ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019
Tartiblashtirish institutlarining o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati Umuman olganda, qaysi mamlakatda ham davlat, ham O‗O‗M tashkilotlar
tartiblashtirish tizimini tashkil etsa, bu institutlar moliya bozorida bir-birlari bilan
demokratik tamoyil asosida uzviy bog‗liqlikda bozorni samarli muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi. Bu institutlarning o‗zaro bog‗liqligi quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
- milliy bozor ikkala institut uchun ham bir butun bo‗lganligi va undagi
ularning manffatlari davlat (halq, jamoatchilik) manfaatlaridan kelib chiqadi;
- moliya bozori alohida yuqori darajada tashkillashgan murakkab iqtisodiy-
huquqiy munosabatlar tizimi bo‗lganligi va unda turli hil qatnashchilar va davlatning
o‗zaro manfaatlari ba‘zan konflik hollarda bir-biriga mos kelavermasligi sababli
davlat va professional qatnashchilar manfaatlarining optimal balansini samarali
ta‘minlash zarurligi;
- moliya bozori turli omillarga ta‘sirchan bo‗lganligi sababli krizislar vujudga
kelishi va bu krizislardan chiqish uchun ham davlatning, ham bozorning boshqa
qatnashchilarining kuchlarini operativ safarbar qilish zarurligi;
- moliya bozori faoliyat mexanizmi faqat uning barcha qatnashchilari
tomonidan uyg‗unlikda harakatga keltirilishi mumkinligi;
- moliya bozoriga oid ishlab chiqilgan qonun hujjatlari loyihalarini bozor
professionallari, emitentlar va investorlar o‗rtasida muhokama qilib amaliyotga
kiritish maqsadga muvofiqligi;
- moliya bozorini faqat davlat tomonidan tartiblashtirish bilan bog‗liq sarf-
harajatlarning kattaligi va h.k.
23
А.Рот, А.Захаров, Б.Златкис, Я.Миркин, Б.Борн, Р.Бернард, П.Баренбойм, А.Хит. Основы
государственного регулирования финансового рынка.-М.: Юридический Дом «Юстицинформ»,
2003.-бб.240-259.