har  qanday  mashina  inertligidan  katta.  Shuning 

uchun  poyezdni  joyidan  qo'zg'atib  tezligini  oshirish  va  aksincha,  u  harakatda 

bo'lsa,  tezligini  o'zgartirish  qiyin.  Katta  tezlikda  ketayotgan  poyezdning  to'xtashi 

uchun katta kuch va vaqt kerak bo'ladi. 

Jismning inertligi gancha katta bo'lsa. uning tinch holatini  yoki harakatdagi 

holatini o'zgartirish shuncha qiyin bo'ladi. 



Massa 

Barcha jismlar inertlik xossasiga egadir. Yuqoridagi misollardan ko'rinadiki, 

jismlarning  inertligi  turlicha  miqdorda  bo'ladi.  Jismlarning  inertligini  taqqoslash 

uchun maxsus kattalik qabul qilingan. 

Jismning  inertlik  xossasini  tavsiflaydigan  fizik  kattalik  massa  deb  ataladi 

va  m  harfi  bilan  belgilanadi.  Massa  so'zi  lotinchadan  bo‘lak,  parcha  degan 

ma’noni bildiradi. 

Jismning  inertligi  qancha  katta  boisa,  massa  ham  shuncha  katta  bo'ladi. 

Yuqoridagi  tajribada  yuk  qo'yilgan  ikkinchi  aravachaning  massasi  birinchi 

aravacha  massasiga  nisbatan  katta.  Shtanganing  massasi  gantelning  massasidan, 

rostmana  mashinaning  massasi  o‘yinchoq  mashinaning  massasidan,  poyezdning 

massasi har qanday mashinaning massasidan ко'p marta katta. 

Xalqaro birliklar sistemasida massaning birligi qilib  kilogramm (kg) qabul 

qilingan. 

Temperaturasi 15°C bo‘lgan 1 dm

3

  (1  litr)  hajmdagi  sof  (distillangan)  suvning 



massasi 1 kg ga teng. 

Kilogrammning etaloni qilib platina va iridiy metallari qotishmasidan silindr 

shaklida  tayyorlangan  1  kg  massali  jism  qabul  qilingan.  Uning  asl  nusxasi  Parij 

yaqinidagi Sevr shaharchasida Xalqaro o‘lchovlar byurosida saqlanadi. 

Jismlar massasi shaynli tarozilar yordamida o’lchanadi. 


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin