O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti r. J. Tojiev, R. X. Mirsharipov



Yüklə 8,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/126
tarix15.09.2023
ölçüsü8,76 Mb.
#143732
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126
Кщнвейр лента узб 2

10.7-rasm. Ikki kolodkali 
to’xtatgich sxemasi. 
1– pedal, 2 – to’xtatish yuki. 


130 
Barabanga o’ralayotgan po’lat arqonni tezligi 
v
a
 
yukni ko’tarish 
tezligiga 
v
yu
bog’liq holda quyidagicha aniqlanadi: 
v
a
= v
yu 
u
pol


m/s (10.9)
Dvigatel quvvati 
N = S
b
v

/ (
1000 

chip

(10.10)
bu yerda: 

chip




red
– chig’irning foydali ish koeffisienti, baraban va 
reduktorning FIK lari orqali topiladi. 
Olingan ma’lumotlar bo’yicha elektrodvigatel tanlanadi. 
Reduktor esa ish rejimi va uzatmalar soniga qarab tanlanadi. 
To’xtatgich to’xtatish momentiga qarab ehtiyot zahirasiga 
(
K
T
=
1,5; 1,75; 2,0)
 
mos ravishda yengil, o’rta va og’ir rejimlar uchun 
quyidagicha aniqlanadi. 
M
T
 = K

M


red. 
/ u
red
 .
 
 
(10.11) 
10.5. Ko’targichlar 
Ko’targichlar kurilishda binolarni pardozlash va ta’mirlash 
ishlarini olib borishda, sanoatning boshqa tarmoqlarida xom ashyo va 
qurilish materiallarini, odamlarni yuqoriga ko’tarishda ishlatiladi. 
Ko’targichlar mahkamlangan yo’naltiruvchi metall reykalarda tik 
va qiyaroq harakat qilib, unga joylashgan maydonchalar yoki kabinalar 
ichida yukni ko’taradi yoki tushiradi. Qurilish ko’targichlari bajaradigan 
vazifasiga 
qarab 
yuk 
va 
odam 
ko’taradigan ko’targichlarga, 
konstruktsiyasiga qarab esa machtali va shaxtali ko’targichlarga 
bo’linadi. 
Machtali yuk ko’targichlar. Ularni qurilayotgan binoning 
tashqarisiga o’rnatiladi. Ko’targich (10.8–rasm) quyidagi asosiy yig’ma 
qismlardan: tayanch ramasi 1, machta-yo’naltiruvchi bloklar 4, karetka 
6, yuk maydonchasi 7, elektroreversiv chig’ir 3 va elektr qurilma 2 dan 
iborat. 
Yuk maydonchasi machtaga mahkamlangan yo’naltiruvchi 
reykalar 
bo’ylab ko’tariladi. Yuk maydonchasini ko’taruvchi 
elektroreversiv chig’ir arqoni yo’naltiruvchi bloklar 8 orqali va machta 
yuqorisidagi bloklardan o’tib barabanga o’raladi. 
Machtaning balandligi 10 metrdan ortiq bo’lganda u bino devoriga 
tayanch 5 lar orqali mahkamlanadi. Tayanch ramani yengil harakat 
qilishi va qo’lda siljitish uchun pnevmatik g’ildiraklar bilan jihozlanadi. 
Ko’targichlarni o’rnatganda ularni yuk platformalari derazalarning ochiq 
joylariga to’g’ri kelishi va asosi binoga perpendikulyar holatda bo’lishi 
kerak. 


131 
Yuk ko’tarish balandligi 17 m va undan ortiq bo’lganda, 
ko’targichlar baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida chiquvchi 
maydoncha 10 bilan ta’minlanadi. Bu maydonchalar yukni siljitish 
uchun maxsus yuritma 9 bilan jihozlangan. 
Ko’targichlarga ma’lum bir balandlikdan keyin o’zini to’xtatish 
uchun maxsus moslama o’rnatiladi. Bundan tashqari po’lat arqonlar uzi-
lib ketganda yoki ko’targich tushib ketishini oldini olish maqsadida 
avtomatik ushlagichlar o’rnatiladi. 
Kabinani 
erkin 
tushish 
yo’li ushlagichning boshlang’ich 
harakatidan 250 mm dan oshmasligi kerak. Kabina tushish yo’lini 
sekinlashish va butunlay to’xtashi ushlagichlar tezligi va turiga bog’liq. 
Ko’targichning ayrim konstruktsiyalarida ushlagichning yo’li 100 mm 
dan oshmaydi. 
Umumiy maqsadda ishlatiladigan machtali yuk ko’targichlar 0,3–
0,5 t yukni 16 qavatgacha ko’taradi va ular eshik yoki deraza 
o’rinlaridan yukni bino ichiga qabul qilib oladigan qilib o’rnatiladi. 
Qurilish amaliyotida baland binolar qurilishida 1,6 tonnagacha yukni 
ko’tara oladigan va 200 metr balandlikkacha olib chiqadigan 
ko’targichlar ishlatiladi. 
Po’lat arqonsiz ko’targichlar ham qurilishda keng qo’llaniladi. 
Ular bir yoki bir necha ustunli machtalardan iborat bo’lib, tishli po’lat 
reykalar tik holda machtaga mahkamlangan bo’ladi. Platformaga 
mahkamlangan tishli shesternya po’lat tishli reyka bo’ylab harakat 
qiladi. 
Yuk–passajir qurilish ko’targichlari
. Baland binolarni qurishda 
yuk va odamlarni tashiydigan ko’targichlar ishlatiladi. Bu ko’targichlar 
0,5–1,0 t. yukni 30 qavat (100 m) balandlikkacha olib chiqadi. Yuk–
passajir ko’targichlarni liftlardan farqi shundan iboratki, liftda kabina 
shaxtaning ichki qismiga joylashgan bo’lsa, yuk-passajir ko’targichlarda 
kabina ko’targichning tashqi qismiga joylashgan bo’ladi. 


132 
Yuk-passajir ko’targichlar (10.9–rasm) machta 1, machtaning tepa 
qismiga o’rnatilgan yo’naltiruvchi blok 4, ko’taruvchi karetkalar 
o’rnatilgan kabina 5, blok 6 va strela 3 orqali o’tadigan po’lat arqonga 
osilgan muvozanatlovchi yuk 2 dan iborat. 

Yüklə 8,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin