O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk: 598,617 Ergashev Dilshod Umurzoq o’g’li Tuxum yo’nalishli tovuqlar ratsionini D



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə12/25
tarix15.06.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
dilshod diplom

2.2 Tadqiqot obyektlari.
Tadqiqot obyekti sifatida «Laman sendi» deb nomlangan tovuq zoti xizmat qildi. Tajriba uchun o’rtacha og‘irligi 1,2 kg bo’lgan 120 kunlik tovuqlar tanlab olingan bo’lib, ularni 120-180, 180-240, 240-300 kunlik mudatlarda gematologik va biokimyoviy o’zgarishlar va tovuqlarning mahsuldorligini baholashga oid tahlillar olib borildi.

Rasm . Tajriba hayvonlarni oziqlantirish jarayoni.

Rasm . Tajriba hayvonlarni oziqlantirish jarayoni.

Rasm : Tuxumning ogʻirligi
Rasm : Tovuqlarning ogʻirligi.
Nazorat (I) guruhi sifatida ratsionni ananaviy omuxta yemdan tashkil topgan ozuqa xizmat qildi. Vitamin D3, kalsiymonofosat va kalsiytrifosfat preparatlarini har xil miqdorlarda (vitamin D3 1 litr suvga 1 gr, kalsiymonofosfat 5 gr va kalsiytrifosfat 5 gr tirik vazn hisobida) qo’shib berilgan II, III va IV variantlar tajriba guruhlarini tashkil qildi. Tajriba davomida har xafta nazorat (1) guruhi variyantidan tashqari, ya’ni II, III va IV variantlardagi tovuqlarning tana og’irliklarini hisobga olgan holda ratsioniga qo’shib beriladigan vitamin D3, kalsiymonofosat va kalsiytrifosfat tuzlarini miqdori og’irliklarning oshib borishiga moslashtirilgan holda korreksiyalanib borildi. Tajribani o’tkazish jarayonida tovuqlarning fiziologik holatlari va mahsuldorligiga (tuxumining sifat va miqdoriy) oid ko’rsatkichlarning o’zgara borishi tahlil qilib borildi.
Xususan, eritrositlar va leykositlarning miqdoriy ko’rsatkichlari, gemoglobin, qon zardobi oqsillari miqdorlari, fermentlarining faolliklariga tegishli tahlillar amalga oshirildi (3,4,5). Shuningdek, tajriba hayvonlarining mahsuldorligini tovuqlarning tirik vazning va tuxum sonini aniqlash uchun tajribaning 120-180, 180-240, 240-300 kunlik muddatlarda tahlili ishlar amalga oshirildi.
2.3. Tadqiqot uslublari.
Tajriba davomida tovuqlarning fiziologik holatini doimiy baholab borish ularning qonida morfologik va biokimyoviy ko’rsatkichlar aniqlandi. Qonni tajriba hayvonlarining oyoqlari venasidan tajribanining boshida, o’rtasida, oxirida tegishli tahliliy amaliyotlar o’tkazildi.

Rasm : qon olish.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin