10.4. Chig’irlar
CHig’irlar qurilish konstruktsiyalari va jihozlarini montaj qilishda,
og’ir yuklarni qurilish maydonida siljitishda, shuningdek kranlar,
ko’targichlar va boshqa ko’tarish tushirish mashinalarida qo’llaniladi.
Bajaradigan ishiga ko’ra chig’irlar quyidagi turlarga: ko’taruvchi va
kuch chig’irlariga bo’linadi. Yuritmasiga ko’ra – dastaki va mashina
yuritmali. Barabanlar soniga ko’ra – bir, ikki barabanli va barabansiz.
Barabanli dastaki yuritmali chig’irlar. Bunday chig’irlarning
tortish kuchi 5
80 kN bo’lib, po’lat arqon sarfi esa 50
200 metrni
tashkil qiladi. Montaj ishlarida qo’llanuvchi barabanli dastaki yuritmali
chig’irning sxemasi 11.6–rasmda keltirilgan. CHig’ir barabani 1, ochiq
128
tishli uzatma 3, diskli yuk tayanuvchi to’xtatgich 4 va stanina 2 dan
iborat.
To’xtatgich stanina 2 ga mahkamlangan parallel vallarga
o’rnatilgan. Dasta 6 ni aylantirish bilan yukni ko’tarib tushiriladi.
Dastaki chig’irlarda bir, ikki va to’rt kishi birdaniga ishlashi
mumkin. Qisqa muddatli ishlashda (5 daqiqagacha) dasta uzunligi 400
mm bo’lganda bir kishiga to’g’ri keladigan zo’riqish kuchi 200 N gacha
bo’lishi kerak.
Yuritma chig’irlar. Baraban bilan elektrodvigatelni kinematik
qo’shilishiga ko’ra chig’irlar elektroreversiv va friktsion bo’ladi.
Elektroreversiv chig’irlarda elektrodvigatel bilan baraban ajralmas qilib
mahkamlangan, friktsion chig’irlarda esa elektrodvigatel va baraban
vallari friktsion mufta orqali mahkamlangan.
Elektroreversiv chig’ir.
(10.6-rasm, b) Elektroreversiv chig’ir
elektrodvigatel 7, elastik mufta 8, to’xtatgich 9, tishli reduktor 10,
baraban
11
va
payvandlangan
ramaga
o’rnatilgan yurgizish
mexanizmidan iborat. CHig’ir fundamentga mahkamlanadi. Bir
barabanli elektroreversiv chig’irlarni tortish kuchi 3,2…1,25 kN, arqon
tezligi 0,5…0,1 m/s va arqon uzunligi 80…800 metrni tashkil qiladi.
Turli xil polispastlarni qo’llab elektroreversiv chig’ir yordamida qurilish
montaj ishlaridagi turli xil vazn va o’lchamdagi yuklarni ko’tarish
mumkin. Elektroreversiv chig’ir qurilish ko’targichlari, kranlar va
boshqa ko’tarish mashinalarida qo’llaniladi.
Montaj ishlarini tezlashtirish uchun chig’irlarda ikki kolodkali
to’xtatgichlar qo’llaniladi (10.7–rasm). Pedal 1 ni bosganda to’xtatgich
yuki 2 ko’tariladi va yuk o’zining og’irlik kuchi bilan tushadi.
Barabanga o’ralayotgan po’lat arqondagi zo’riqish kuchi
S
b
, po’lat
arqon tezligi
v
k
va po’lat arqon uzunligi
L
chig’irning asosiy parametrlari
bo’lib hisoblanadi.
|