o‘zaro muloqotda bo‘ldilar.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning muntazam ravishda bevosita xalq bilan olib borgan
muloqotlari natijasida quyidagilar:
uy-joylarning yetishmasligi, borlarining ham ta’mirtalab bo‘lib
qolganligi;
gaz, elektr energiyasi, o‘tin ta’minotidagi uzilishlar, qishda uy-larni isitish tizimining tobora
izdan chiqib
borayotganligi;
kommunal, transport va savdo xizmatining past
darajada tash-kil etilganligi;
- ichki yo‘llarning qarovsiz holatga kelib kolganligi;
dori-darmonlarning haddan
tashqari qimmatligi, ularning xufyona yo‘llar bilan sotilishi;
bemorlarga tez yordam ko‘rsatish tizimining tobora yomonlashib borayotganligi;
shifoxonalarda malakali tibbiy yordam olish uchun sharoitning yo‘qligi, ayrim davolash
muassasalarida tamagirlikning avjiga chiqqanligi;
maktabgacha ta’lim, o‘rta maktablarda bolalar va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishlari
uchun yetarlicha sharoitlar yaratilmaganligi, o‘qituvchi mutaxassislarning yetishmasligi, ularning
boshqa ishlarga jalb kdpinishi;
kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda o‘quvchilar davomadining pastligi, o‘qigash
sifatining zamon talablariga javob bermasligi, ayrim ta’lim muassasalarida ma’naviy-axlokiy
muxitning yomonligi;
oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatining zamon talablaridan orqada
qolib ketayotganligi, professor-o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligining past darajada ekanligi,
o‘quv dasturlarining amaliyot bilan yetarlicha bog‘lanmaganligi, o‘qishga qabul
qilish jarayonida
adolat prinsiplarining buzilayotganligi, ya’ni «bunker», «rektorat» degan ro‘yxatlar asosida
qobiliyatsiz kim-salarning o‘qishga kirayotganligi;
mutasaddi rahbarlar tomonidan ishni tashkil etish va o‘z vaqtida bajarish uchun byurokratik
to‘siklar qo‘yilayotganligi;
rahbarlar
tomonidan
konunga
zid
bo‘lgan
ko‘plab
idoraviy
yo‘riqnomalarningchiqarilayotganligi;
bank kreditlari ajratishda tanish-bilishchilik asosida tama-girlik bilan katta pul
mablag‘larining o‘zlashtirilayotganligi;
tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy tekshirishlarning avj olayot-ganligii;
huquq-tartibot idoralarining jabrdiydalar arziga quloq solmayotganligi, ularning o‘zlari
mavjud qonunlarni
oyoq-osti qilayotganliklari;
ishsizlik, ishlayotganlarning ish haqini, ayniqsa, pensionerlarning pensiya pullarini o‘z
vaktida ololmayotganligi, bu borada ay-rim bank xodimlarining “turli xil o‘yinlar”ni
o‘ynayotganliklari;
yutuqlardan esankirash, madhiyabozlik, ayrim rahbarlardan “xudo yasash” kabi odamlarni
ma’naviy inqirozga olib keluvchi holatlarning mavjudligi va boshqa shu kabi salbiy holatlarning
mavjudligi ayon bo‘lib qoldi.
Buning yana bir tasdigini 2016 yil 25 sentabr kuni internet tarmogida ish boshlagan bosh
vazirning so‘ngra Prezidentning virtual elektron qabulxonasiga mamlakatimiz fukarolaridan kelib
tushgan 1 mln. dan ortiq murojatlarida ko‘rish mumkin. Ularning 93% o‘z yechimini topgan
bo‘lib, qolganlari ko‘rib chikilmokda.
Bu xususda Sh.M.Mirziyoyev: “Ochiq aytishim kerak, bu murojaatlar tahlilidan ko‘p narsa
ayon bo‘ldi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ular hayotimizda mavjud bo‘lgan o‘tkir muammolarga ko‘zimizni
ochib berdi.
Mana, odamlar nimalar haqida murojaat qilmokda. Avvalo, ular turli sohalardagi
byurokratik to‘siqlarni olib tashlash, qonunga zid bo‘lgan ko‘plab idoraviy yo‘riqnomalarni bekor
qilish, stavkasi optimal bo‘lgan bank kreditlari ajratish, tadbirkorlik bo‘yicha noqonuniy
tekshirishlarga barham berish haqida, hukuq-tartibot idoralarining faoliyati haqida murojaat
qilmoqda.
Shu bilan birga, aholimizdan uy-joy kurilishi, kommunal, transport va savdo xizmati,
energiya ta’minotini, yo‘llarning holatini yaxshilash bo‘yicha ham ko‘plab murojaatlar kelib
tushmokda. Ko‘rib turibsizki, bu talablarning barchasi konuniy va adolatli. Bu borada ortiqcha
izohning hojati yo‘q.
Lekin shu o‘rinda bir savol tugiladi: mana shu murojaatlarda ko‘tarilgan hayotiy
muammolarni joylardagi hokimlik va idora-lar, tegishli mutasaddilar o‘z vaqtida hal etishi zarur
emasmidi? Holbuki, bu masalada alohida qonun, ya’ni “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun (2014 yil 3 dekabr) qabul qilingan. Lekin, ming, afsuski, bu
qonunning ijrosini nazorat kilish o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.
Shu sababli ana shu qonun talablarini bajarmayotgan rahbar va mansabdor shaxslarni nafaqat
ma’muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish zarur, deb hisoblayman.
Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak
va bu
haqiqatni avvalo barcha bo‘g‘indagi rahbarlar yaxshi tushunib olishi zarur. Shu munosabat bilan
tadbir-korlik faoliyati va xususiy mulkni himoya qilish yuzasidan qabul qilingan barcha huquqiy
hujjat talablariga so‘zsiz amal qilishni ta’minlash shart. Nega deganda, xalq boy bo‘lsa, davlat ham
albatta boy va qudratli bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xaps bilan muloqot va inson
manfaatlari tushunchalario‘zaro shunchalik boglanib ketganki, ularni bir-biridan aslo ajratib
bo‘lmaydi”, - degan edi.
Yuqorida keltirilgan dalillarning barchasi xalq bilan muloqot qilish orqali bilib olingan
narsalarning barchasi jamiyat hayotini aks ettiruvchi kuzgi hisoblanadi. Demak, ana shu kuzguda
aks ettiril-gan narsalarni aql orqali idrok qilish va uning yechimini akd tarozi-si orqali topish
hayotiy zarurat bo‘lib, unga quloq solmaslik, ana shu kuzguni sindirib qo‘yishga olib kelishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: