159
Informatsion
shafffoflikni
ta‘minlashga
asoslangan
tartiblashtirish
konsepsiyasiga binoan moliya bozorining barcha qatnashchilarini har qanday
faoliyati va natijalari sifat darajasida oshkora qilinishi zarur.
Shu munosabat bilan tranparentlilikning sifat mezonini moliya bozorining
barcha qatnashchilariga nisbatan qo‗llash mumkin, ya‘ni qatnashchilarning
transparentlilik darajasi (ya‘ni adekvat informatsion transparentililik)
A(T)
Q
uning
barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‗zaro
adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgilanadi.
Mos ravishda bu kriteriy (mezon) quyidagicha ifodalanadi:
min A(T)
Q
= A
T
(qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) –
A
R
(qatnashchi tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori
ko‗paytmasi).
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining moliya bozoridagi
imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ
boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkichlari asosida baholanishi
mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar
soni esa qatnashchi tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar
miqdoridan kelib chiqadi.
Ta‘kidlash joizki, umuman olganda, ideal holatda mamlakatdagi
investorlarning faollilik darajasi (
F), ya‘ni (5.2 paragrafga qaralsin):
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi
ko‗paytmasi) –
PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan
investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi) qatnashchilarning transparentlilik darajasiga
(
A(T)
Q
) nisbiy miqdorda teng bo‗lishi lozim.
Agar bunday tenglik ta‘minlangan bo‗lsa, unda mamlakat moliya bozoridagi
investitsion muhit adekvat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: