109
8.5 – rasm. Rolikli konveyer.
a) bir qatorli qo’zg’almas; b) ajratib biriktirilgan qo’zg’almas;
v) tsilindrik yuklar uchun qiya rolikli; g) trubalar uchun qiya rolikli;
d,e) qo’zg’aluvchan.
Ayrim sanoat tarmoqlarida, ko’pincha, metallurgiya zavodlarining
prokat tsexlarida rolikli konveyerlar
gravitatsion qurilma emas, balki
yuritmali qilib ishlatilmokda. Ular asosan
gorizontal uchastkada
ishlatilib, yakka yoki guruhiy harakatlanadi. Odatda, rolikli konveyerlar
uzunligi 2…3 mm sektsiyalarda yig’iladi.
Roliklar asosan po’lat quvur, harakatlanmaydigan o’q va
podshipniklardan tashkil topadi. Roliklar diametri 55 dan 155 mm gacha
va uzunligi 160 mm dan 1200 mm gacha qilib tayyorlanadi.
Tayanch konstruktsiya (stanina) – to’g’ri va buriluvchi, bir va ikki
qatorli, bir qancha ustun va bo’ylama sektsiyalardan tashkil topgan.
Normal sektsiyalarning uzunligi 3000 mm gacha va ustunlar orasi
1000…1500 mm gacha bo’ladi. Tayanch konstruktsiya
roliklar bilan
110
birgalikda to’g’ri chiziqli (9.6-rasm, a) va egri chiziqli (9.6-rasm, b)
rolikli konveyerlarning sektsiyasini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: