125
10.3 – rasm. Gidravlik domkrat.
a) dastaki yuritmali; b-sterjenlarni taranglash uchun tortuvchi domkrat.
1-nasos, 2-bak, 3-so’rish klapani, 4-haydash klapani, 5,12-porshen, 6-
tsilindr, 7-to’kish klapani, 8-dasta, 9-gayka, 10-shtok, 11-tsilindr, 13-
tutgich,
14-tirak plita.
10.3. Tallar
Osma chig’irlar yoki tallar yuklarni
gorizontal va vertikal
yo’nalishda siljitish uchun xizmat qiladi. Yuritmaga ko’ra ular dastaki
va elektr yuritmali osma chig’irlar bo’ladi.
Dastaki tallar.
Dastaki tallar, bino
balkalariga yoki boshqa
qurilmalariga ilmoq 5 yordamida ilinadi (10.4-rasm). Ularning yuk
ko’tarish qobiliyati 0,5...5 t, ko’tarish balandligi esa 3 metrgacha.
Dastaki tallar yuk ko’taruvchi qismi plastinkasimon
yoki oval zvenoli
yuk zanjiri 1 bo’lib, u yulduzcha 3 ga kiygizilgan. Yulduzcha esa
chervyakli reduktorni chervyak g’ildiragi 4 ga mahkamlangan.
CHervyakli uzatmaning foydali ish koeffisientini
orttirish maqsadida
ikki kirimli chervyak qo’llanilgan. SHuning uchun chervyak vali 7 ga
ikki konussimon yuk tayanch to’xtatgich 2 o’rnatilgan. CHervyak
zanjirli g’ildirak 6 orqali zanjir 8 yordamida aylanadi.