O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov


 – rasm. Rolikli konveyerlar sxemalarining elementlari



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

8.6 – rasm. Rolikli konveyerlar sxemalarining elementlari. 
Rolikli qurilma. Rolikli konveyerlarning murakkab tizimlari 
maxsus qurilmalardan tashkil topadi. Ularga quyidagilar kiradi. 
- buruvchi rolikli stol-og’ir donali yuklarni rolikli konveyerning 
biridan ikkinchisiga uzatish uchun ishlatiladi (8.6–rasm, a); 
- yuklarni yo’naltiruvchi buruvchi strelkalar (8.6 – rasm, b);
- sharnirli stol-engil yuklarni rolikli konveyerning biridan
ikkinchisiga uzatish uchun ishlatiladi (8.6 – rasm, v); 
- uzatuvchi aravacha. 
 
 


111 
9 – BOB. PNEVMOTRANSPORT VA GIDROTRANSPORT 
USULLARIDA TRANSPORTLOVCHI MASHINALAR
9.1. Pnevmotransport qurilmalari tasnifi 
Pnevmatik transport qurilmalari sement, qum, qirindi va mayda 
materiallarni siqilgan yoki siyrak bosimda gorizontal va tik yo’nalishda 
tashish uchun ishlatiladi. Bu qurilma yuklarni tushirish, ortish va tashish 
ishlarida qo’llanilganda ish unumdorligi sezilarli oshadi va materiallarni 
ifloslanishdan saqlaydi. 
Qurilma to’liq avtomatlashgan va material minimal isroflangan 
holda quvurlar ichida harakatlanadi, shuning uchun qurilmalarning ish 
unumdorligi juda yuqori. Qurilish materiallarini tashish uchun o’rta 
diametrli quvurlardan foydalaniladi. 
Pnevmatik tashishning ikki – so’rish va purkash turi bor. 
Pnevmatik qurilma quyidagi kamchiliklarga ega: elektr quvvati va 
havoni ko’p sarflaydi, o’tkir qirrali materiallarni tashishda qurilma 
moslama qismlari tez yemiriladi, yopishqoq va nam materiallarni tashiy 
olmaydi. 
9.2. So’ruvchi pnevmotransport qurilmalari 
So’rish usulida material tashish quvuriga beriladi va u vakuum 
nasos hosil qilgan havoning siyraklanishi hisobiga siljiydi. 
So’ruvchi qurilmalarda (9.1 – rasm, a) material vakuum-nasos 8, 
hosil qilgan havo bosimida soplo 1 quvur 2 orqali ajratuvchi kamera 3 
ga tushadi. Material zatvor 4 orqali bunker 5 ga havo esa qisman 
material bilan birgalikda filtr 6 ga tushadi. Filtr havoni materialdan 
ajratib vakuum-nasosga va undan quvur orqali atmosferaga chiqarib 
yuboradi. Bunday qurilma materiallarni qisqa masofaga tashish uchun 
qo’llaniladi, bu qurilmalarda bosim 0,03-0,04 MPa bo’ladi. So’ruvchi 
qurilmaning soplo qismida havo bosimi past, vakuum-nasosda esa 
yuqoridir. 


112 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin