O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona politexnika instituti ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti



Yüklə 124,97 Kb.
səhifə4/12
tarix21.12.2023
ölçüsü124,97 Kb.
#188044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Xamitxonov yosinjonning malaka amaliyoti-www.fayllar.org

Standartlashtirish – bu namunaviy yoki ixtisoslashtirilgan bir namunali hujjatlar bosma ish qog‘ozlarining bir xil ko‘lamini belgilashdir. Standartlashtirish natijasida qog‘oz iqtisod qilinadi hamda hujjatlarni ishlash va saqlash osonlashadi.
Hujjatlarni tekshirishning quyidagi turlari mavjud:
-Hujjatlarni mohiyatiga ko‘ra tekshirish deb, ularda aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini va qonuniyligini aniqlashga aytiladi;
-Shaklan tekshirish deb hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, barcha belgilangan rekvizitlarni to‘lg‘azilishi; xo‘jalik muomalasini amalga oshirish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mas’ul shaxslarning imzolari; xatolarni tuzatish hollarida izohning mavjudligini tekshirishga aytiladi.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida «olindi», «to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi qo‘yish.
Hujjatlar aylanishi deb hujjatlarning tuzilgan paytidan arxivga topshirilgungacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishiga aytiladi. Bu yo‘lda hujjatlar quyidagi bosqichlardan o‘tadi:
1) tuzilishi (yozilishi);
2) buxgalteriyaga qabul qilinishi;
3) hujjatlarning hisob tizimida ro‘yxatga olinishi;
4) arxivga topshirilishi.
Hujjatlarni ularning tavsifi va tayinlanishi bo‘yicha jildlarda joylashtirish quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
-predmetli belgisi bo‘yicha (masalan, kassa hujjatlari, hisob-kitob hujjatlari va h.k.);
-korrespondentlik belgisi bo‘yicha (mazkur hujjatlar tegishli bo‘lgan tashkilotlar bo‘yicha);
-xronologik belgisi bo‘yicha (oylar, oylar ichida esa kunlar bo‘yicha);
-hujjatlarning raqamlari bo‘yicha.
Hujjatlar arxivga berilishi oldidan ma’lum registrlar bo‘yicha jamlanadi va arxiv uchun ma’lumotnoma tuziladi. Bu ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:
— mazkur dastlabki hujjatlar tegishli bo‘lgan hisob registrlarining nomi;
— hujjatlar jamlangan davr boshlangan va tugallangan sana;
— jamlangan hujjatlarning ro‘yxati;
— hujjatlarni jamlash va arxivga topshirish sanasi;
— mas’ul shaxslar imzosi.
Masalan, barcha dastlabki hujjatlar korxonada kamida 5 yil saqlanadi. Choraklik hisobotlar, inventar kartochkalar, asosiy vositalarni hisobga olish daftari (ular tugatilganidan so‘ng), pul mablag‘lari va tovar-moddiy qiymatliklarni olish uchun ishonchnomalar (buzilganlari ham), kafolat xatlari, inventar ro‘yxatlar, dalolatnomalar, taqqoslash vedomostlari (munozarali masalalar yoki sudlov ishlari yuzaga kelganida) 3 yil saqlanadi. Yillik buxgalteriya hisobotlari va ularga tushuntirishlar, bosh daftar 10 yil saqlanadi. Eng uzoq muddatga saqalanadigan hujjatlarga xodimlarning shaxsiy hisobvaraqalari kiradi.
Ular 75 yil saqlanishi lozim.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiyotining kelajagi ko‘p jihatdan bog‘liq va himoyalanishi zarur bo‘lgan tijorat axborotlariga quyidagilar kiradi:
 xo‘jalik yurituvchi subyekt mijozlari, mol yetkazib beruvchilari va xaridorlarining ro‘yxati;
 tuzilgan kontraktlar, shartnomalar yoki ularni tuzish bo‘yicha ahdlashuvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
 mahsulot(ish, xizmat)lar sotish rejasi;
 marketingga doir tadbirlar tizimi;
 raqobatbardoshlik va to‘lovga layoqatligi tahlili;
 xodimlarning ish haqi;
 moliyaviy va boshqa hisobotlar.
Korxonada mavjud resurslar miqdorida farqlarning sabablari asosan quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- haqiqiy kamomad va yo‘qotishlarning tovar-moddiy boyliklarni saqlash va tashishdagi tabiiy kamayish me’yorlaridan oshib ketishi;
- uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarning o‘g‘irlanishi, kamomadi, ataylab buzilishi va yo‘qotilishi;
- mulklar va majburiyatlar analitik hisobining izdan chiqqanligi;
- buxgalteriyaga qabul qilingan hujjatlar ma’lumotlaridagi chalkashliklar, mol-mulklarni baholashdagi va buxgalteriya yozuvlaridagi xatolar va h.k.
Men amaliyot o’tayotgan korxonada quyidagi hujjatlar yuritilgan:Bularga:Yuk xati ,ishonchnomalar,naklodnoylar,schot-fakturalar,kassa kirim chiqim orderlari hamda ombor mudirining hisoboti, kvitansiyalar hamda bo’naklar kiradi …..

Yüklə 124,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin