108
ekstsentrikli yuritma, yuklovchi va bo’shatuvchi moslamalardan iborat.
Richag-tebrangich, quvurlarga va markaziy inertsiya sistemalar
chizig’ida joylashgan tayanch o’qlarga o’rnatilgan tebrangichlar elastik
rezina vtulkalar bilan ta’minlangan. Bu konveyerlarda quvur diametri
160…400 mm, uzunligi 50 m gacha va ish unumdorligi esa 125 m
3
/soat
gacha bo’ladi.
Bir jinsli, kukunsimon, donali va mayda donali sochiluvchan
materiallarni tashish, vibratsion konveyerlarning asosiy afzalligiga
kiradi. Ularning gorizontal yo’nalishda tashish tezligi 0,25 dan 0,3 m/m
va ayrim hollarda esa 0,5 m/s gacha, tebranish chastotasi minutiga 3000
gacha va amplitudasi mm ning ulushigacha bo’ladi. CHangsimon,
shuningdek, har xil jinsli materiallarni nisbatan yomon tashiydi va
ularning tezligi 3…5 marta kam bo’ladi. Qiya konveyerlar materialni
balandga ko’targanda (tashiganda) tezligi va ko’tarish qiyaligi har 1
gradusga ortganda ish unumdorligi 3…5% ga kamayadi, yuklarni pastga
yo’naltirilganda ish unumdorligi shu qiymatga oshadi.
Dostları ilə paylaş: