O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish institutlari va ularning 
o„zaro bog„liqlikdagi faoliyati 
Tartiblashtirish institutlari tizimi 
Turli mamlakatlarda moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun 
bosh va eng asosiy institutlar bo‗lib faqat davlat moliya organlari va yoki hukumat 
tomonidan vakolat berilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Masalan, Germaniya, 
Avstraliya, Kanada, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va 
Ispaniyada hukumat organlari yoki qonun bilan nazarda tutilgan muassasalar. 
Xususan, Kanadada qimmatli qog‗ozlar bozori provintsiyalar organlari tomonidan 
tartiblashtiriladi, Yaponiyada esa avval Moliya vazirligida bo‗lgan, hozirda alohida 
bo‗lgan moliyaviy xizmatlar Agentligi (makroregulyator funksiyasini bajaradi va 
unga qimmatli qog‗ozlar va birja savdolari ustidan nazorat bo‗yicha Komissiya 
bo‗ysunadi), AQShda qimmatli qog‗ozlar va birjalar bo‗yicha Komissiya
Avstraliyada – qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha Komissiya, Belgiyada - bank va moliya 
Komissiyasi, O‗zbekistonda – Davlat mulki Qo‗mitasi qoshidagi qimmatli qog‗ozlar 
bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi va h.k.
Boshqa bir mamlakatlarda esa vakolatli maxsus davlat tartiblashtirish organlari 
bilan birga moliya bozori professional qatnashchilari-ning ihtiyoriy tarzda birlashgan 
nodavlat notijorat tashkilotlari bo‗lgan o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar 
(O‗O‗M) namoyon bo‗ladi. Lekin bunday mamlakatlarda O‗O‗M tashkilotlar moliya 
bozorida ma‘lum bir tartiblashtirish funksiyalarini bajarish uchun vakolatli davlat 
tartib-lashtiruvchi organi tomonidan akkreditatsiyalanib ruhsat beriladi.
AQSh misolida O‗O‗M tashkilotlar na faqat o‗zini o‗zi muvofiq-lashtiruvchi 
funksiyalarni, balki bozorni tashkillashtirish funksiyasini ham bajaradi. Xususan, 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha dilerlarning Milliy assotsiatsiyasi O‗O‗M tashkilot 
sifatida tuzilgan bo‗lib, unga birjadan tashqari bozor va uning elektron savdo 
tizimlari (masalan, NASDAK) biriktirilgan. AQSh fond birjalari esa O‗O‗M 
tashkilotlari maqomini olganlar. Bunday model Rossiyada ham qabul qilingan 
(quyidagi juftliklar misolida: MMVB – NFA, RTS – NAUFOR).

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin