O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Qimmatli qog„ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

4. Qimmatli qog„ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat 
qilishning jahon amaliyoti 
Qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirishning jahon amaliyoti fond bozorini 
muvofiqlashtirish va fond qonunchiligi ijrosini nazorat qilinishi tizimi bo‗yicha 
tashkillashtirish modellarining turliligini ko‗rsatadi (9.1 va 9.3 paragraflarga 
qaralsin). Jahon amaliyotida eng ko‗zga ko‗ringan ba‘zi regulyatorlarni ko‗rish bilan 
chegaralanamiz, chunki boshqa ko‗pchiligi ularning u yoki bu jihatlarini o‗z ichiga 
olgan. Amerika Qo‗shma shtatlari qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish 
tajribasi 
Jahon amaliyotida mumtoz hisoblangan AQSh modeli hozirda boshqa 
mamlakatlardagi 
tartiblashtirish 
tizimi 
modellariga 
qaraganda 
nisbatan 
samaralilaridan bo‗lib kelmoqda.
AQSh modeliga ko‗ra, ―Qimmatli qog‗ozlar muomalasi to‗g‗risidagi‖ qonunga 
binoan 1934-yilda tuzilgan ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar bo‗yicha Komissiya‖ 
(quyida qisqacha Komissiya deb yuritamiz) fond bozorining bosh regulyatori 
hisoblanadi. Komissiya bir vaqtning o‗zida ham nazorat va ham qonuniy tartib-
qoidalarni o‗rnatuvchi davlat organi funksiyasini bajaradi.
Bundan tashqari Komissiya federal sudlarni maslahatchisi hamdir.
Komissiya har yili Kongressga qimmatli qog‗ozlarga oid qonunlarni bajarilishi 
to‗g‗risida hisobotiy ma‘ruza taqdim etadi.
Komissiya rahbariyati 5 kishidan iborat bo‗lib, ularning har biri 5 yillik 
muddatga AQSh Prezidenti tomonidan Senat bilan kelishilgan holda tayinlanadi. 
Komissiya raisi Prezident tomonidan tayinlanadi. Komissiya a‘zolarining vakolati bir 


147 
muddatda (kunda va yilda) tugamaydi, balki har birining vakolat muddati 
boshqalarinikiga nisbatan bir yil oraliq bilan yilning 5 iyunida tugaydi, ya‘ni 5 yil 
o‗tishi bilanoq (ohirgi yilning 5 iyunida) bir a‘zoning vakolati tugaydi. 
Komissiyaning uch a‘zosidan ko‗pi bir siyosiy partiyaga taaluqli bo‗lishi mumkin 
emas. Komissiyaning shtati bo‗lim va boshqarmalardan (jumladan, 11 regional va 
okrug boshqarmalaridan) iborat bo‗lib, boshliqlari Rais tomonidan tayinlanadi. shtab-
kvartirasi Vashingtonda joylashgan.
Yaponiya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi 
1948-yilda ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar to‗g‗risidagi‖ qonunga binoan 
AQSh modeliga o‗xshash Moliya vazirligi huzurida, lekin ma‘lum darajada undan 
holis va hukumat organi maqomiga ega bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar va birjalar 
bo‗yicha Komissi‖ tashkil etilgan.
1964-yilda komissiya negizida Moliya vazirligi tarkibida maxsus Byuro 
tashkil etilib, uning ichiga quyidagi olti bo‗lim kirgan: Muvofiqlashtiruvchi, 
kapitallar bozori, aksiyadorlik jamiyatlari moliyasi, qimmatli qog‗ozlar savdosi 
bozorlari, fond faoliyati, nazorat bo‗limlari. Bulardan tashqari Byuro tarkibida 
nisbatan mustaqil bo‗lgan quyidagi tuzilmalar faoliyat yuritgan: fond bozori bo‗yicha 
Kengash, buxgalterlik hisob bo‗yicha Kengash, sertifikatsion davlat imtihoni 
Komissiyasi.
Joylarda nazorat faoliyatini amalga oshiruvchi 9 moliyaviy byuro, 40 moliya 
bo‗limlari va Okinavani rivojlantirish Agentligining umumiy byurosi bo‗lgan.
1992-yilda Byuroning o‗rniga makroregulyator sifatida moliyaviy xizmatlar 
bo‗yicha Agentlik tuzilgan.
Germaniya qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish tajribasi 
1995-yilda ―Moliya bozorini rivojlantirishga ko‗maklashish to‗g‗risidagi‖ 
qonunga binoan federal regulyativ organ bo‗lgan ―Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha 
Komissiya‖ tuzilgan. Bu organga parallel holda Frankfurt fond birjasida ―Stats-
komissariat‖ tashkil etilgan bo‗lib (bu organni stats-komissar boshqaradi), bu organ 
birjalar faoliyatini tartiblashiradi (Shunga o‗hShash organ Lyuksemburgda ―Birjaviy 


148 
kuzatuv kengash‖ bo‗lib, u yagona va bosh regulyator hisoblanadi). Bunga 
qaramasdan, Komissiya rasmiy ravishda bosh regulyator hisoblanadi.
Ammo, Germaniyada bozorning professional qatnashchilari banklar bo‗lgani 
uchun, bozorni tartiblashtirishda asosiy rolni ―Banklar ustidan Federal nazorat 
palatasi‖ o‗ynaydi. Aynan shu federal organ fond bozorining barcha qatnashchilari 
faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. shunga o‗hShash banklarning 
regulyativ organi (Bank inspeksiyasi) shvetsiyada mavjud bo‗lib, bu organ qimmatli 
qog‗ozlar bozorida yagona va bosh regulyator hisoblanadi.
Shunday qilib, Germaniyada biramasiga bir nechta regulyator mavjud.
Hozirda AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va ba‘zi boshqa 
davlatlarning qimmatli qog‗ozlar bozorini tartiblashtirish organlari vakillari 
tomonidan qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalar ustidan nazorat qilish 
bo‗yicha millatlararo organ tuzish masalasi ko‗rilmoqda, ajab emas yaqin kelajakda 
bunday xalqaro regulyator paydo bo‗ladi.
Bu borada xalqaro tashkilotlarning xizmati katta (6.5 paragrafga qaralsin). 
Misol tariqasida MVF, Jahon banki, XMK, IOSCO, IHRT (6.5 paragrafdagi Xalqaro 
o‗ttizlik guruhi tavsiyalariga qaralsin).
Bunda IOSCO tashkiloti tomonidan tavsiya qilingan regulyatorlarning 
ikkilamchi bozorlarga nisbatan qo‗yiladigan talablarini keltirish o‗rinli24.
Ko‗rinib turibdiki, bu talablarning barchasi savdo tizimlarida transparentlik, 
samaralilik, ishonchlilik va risksizlilik darajasini oshirishga qaratilgan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin