149
tushunchasining shakli va mazmuniga mosroq kelishi mumkin. Agar,
har qanday
milliy moliya bozorni faqat alohida olingan shahar yoki rayon megapolisi ichida
emas, balki bir butun mamlakat doirasida, o‗ta rivojlangan moliya bozorlarini esa
jahon miqyosida faoliyat
yuritishini hisobga olsak, unda mos ravishda
―makroregulyator‖ va ―metaregulyator‖ terminlari va tushunchalarini qo‗llanilishi
to‗g‗riroq ekanini payqab olish qiyin emas. Ammo, ta‘kidlash o‗rinliki, fikrimizcha,
mavjud ilmiy manbalarda milliy moliya bozorlariga nisbatan qo‗llanilgan
―megaregulyator‖ tushunchasi
mazmunan qo‗llanilishi
bo‗yicha
bizning
―makroregulyator‖ terminimiz bilan bir hil ma‘noni anglatadi.
Makroregulyator – milliy moliya bozorini tartiblashtirishning alohida
ko‗rinishda tuzilgan tashkiliy-huquqiy shakli bo‗lib,
moliya bozorini samarali
muvozanatlashtiruvchi mexanizm sifatida faoliyat yurituvchi murakkab siyosiy-
iqtisodiy-huquqiy-ijtimoiy bozor mexanizmi bilan ta‘minlangan moliya bozorini
umummiliy darajada kompleks tartiblashtirilishini va rivojlanishini ta‘minlovchi
murakkab tuzilmali tizimdir.
Jahon amaliyotida mavjud makroregulyatorlarni shartli ravishda ikki katta
guruhga ajratish mumkin:
- faqat (yoki ko‗proq) nazorat funksiyalarini bajaruvchi makroregulyatorlar.
Masalan, bundaylari Yaponiyada 1998-yildan (
Financial Supervisory Agency),
Janubiy Koreyada 1998-yildan (
Financial Supervisory Comission);
- ham nazorat, ham me‘yorlashtiruvchi (tartib-qoidalarni o‗rnatuvchi)
funksiyalarni bir vaqtning o‗ziga amalga oshiruvchi makroregulyatorlar. Masalan,
bundaylari Buyuk Britaniyada 1997-yilda (
Financial Services Autority), Avstraliyada
1998-yilda (
Australian Securities and Investments Comission, Australian Prudential
Regulation Autority).
Makroregulyator tendensiyasini paydo bo‗lishi
munosabati bilan moliya
bozorini tartiblashtirishning kamida ikkita modelini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Bularning har bir ma‘lum bir ijobiy tomonlarga va kamchiliklarga ega.
Makroregulyatorlarning bir-biridan farq qilishi esa dunyoda hanuzgacha
absolyut bir hil bo‗lgan moliya bozorining davlat tartiblashtirish tizimi yo‗qligi bilan
150
belgilanadi. Lekin bu holat barcha mamlakatlarda makroregulyator konsepsiyasini
qo‗llash mumkin emas degan fikrga olib kelmasligi lozim. Ammo, bunda barcha
makroregulyatorlarni
o‗zaro
garmonizatsiyalashtirish
muammosini
esdan
chiqarmaslik zarur
25
.
O‗zbekistonda makroregulyatorni tuzish kelajakda
moliyaviy globallashuv
jarayonlariga osonroq va to‗liq qo‗shilish imkonini berishi mumkin bo‗lib, jahonda
rivoj topib borayotgan quyidagi iqtisodiy tendensiyalar va nazariy konsepsiyalar bilan
belgilanadi:
- moliya institutlar va ular instrumentlarining universallashuvi;
- moliya bozorlarining turli segmentlarida faoliyat yurituvchi moliyaviy
konglomeratlarni tashkil topishi;
- moliya institutlarining bir-birlari o‗rtasida o‗zaro
moliyaviy instrumentlar
bilanalmashinishi;
- milliy regulyativ normalarning o‗zaro unifikatsiyalashuvi, standartalashuvi va
moslashuvi yo‗li bilan milliy moliya bozorlarning internatsionallashuvi va
globallashuvi,
moliya
bozorlari
qatnashchilari
faoliyatining
informatsion
transparentliligi va risksizlilik darajalarini ortib borishi;
-moliyaviy instrumentlarning diversifikatsiyalanishida Internet-moliyaviy
biznesni jadal rivojlanishi;
- moliya bozorlari industriyasi sifatini boshqarishning kompleks tizimlarini
shakllanishi
26
;
- moliya sohasida finansometrika (sekyurimetrika)
27
va
moliya injiniringini
jadal
rivojlanishi
28
,
ularning
asosida
banklarnikiga
o‗hShash moliyaviy
mahsulotlarning va sekyuritizatsiyalashgan aktivlarning hajmini tez oshib borishi;
- umuman olganda umumjahon miqyosida globallashuv jarayonlarini
jadallashuvi bilan bog‗liq boshqa hodisa va voqeliklar.
25
Davies Howard, Chairman, Financial Services Authority. The Single Financial Market in Five Years Time: How Will
Regulation Work?//Brussels: Speech 20 March, 2000.
26
Шохаъзамий Ш.Ш. Качество индустрии рынков: финансового и ценных бумаг.-Т.: ТФИ, 2004.-138
с.
27
Шохаъзамий Ш.Ш. Основы секьюриметрики.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-376 с.
28
Шохаъзамий Ш.Ш. Основы финансового инжиниринга.-Т.: Iqtisod-moliya, 2005.-264 с.