O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

 
2. Jаhоn mоliyabozori muаmmоlаri 
1. Minoritar aksiyadorlar ulushlari kamayishi hisobiga yirik aksiyadorlar paydo 
bo‗lishi, natijada investitsiyalar sifatidagi moliyaviy resurslar jalb qilinishi susayishi 
kuzatilmoqda. Chunki yirik investorlar korporativ manfaatlari ila kompaniyalarda 
ustuvor mavqeni egallab, tashqi portfel investitsiyalar oqimiga to‗sqinlik qiladilar, bu 
esa yangi emissiyalarga (ayniqsa IPO mexanizmini joriy qilinishini) yo‗l bermaydi, 
listing darajasidan uzoqlashtiradi, qimmatli qog‗ozlarning ochiq birlamchi va 
davomiy uzluksiz ikkilamchi bozori rivojiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi.
2. 
Bank 
tizimi 
modeli 
anglo-sakson 
modelidan 
farqli 
ko‗proq 
Germaniyadagiga o‗hShash modelga asoslanganligi banklarni moliya bozor-larida 
to‗liq qonli investitsion va kredit operatsiyalarning tashabbuskori va katalizatori 
sifatida faollik qilishiga to‗sqinlik qilmoqda.
3. Sug‗urta tizimi hali yaxshi rivojlanmaganligi va investitsion resurslari 
kamligi, hamda fond bozorida to‗g‗ridan to‗g‗ri portfel investitsiyalar bilan 


155 
shug‗ullanmaganligi sabali, ular na korporativ boshqaruv tizimida, na birlamchi va 
ikkilamchi bozorlarda faolligi sezilmayapti.
4. Budjetdan tashqari fondlar faqat davlat qimmatli qog‗ozlariga investitsiyalar 
qilish bilan cheklanganlar, aksiyalar bozori ular 
uchun juda riskli.
5. Investitsiya institutlari, ayniqsa investitsiya 
fondlari va kompaniyalarning investitsion resurslari 
hajmi va menejmenti sifati juda past, ular asosan 
xususiylashtirish mexanizmi omili ta‘siri ostida 
qolganlar.
6. 
Nisbatan 
ko‗p 
vaqt 
davomida 
xususiylashtirilgan 
kompaniyalarda 
davlatning 
ihtiyorida aksiyalarning yirik paketlari turib qolganligi va ularda korporativ 
boshqaruv va menejment (moliyaviy, administrativ va strategik) tizimi samarasiz 
qolganligi (unda asosan davlatning ishonchli vakillari sifatida davlat organlari 
xizmatchilari va ishonchli boshqaruvchi kompaniyalar davlat nomidan qatnashganlari 
samarasiz bo‗lganligi), natijada restrukturizatsiya samarasiz amalga oshirilib, 
modernizatsiya qilinmay moliyaviy ahvoli borgan sari yomonlashib borganligi sabali, 
davlat resurslarining ko‗p qismi strategik va spekulyativ portfel investorlarga sotilishi 
qiyin bo‗lib kelmoqda, sotilsa ham yirik investorlarga ketmoqda, natijada salbiy 
holatlar yuzaga kelmoqda. Bunda banklar va boshqa moliya institutlarining 
investitsion faolligi sezilmay kelmoqda, xususiylashtirish organi esa hozirda ko‗p 
mamlakatlarda samara berayotgan IPO mexanizmini qo‗llash asosida davlat 
resurslarini samarali joylashtirishni joriy qilmayaptilar.
Kаpitаlni jаlb qilish hаmdа kоrхоnаlаr, mоliyaviy institutlаr vа аhоlining эrkin 
mаblаg`lаrini Jоylаshtirishning muqоbil mаnbаi сifаtidа mоliya bоzоrini 
rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn O`zbеkistоn Реspublikаsi mоliya bоzоrini o`rtа muddаtli 
vа uzоq muddаtli istiqbоldа rivоjlаntirish kоnsеpsiyasini ishlаb chiqish
30

30
http://strategy.regulation.gov.uz/uz/document/table/3


156 
7. Xususiy mulkchilik tizimi va unga tayangan biznes yaxShi rivolanmay 
sustligicha qolmoqda. Bunda Ernando de Soto hulosa va ta‘kidlari o‗z tasdig‗ini 
topmoqda
31
.
8. Kompaniyalarning bazaviy qimmatli qog‗ozlari jalbdor va tovar bozorida 
raqobatbardosh bo‗lmaganligi, davomiy uzluksiz barqaror ikkilamchi (spekulyativ) 
bozor yo‗qligi sababli, bazisli qimmatli qog‗ozlar (derivativlar) bozori shakllanishiga 
yo‗l bermayapti.
9. Banklar va turli kompaniyalarda emission, dividend va investitsion 
siyosatlari menejmentining uyg‗unlikdagi optimal balansiga erishish masalasiga 
ahamiyat berilmasdan kelinmoqda, natijada ular ichki va tashqi resurslarni samarali 
jalb qila olmayaptilar.
10. Davlat regulyativ institutlarining ko‗p sonligi va tartiblash-tirish 
mexanizmlari bir-birlari bilan bir muncha nomutanosiblikda bo‗lganligi (ularni 
uyg‗unlikda birlashtiradigan bir butun yagona umummilliy makroregulyator yo‗qligi) 
sabali, moliya bozori umuman olganda iqtisodiyotdagi o‗z funksiyasini to‗liq va 
samarali barishi qiyin kechmoqda, bunda esa bozor qatnashchilari o‗z vazifalarini 
bajarishga to‗liq qodir bo‗lmaganicha qolmoqdalar.
11. Davlat qimmatli qog‗ozlari turlari va hajmi nisbatan kamligi, ular bilan 
bog‗liq operatsiyalarning sustligi, Markaziy bankning ochiq moliya bozorlaridagi 
operatsiyalari sezilarli emasligi moliya bozorini rivojlanishiga to‗sqinlik qilmoqda. 
Bundan tashqari mahalliy hokimiyatlar tomonidan munitsipal obligatsiyalar 
chiqarilmasligi qo‗shimcha investitsion resurslar manbasidan foydalanmaslikka olib 
kelmoqda.
Jаhоn mоliya bоzоri tоr mа‘nоdа fоnd bоzоri, ya‘ni qimmаtli qоg`оzlаr bilаn 
оpеrаtsiyalаr bоzоridir. vаlyutа bоzоrlаri (shu jumlаdаn еvrоvаlyutаlаr bоzоri); 
31
Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем 
остальном мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с.


157 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin