11.1-rasm. Minorasi buriluvchi kranlar.
a) ko’tariluvchi strelali kran sxemasi; b) to’rt karrali poliplastli srelada
yuk ko’taruvchi po’lat arqon zahirasi sxemasi; v) xuddi shuning o’zi ikki
karrali polispasda; g) gorizontal va siniq o’qli balka strela sxemasi; d)
gorizontal streladagi tortish po’lat arqon zahirasi sxemasi; ye) xuddi
shuning o’zi yuk arqonida; j) xuddi shuning o’zi opma siniq o’qli balka
strelada.
1-strela, 2-kran minorasi, 3-qurilish platformasi mexanizmi, 4-burilish
platformasi, 5-yurish qismi, 6-tayanch burilish qurilmasi,
7-muvozanatlovchi yuk, 8-yuk chig’iri, 9- strela chig’iri, 10-strela
poliplast, 11-kabina, 12-arqonli tortqi, 13-yuk poliplasti, 14-
eletroreversiv chig’ir, 15-karetka.
Minorasi buriladigan kranlar.
Kran minorasi 2 (11.1-rasm)
burilish platformasi 4 ga mahkamlanadigan va burilish platformasi esa
yurish qismi 5 ga tayanuvchi tayanch burilish qurilmasi 6 orqali
mahkamlanadi. Burilish platformasiga muvozanatlovchi yuk 7, va yuk
chig’iri 8 strela 9 strela chig’irlari hamda burilish platformasini
aylantiruvchi mexanizm 3 joylashgan. Strela 1 minoraga sharnirli
147
mahkamlangan bo’lib, po’lat arqonli tortqilar 12 orqali tortib olinadi.
Po’lat arqonlar esa yo’naltiruvchi bloklar orqali strela polispastiga
ulanadi. Yukni ko’tarib tushirish esa yuk polispasti 13 hamda yuk
chig’iri va osma ilmoq yordamida amalga oshiriladi. Kranni esa kabina
11 dan boshqariladi. Yuk ko’tarish qobiliyatiga ko’ra kranlarda bir,
ikki, uch va ko’p karrali yakka va ikkilangan polispastlar qo’llaniladi.
Ilmoq osmasi yuk ilmog’i, traversa, o’q va bloklardan iborat. Yukning
qulochining strelaning qiyaligini (11.1-rasm, a) yoki yuk aravachasi
gorizontal strela bo’ylab (11.1-rasm, b) harakatlantirib o’zgartiriladi.
Gorizontal balka strelali kranlarda yuk aravachasi strela bo’ylab
elektroreversiv chig’ir 14 orqali harakatlanadi. Gorizontal strelali kranni
yuk ko’tarish balandligi qiya strelalinikidan past, lekin kam energiyani
talab qiladi va montaji oson. Strelasi qiya joylashgan kranlarda quloch
o’zgartirilganda yuk o’zining holatini o’zgartiradi. Bu kamchilikni
yo’qotish uchun strela qulochini o’zgarishi bilan yukni gorizontal
siljitishni ta’minlash talab qilinadi. 11.1 b va ye rasmda 4 va 2 karrali
polispastlarida yuk arqonining harakat sxemasi keltirilgan.
Bu holatda 11.1 j rasmda ko’rsatilgandek, yuk karetkasi qiya strela
bo’ylab yukni gorizontal yo’lini va balandligini saqlagan holda harakat
qiladi. Tayanch-burilish qismi pastda joylashgan kranlarda kran
burilganda yurish qismidan boshqa hamma qismi birgalikda burilgani
uchun, katta yuk ko’tarish qobiliyatiga va baland yuk ko’tarishda kran
vaznini ko’paytirishiga olib keladi. SHuning uchun ham 10 t. dan ortiq
yuk ko’taradigan minorali kranlar minorasi burilmaydigan va faqat
yuqori qismi buriladigan qilib ishlab chiqariladi.
|