O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


-rasm. Jаhоn mоliya bоzоrining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4-rasm. Jаhоn mоliya bоzоrining tarkibiy tuzilishi
32
 
12. Ipoteka va lizing bozorlari yetarlicha shakllanmagan. Hanuzgacha eksport 
lizingi va ipotekaviy qimmatli qog‗ozlari, veksellar va mavjudlaridan boshqa turdagi 
qimmatli qog‗ozlar qog‗ozlar yo‗q. Aktivlar sekyuritizatsiyasi mavjud emas. Moliya 
injeneriyasi va uning innovatsion mahsulotlari tarkib topmagan va h.k.
13. Mamlakatda birjalar va birjadan tashqari elektron savdo tizimlarining 
nisbatan ko‗pligi oborot hajmlari kamligi, ularning barchasini tijorat tashkilotlari 
ekanligi, mos ravishda hisob yuritish, savdo va hisob-kitoblar o‗tkazish bo‗yicha 
tegishli institutlar xizmatidan foydalanuvchi qatnashchilarning transaktsion 
harajatlari miqdori ko‗pligi, va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish mexanizmiga 
asoslanmaganligi moliya bozorini maydalanishiga va samaradorligini pasayishiga 
olib kelmoqda.
14. Yuqoridagilar va boshqa sabalarning barchasi mamlakatda kollektiv 
investorlar institutlarini investitsion jarayonda sezilarli emasligiga, aksincha yirik 
deyarli samarasiz bo‗lgan investorlarning salmog‗ini keskin oshib ketishiga olib 
kelmoqda.
Aytish mumkinki, o‗rta va uzoq muddatda O‗zbekiston moliya bozorining 
omillarning ijobiy ta‘siri sharoitida keskin rivojlanishini bashorat qilsa bo‗ladi. 
Buning uchun unda barcha imkoniyatlar mavjud. 
 
 
32
https://www.youtube.com/watch?v=lcoLoIyGw7I
 
Moliyabozori 
ssudа 
kаpitаllаri 
bоzоri 
fоnd 
bоzоrlаri 
sug`urtа 
bоzоrlаri 
оltin 
bоzоrlаri 


158 
3. Хаlqаrо mоliya bоzоridаgi оpеrаtsiyalаr 
Moliya bozori transparentligi deganda moliya bozori va uning barcha 
qatnashchilari faoliyati to‗g‗risidagi informatsiyalarni (ma‘lumot va hisobotlarni) 
ochiqligi, oshkoraligi, aniqligi, to‗liqligi, o‗z vaqtida (belgilangan muddatlarda) 
berilishi va to‗g‗riligi, umuman olganda informatsion shaffofliligi tushuniladi. 
Ma‘lumot va hisobotlarlarni ihtiyoriy (zarurat asosida) va majburiy ravishda 
transparentlilikning ma‘lum sifat darajasida berilishi mumkin bo‗lganlari mavjud.
Moliya bozori transparentligining bosh maqsadi investorlarning huquqlarini 
himoyalash va qonuniy manfaatlarini hamda risklarini pasaytirilishini ta‘minlashga 
qaratilgan bo‗lib, o‗z ichiga sifatli ochib berilishi majburiy va ihtiyoriy bo‗lgan 
informatsiyalar hamda ularga qo‗yilgan qonuniy sifat talablari tizimini oladi. 
Transparentlikning bosh vazifasi moliya bozorida sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan har 
turdagi risklar, tovlamachiliklar va qonunbuzarliklarni informatsiyalar tizimi orqali 
oldini olish va pasaytirish.
Transparentlik usullari va shakllari moliya bozoriga oid qonunchilik hujjatlari 
bilan belgilanadi.
Informatsiyani ochib berish shakllari turli bo‗lishi mumkin, masalan, moliya 
bozori qatnashchilari to‗g‗risidagi hisobotlar va informatsiyalarning standart 
shakllari. Bunday standart shakllarda tuzilgan va to‗ldirilgan hisobot va 
informatsiyalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan sifat darajasida, 
muddatlarda, hajmlarda va tartibda ochib berilishi va taqdim etilishi talab qilinadi.
Transparentlilikni ta‘minlash borasida administrativ va jamoatchilik chora-
tadbirlariga asoslangan usullar qo‗llaniladi, ya‘ni, 
informatsiyani ochib berishlik mos ravishda davlatning 
qonunchilik hujjatlari va jamoatchilik (o‗zini o‗zi 
tartiblashtiruvchi tashkilotlar) me‘yorlari asosida 
amalga oshiriladi. Ammo, bu usullarning ichida eng 
ustuvori va zaruri administrativ usul hisoblanadi, 
chunki jamoatchilik me‘yorlari davlat qonunlariga 
to‗liq asoslanadi.


159 
Informatsion 
shafffoflikni 
ta‘minlashga 
asoslangan 
tartiblashtirish 
konsepsiyasiga binoan moliya bozorining barcha qatnashchilarini har qanday 
faoliyati va natijalari sifat darajasida oshkora qilinishi zarur.
Shu munosabat bilan tranparentlilikning sifat mezonini moliya bozorining 
barcha qatnashchilariga nisbatan qo‗llash mumkin, ya‘ni qatnashchilarning 
transparentlilik darajasi (ya‘ni adekvat informatsion transparentililik) A(T)
Q
uning 
barcha operatsiyalari va ularga oid informatsiyalar sonining bir-biriga tengligi, o‗zaro 
adekvatliligi (to‗g‗riligi, aniqligi, o‗z vaqtidaliligi, ishonchliligi) bilan belgilanadi. 
Mos ravishda bu kriteriy (mezon) quyidagicha ifodalanadi:
min A(T)
Q
 = A
T
(qonun bilan va moliya bozori tomonidan o‗rnatilgan
tartibga talab qilinadigan informatsiyalar soni va sifati miqdori ko‗paytmasi) – A
R
(qatnashchi tomonidan real ta‘minlab berilgan informatsiyaning soni va sifati miqdori 
ko‗paytmasi). 
Bunda informatsiyaning sifat miqdori qatnashchining moliya bozoridagi 
imidjini tashkil etuvchi va holati sifatini belgilovchi iqtisodiy (moliyaviy), korporativ 
boshqaruvi, moliyaviy instrumentlari va boshqa ko‗rsatkichlari asosida baholanishi 
mumkin bo‗lgan rentingi va/yoki reytingi yordamida ifodalanadi. Informatsiyalar 
soni esa qatnashchi tomonidan berilishi lozim bo‗lgan hisobotlar va ma‘lumotlar 
miqdoridan kelib chiqadi. 
Ta‘kidlash joizki, umuman olganda, ideal holatda mamlakatdagi 
investorlarning faollilik darajasi (F), ya‘ni (5.2 paragrafga qaralsin):
min F = SV (investitsiya sifatidagi jamg‗arma hajmi va investitsiyalar likvidliligi 
ko‗paytmasi) – PI (investitsiyalarning bozor narxi va iqtisodiyot uchun zarur bo‗lgan 
investitsiyalar hajmi ko‗paytmasi) qatnashchilarning transparentlilik darajasiga 
(A(T)
Q
) nisbiy miqdorda teng bo‗lishi lozim.
Agar bunday tenglik ta‘minlangan bo‗lsa, unda mamlakat moliya bozoridagi 
investitsion muhit adekvat hisoblanadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin