O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorlarida investitsiya institutlarining



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

 
3. Moliya bozorlarida investitsiya institutlarining 
faoliyati va roli 
Umuman olganda, investitsiya instituti – bu moliyaning alohida faoliyat sohasi 
bo‗lib, moliya bozorining fond segmentida qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq 
operatsiyalar bo‗yicha malakali xizmatlar ko‗rsatuvchi moliyaviy institut hisoblanadi. 
Boshqacha qilib aytilganda, fond (qimmatli qog‗ozlar) bozorida professional faoliyat 
qimmatli qog‗ozlarni hayot siklidagi jaryonda sodir (talab) bo‗ladigan xizmatlarni 
belgilangan tartibda ko‗rsatish bo‗yicha tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Qimmatli 
qog‗ozlar bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega 
bo‗lgan, turli mulkchilik shaklida tuzilgan, maxsus litsenziyaga (ruhsatnomaga) ega 
bo‗lgan investitsiya institutlari amalga oshiradi.


88 
Investitsiya institutlari faoliyatining mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga 
fond bozori infratuzilmasi tarkibida alohida malakali xizmatlar bozori faoliyat 
yuritadi va rivojlanadi.
Ko‗rinib turibdiki, investitsiya institutlari banklar va sug‗urta kompaniyalari 
bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli 
qatnashchilaridan hisoblanadi.
Bu esa moliya bozorining, xususan qimmatli qog‗ozlar bozorining, risksizlilik, 
jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy xavfsizlik darajasini ko‗tarishga, samarali 
investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, investitsiya institutlari umuman iqtisodiyotda, xususan qimmatli 
qog‗ozlar (fond) bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- iqtisodiyot subyektlari va aholiga qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq 
operatsiyalar bo‗yicha professional xizmatlar ko‗rsatuvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar 
manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- qimmatli qog‗ozlar emitenti (belgilangan tartibda).
Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi investitsiya institutlari operatsiyalari 
jahon fond bozorlarining barcha qismini qamrab olgan.
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional qatnashchilarining ijroiya organlari 
raxbarlari, shuningdek ularning imzo huquqiga ega xodimlari qimmatli qog‗ozlar 
bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan 
malaka guvoxnomalariga ega bo‗lishlari kerak. Malaka guvoxnomasining amal qilish 
muddati turli mamlakatlarda har hil bo‗ladi, masalan, O‗zbekistonda – uch yil. 
Dunyoning turli mamlakatlarida investitsiya institutlarining faoliyat turlari 
o‗zgacha nomlanadi, lekin ular mazmunan o‗hShash. Masalan, jahon amaliyotida 
faoliyat turlari quyidagicha nomlanishish mumkin: diler, broker, boshqaruvchi 
kompaniya, depozitariy, kliring va h.k.
O‗zbekiston qimmatli qog‗ozlar bozorida esa quyidagi professional faoliyat 
turlari amalga oshiriladi: 


89 
- investitsiya vositachisi faoliyati; 
- investitsiya maslaxatchisi faoliyati; 
- investitsiya fondi faoliyati; 
- boshqaruvchi kompaniya faoliyati; 
- investitsiya fondlarining investitsiyaviy aktivlarini boshqarish bo‗yicha 
faoliyat; 
- depozitariy faoliyati; 
- hisob-kliring palatasi (tashkiloti) faoliyati; 
- transfer-agent faoliyati (litsenziyalanmaydi); 
- qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi 
faoliyati. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida qonun hujjatlariga muvofiq professional 
faoliyatning boshqa turlari ham amalga oshirilishi mumkin, masalan, nominal 
saqlovchi (depozitariy bajaradi). 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi 
investitsiya fondi faqat ochiq aksionerlik jamiyati shaklida tuziladi.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik 
shaxslarni tuzish, faoliyat kursatish va tugatish tartibi, ushbu Qonunning qoidalari 
hisobga olingan xolda, qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
Keltirilgan faoliyat turlariga qisqacha tavsif beramiz.
Qimmatli qog‗ozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatiga brokerlik va 
dilerlik faoliyatlari kiradi. 
TopShiriq shartnomalari yoki vositachilik haqi asosida yoxud bitimlar tuzish 
uchun berilgan ishonchnoma asosida ish olib borib, vakolatli shaxs yoki vositachi 
sifatida qimmatli qog‗ozlar yuzasidan fuqarolik-huquqiy bitimlarni amalga oshirish 
brokerlik faoliyati hisoblanadi.
Brokerlik faoliyatida operatsiyalar asosan mijoz nomidan (topshirig‗iga 
binoan) va mijoz hisobidan bajariladi.
Mijozlarning qimmatli qog‗ozlarga sarmoya kiritish uchun brokerga berilgan 
pul mablag‗lari, shuningdek broker tomonidan mijozlar bilan tuzilgan shartnomalar 


90 
asosida amalga oshirilgan bitimlardan olingan pul mablag‗lari broker tomonidan 
bankda ochiladigan aloxida bank hisob raqam(lar)ida (maxsus brokerlik hisob 
raqamida) saqlanishi kerak. 
Agar brokerlik xizmati ko‗rsatish shartnomasida ko‗zda tutilgan bo‗lsa, broker 
mijozga uning pul mablag‗lari hisobiga topshiriqlarni bajarish yoki mijoz talabiga 
kura ularni qaytarib berishni kafolatlagan xolda, maxsus brokerlik hisob(lar)idagi 
mijozlarning pul mablag‗laridan o‗z manfaatlari uchun foydalanish huquqiga ega. 
Brokerga o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanish huquqini bergan mijozlarning pul 
mablag‗lari, unga o‗z manfaatlari yo‗lida foydalanish huquqini bermagan 
mijozlarning pul mablag‗lari saqlanadigan maxsus brokerlik hisob raqam(lar)idan 
boshqa maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida saqlanishi kerak. 
Broker o‗zining shaxsiy pul mablag‗larini maxsus brokerlik hisob 
raqam(lar)iga o‗tkazish huquqiga ega emas, ushbu modda bilan belgilangan tartibda 
mijozga qaytarib berish va/yoki unga qarz berish xollari bundan mustasno. 
Broker maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan xar bir mijozning pul 
mablag‗larining hisobini yuritishga va mijozga hisobot berishga, shuningdek, 
topShirig‗i buyicha aksiyasiga egalik qilayotgan shaxs bilan tuzilgan shartnomaga 
muvofiq va uning topShirig‗i bilan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha operatsiyalar va 
bitimlarni amalga oshirishga majbur. 
Maxsus brokerlik hisob raqam(lar)ida turgan mijozlarning pul mablag‗lari 
brokerning majburiyatlari yuzasidan undirilishi mumkin emas. 
Muayyan qimmatli qog‗ozlarni sotib olish va/yoki sotish narxlarini oshkora 
e‘lon qilish hamda ushbu qimmatli qog‗ozlarni e‘lon qilingan narxlari bo‗yicha sotib 
olish va/yoki sotish majburiyatini olish yo‗li bilan o‗z nomidan va o‗z hisobidan 
qimmatli qog‗ozlarga doir oldi-sotdi bitimlarini tuzish dilerlik faoliyati hisoblanadi. 
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha dilerlik faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli 
qog‗ozlar bozorining professional qatnashchisi diler deb nomlanadi. 
Narxlardan tashqari diler qimmatli qog‗ozlarning oldi-sotdi shartnomasiga 
boshka muxim shartlarni ma‘lum kilish xukukiga ega: olinayotgan/sotilayotgan 
qimmatli qog‗ozlarning minimal yoki maksimal miqdori, shuningdek e‘lon qilingan 


91 
narxlar amal qiladigan muddat. E‘londa boshqa muxim shartlar ko‗rsatilmasa, diler 
uz mijozi taklif qilgan muxim shartlar bo‗yicha shartnoma tuzishga majbur. Diler 
shartnoma tuzishdan bosh tortishi xollarida, uni shunday shartnoma tuzishga majbur 
kilish va/yoki mijozga yetkazilgan zararlarni qoplatish to‗g‗risida da‘vo qo‗zg‗atilishi 
mumkin. 
Investitsiya vositachisi o‗zining harakatlari yoki harakatsizligi tufayli 
mijozlariga etkazilgan zararni qoplashi shart. 
Investitsiya vositachisining korxonalari va tashkilotlarini Yagona davlat 
reestridan chiqarish faqat uning mijozlariga ajratilgan pul mablag‗lari va qimmatli 
qog‗ozlarni qaytarish bilan bog‗liq taomillar bajarilganidan so‗nggina qimmatli 
qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organining yozma tasdig‗i 
asosida amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorini va uning ishtirokchilarini taxlil etish va istikbolini 
aniklash, moliyaviy vositalarni (moliyaviy majburiyatlarni) ekspertiza kilish, ishlab 
chikish va tavsiya etish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish, qimmatli qog‗ozlar chikarish, 
ularni joylashtirish va muomalaga kiritish, mutaxassislarni kayta tayyorlash, 
shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya siyosatini amalga oshirishlari 
xususida maslaxatlar berish soxasidagi xizmatlar qimmatli qog‗ozlar bozorida 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin