O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
1.3. Xalq bilan muloqot olib borish metodikasi. Xalq bilan muloqot qilish shunchalik
uchrashuvdan, hol-ahvol so‘rashuvdan iborat bo‘lmasdan, ilmiy-amaliy asosda olib borini taqozo
etadi. Buning uchun esa muloqot qilish qonun-qoidalarini, ayniqsa, metodikasini yaxshi bilish
kerak bo‘ladi. Shu sababli, xalq bilan muloqot olib borishda, ular bilan quyidagi aloqa o‘rnatish
metodikasidan foydala-nish maqsadga muvofikdir:
1.Uzaro bir-birini tushunish.
2.Umumiy yoki moye keladigan qiziqishlarni topish.
3.Muloqot
uchun
taklif
etiladigan
sifat
va
qabul
qilinadigan
prinsiplarni bilish.
4.Muloqot uchun xavfli bo‘lgan sifatlarni aniqlash.
5.Individual ta’sir etish va suhbatdoshga moslashish.
6.Umumiy
qoidalarni
yaratish
va
o‘zaro
harakat
qilish.
Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi, tafakkur, xayol)
ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashiga, voqeani o‘tmishdagi vaziyat bilan
bog‘lashiga, o‘zaro solishtirish va qiyoslash, obyekt va sharoitni mukam-mal tarzda idrok etishiga
yordam beradi.
Xalq bilan muloqot olib borishni tashkil etishda muloqotning quyidagi: kommunikativ,
interaktiv, perseptiv tomonlari borligiga e’tibor karatish kerak bo‘ladi.