212
Bugungi kunda, qanchalik qayg‗uli bo‗lmasin, kapitalni jamg‗arish dastlabki
davri yakunlangan va an‘anaviy biznesning istalgan sohasida foyda me‘yori asta-
sekinlik bilan tenglashada, so‗ngra pasayadi va pirovardida yakuniy xulosaga olib
keladi: an‘anaviy biznesda ko‗p pul ishlab topib bo‗lmaydi. Tabiiyki, biz kichik
biznes haqida gapiryapmiz, biz realistmiz va pulini ko‗paytirish uchun hech bo‗lmasa
unga ega bo‗lish kerakligini tushunamiz.
Forex – tentaksifat boshliqlar va dangasa xodimlarsiz, har doim kimdir tortib
olishni istaydigan asosiy vositalarsiz, ko‗p sonli tekshiruvlarsiz, raqobatsiz va yana
ko‗p narsalarsiz, nisbatan yangi biznes turidir.
Forex da hamma narsani aql, iroda, tahlil qila olish va qaror qilish qobiliyati
hal qiladi. YUqorida aytib o‗tganimizdek, Forex bu – xalqaro banklararo valyuta
bozori. Umuman olganda bu bozorda istalgan valyuta juftliklari kotirovka qilinishi
mumkin. Aytaylik, masalan, «belorus quyonchasi»/mongol tugrigi juftligi. Xo‗sh,
bundan nima?
Forex bozorining boshqa bozorlar oldidagi ko‗p sonli afzalliklaridan biri bu
uning likvidligidir (chuqurligi bo‗yicha, moliyaviy ma‘noda, Mariana cho‗kmasidan
chuqurroq bo‗ladi). Kotirovka qilish kam, hali sizning tugrik/quyonchalaringizni
kimdir va aynan sizni qoniqtiradigan narxda sotib olishi ham kerak. SHuning uchun
biz «yonayotgan va qimirlayotgan» narsa bilan emas, balki bozorda kotirovka
qilinadigan narsalar bilan shug‗ullanamiz.
Dostları ilə paylaş: