O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

 
4. Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining 
faoliyati va roli 
Umuman olganda, davlat moliya budjet tashkilotlari – bu moliyaning alohida 
faoliyat sohasi bo‗lib, moliya bozori orqali davlatning moliyasini boshqarish negizida 
iqtisodiy siyosatni (monetar va fiskal) mamlakat iqtisodiyoti manfaati yo‗lida amalga 
oshiruvchi moliyaviy institutlar hisoblanadi. Bunday institutlarga Moliya vazirligi, 
Davlat G‗aznasi, Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari, moliya (yoki 
qimmatli qog‗ozlar) bozorini tartiblashtiruvchi vakolatli davlat organi (ba‘zi 
mamlakatlarda bu organ moliya bozori makroregulyatori (megaregulyatori) 
maqomiga ega) kiradi. Ularning har biri o‗ziga mos siyosatni amalga oshirish 
maqsadida moliya bozorida faoliyat yuritadi.


99 
Davlat moliya institutlari faoliyatining maqsadi, vazifalari, funksiyasi, faoliyat 
mexanizmi, hossa va xususiyatlari evaziga moliya bozori tarkibida alohida segment – 
davlat kapitali va xizmatlari bozori faoliyat yuritadi va rivojlanadi. Bunda ular kredit-
pul, budjet-soliq, investitsiya, emissiya siyosatlarini yurituvchi, demak davlatning 
moliyaviy instrumentlari va resurslari bilan bog‗liq operatsiyalar institutlari va davlat 
regulyatori, davlatning moliyaviy resurslari va instrumentlari akkumulyatori va mos 
ravishda yirik investitsiyalar manbai, institutsional investor, professional emitent va 
vositachi sifatida namoyon bo‗ladi.
Ko‗rinib turibdiki, davlatning bo‗nday moliya institutlari banklar, sug‗urta 
kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan birga moliya bozorining professional, 
o‗ta zarur, foydali va eng salmoqli na faqat qatnashchilaridan, balki regulyatori 
hisoblanadi.
Shunday qilib, davlatning vakolatli moliya institutlari umuman iqtisodiyotda, 
xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi:
- monetar (kredit-pul) va budjet-soliq (fiskal) siyosatlarini mamlakatning 
iqtisodiy va ijtimoiy o‗sishi yo‗lida uyg‗unlikda ta‘minlovchi regulyativ institutlar;
- davlat ehtiyojlari va iqtisodiyot subyektlari uchun pul, valyuta, kredit, boshqa 
moliyaviy instrumentlar va resurslar bilan bog‗liq operatsiyalar bo‗yicha professional 
tarzda faoliyat yurituvchi institutlar;
- moliyaviy resurslar va instrumentlar akkumulyatori, yirik investitsiyalar 
manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda);
- pul (faqat Markaziy bank) va davlat qimmatli qog‗ozlari emitenti 
(belgilangan tartibda);
- vakolatli davlat kompaniyalari (masalan, Markaziy depozitariysi, budjetdan 
tashqari fondlari va h.k. kompaniyalari) va tashkilotlari (Davlat mulki Qo‗mitasi, 
Davlat soliq va bojxona Qo‗mitalari, tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi va h.k.) orqali 
moliya bozoriga regulyativ ta‘sir qiluvchi va professional xizmat ko‗rsatuvchi institut 
va h.k.


100 
Moliya bozorida davlat o‗zining qimmatli qog‗ozlari emitenti va zarur 
obyektlarni moliyalashtiruvchi sifatida quyidagi maqsadlarni ko‗zlaydi:
- joriy budjet defitsitini (kamamadini) moliyalashtirish;
- avval chiqarilgan qarz majburiyatlarini so‗ndirish;
- davlat budjetining kassa ijrosini ta‘minlash;
- soliq to‗lovlarining notekis tushumini tekislash;
- tijorat banklarini likvid rezerv aktivlar bilan ta‘minlash; 
- davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan 
maqsadli loyiha dasturlarini moliyalashtirish;
- ijtimoiy ahamiyatga ega tashkilot va muassasalarni qo‗llab-quvvatlash va h.k.
Aytish joizki, pul emissiyasi ham davlat siyosatining instrumenti (soliqqa 
tortish darajasi va davlat haridlari singari) hisoblanadi. Ushbu funksiyani Markaziy 
bank amalga oshiradi. Bunda u quyidagi regulyativ instrumentlarda foydalanadi: 
ochiq moliya bozorlaridagi operatsiyalar, banklar uchun majburiy rezerv miqdorini 
belgilash, qayta moliyalashtirish stavkasini o‗rnatish.
Umuman olganda, davlat o‗z harajatlarini moliya bozori orqali quyidagi uch 
usul bilan moliyalashtirishi mumkin: soliq tushumlarini oshirish, aholidan qarz 
mablag‗larini jalb qilish, qo‗shimcha pul chiqarish (inflyatsiya xavfini hisobga olgan 
holda).

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin