8.6 – rasm. Rolikli konveyerlar sxemalarining elementlari.
Rolikli qurilma. Rolikli konveyerlarning murakkab tizimlari
maxsus qurilmalardan tashkil topadi. Ularga quyidagilar kiradi.
- buruvchi rolikli stol-og’ir donali yuklarni rolikli konveyerning
biridan ikkinchisiga uzatish uchun ishlatiladi (8.6–rasm, a);
- yuklarni yo’naltiruvchi buruvchi strelkalar (8.6 – rasm, b);
- sharnirli stol-engil yuklarni rolikli konveyerning biridan
ikkinchisiga uzatish uchun ishlatiladi (8.6 – rasm, v);
- uzatuvchi aravacha.
111
9 – BOB. PNEVMOTRANSPORT VA GIDROTRANSPORT
USULLARIDA TRANSPORTLOVCHI MASHINALAR
9.1. Pnevmotransport qurilmalari tasnifi
Pnevmatik transport qurilmalari sement, qum, qirindi va mayda
materiallarni siqilgan yoki siyrak bosimda gorizontal va tik yo’nalishda
tashish uchun ishlatiladi. Bu qurilma yuklarni tushirish, ortish va tashish
ishlarida qo’llanilganda ish unumdorligi sezilarli oshadi va materiallarni
ifloslanishdan saqlaydi.
Qurilma to’liq avtomatlashgan va material minimal isroflangan
holda quvurlar ichida harakatlanadi, shuning uchun qurilmalarning ish
unumdorligi juda yuqori. Qurilish materiallarini tashish uchun o’rta
diametrli quvurlardan foydalaniladi.
Pnevmatik tashishning ikki – so’rish va purkash turi bor.
Pnevmatik qurilma quyidagi kamchiliklarga ega: elektr quvvati va
havoni ko’p sarflaydi, o’tkir qirrali materiallarni tashishda qurilma
moslama qismlari tez yemiriladi, yopishqoq va nam materiallarni tashiy
olmaydi.
9.2. So’ruvchi pnevmotransport qurilmalari
So’rish usulida material tashish quvuriga beriladi va u vakuum
nasos hosil qilgan havoning siyraklanishi hisobiga siljiydi.
So’ruvchi qurilmalarda (9.1 – rasm, a) material vakuum-nasos 8,
hosil qilgan havo bosimida soplo 1 quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3
ga tushadi. Material zatvor 4 orqali bunker 5 ga havo esa qisman
material bilan birgalikda filtr 6 ga tushadi. Filtr havoni materialdan
ajratib vakuum-nasosga va undan quvur orqali atmosferaga chiqarib
yuboradi. Bunday qurilma materiallarni qisqa masofaga tashish uchun
qo’llaniladi, bu qurilmalarda bosim 0,03-0,04 MPa bo’ladi. So’ruvchi
qurilmaning soplo qismida havo bosimi past, vakuum-nasosda esa
yuqoridir.
|