143
O‗zbekistonda
investorlar, qimmatli qog‗ozlar bozorining professional
qatnashchilari va ularning mijozlari manfaatlarini himoya qilish maqsadida nodavlat
va notijorat tashkilotlar tarzida qimmatli qog‗ozlar bozorining professional
qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) tashkil etilishi mumkin.
Qimmatli qog‗ozlar bozorining professional
qatnashchilari birlashmasi
(assotsiatsiyasi) qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat
organiga o‗zining ta‘sis hujjatlarining nusxalarini taqdim etadi, shuningdek
belgilangan muddatda qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli
davlat organiga o‗zining faoliyatini amalga oshirishda
tasdiqlangan nizom va
qoidalarini taqdim etadi.
Birlashma (uyushma)ning barcha daromadlari u tomonidan faqat ustav
vazifalarini bajarish uchun sarflanadi hamda qatnashchilar o‗rtasida taqsimlanmaydi.
Bunday birlashmalarni (assotsiatsiyalarni) o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish
(O‗O‗M) tashkilotlari deb yuritiladi.
O‗O‗M tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
- qonun hujjatlari asosida va muvofiq o‗z
qatnashchilarining qimmatli
qog‗ozlar bozorida faoliyat yuritishning yagona qoidalarini, shuningdek ularning
kasbiy etikasi qoidalarini ishlab chiqish;
- qimmatli qog‗ozlar bozorida professional faoliyatni
amalga oshirish uchun
maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish mumkinligi to‗g‗risidagi tavsiyaviy
xulosalar berish, qimmatli qog‗ozlar bozoriga oid qonun hujjatlari buzilgan xollarda
bunday ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) amal kilishini to‗xtatib turilishi,
tugatilishi
yoki bekor qilinishi bo‗yicha iltimosnomalar kiritish;
-
qimmatli
qog‗ozlar
bozorining
professional
qatnashchilarining
mutaxassislarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish;
- o‗z a‘zolari o‗rtasida nizo va kelishmovchiliklarni xal qilish qoidalarini
o‗rnatish.
Qimmatli qog‗ozlarga oid qonun hujjatlarini O‗O‗M tashkilotining a‘zosi
tomonidan
buzilishi aniqlansa, u darxol bu xaqda qimmatli qog‗ozlar bozorini
tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organiga ma‘lum qilishi shart.
144
Investorlar va o‗zining a‘zolari manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‗O‗M
tashkiloti davlat boji to‗lamasdan sudga da‘volar bilan murojaat qilishi mumkin.
Jahon tajribasidan ma‘lumki
23
, O‗O‗M tashkilotlari o‗zlarining samarali
regulyator ekanligini tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: