O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellari



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

3. Moliya bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish modellari 
Tartiblashtirish tizimlarini yana quyidagi belgilar bilan ham tasniflash 
mumkin:
Pog„onalariga ko‗ra tartiblashtirish global ko‗p (5) pog‗onali (bir-biri bilan 
bog‗liq tartiblashtirishning xalqaro, milliy, regionallararo, regional va munitsipal 
pog‗onalari) va milliy ko‗p pog‗onali (federal, regional, munitsipal pog‗onalar) 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish modeli ko‗rinishida bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirish usullari bo‗yicha – administrativ, indikativ (makroiqtisodiy), 
makroregulyatorli (9.5 paragrafga qaralsin) va gibrid (aralash) usullariga asoslangan 
modellar. Bu modellarda moliya bozoriga umumiqtisodiy darajadagi bilvosita 
(kredit-pul, budjet-soliq, ijtimoiy, valyuta, xususiylashtirish va h.k. siyosatlar 
negizida) va bevosita (administrativ) ta‘sir ko‗rsatishga asoslangan bo‗lishi mumkin.
Tartiblashtirishning milliy tizimini tashkillashtirishda qabul qilingan 
yondashuvlari bo‗yicha – hukumat tomonidan to‗g‗ridan to‗g‗ri tartiblashtirish 
(masalan, Irlandiya, Niderlandi, Portugaliya), moliya va bank tizimlarini 
regulyatorlari bo‗lmish organlar tomonidan tartiblashtirish (masalan, Belgiya, 
Daniya, Yaponiya, Qozog‗iston), maxsus tuzilgan vakolatli davlat tashkiloti 
tomonidan tartiblashtirish (masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, 
Ispaniya va h.k.), vakolatli davlat organlari va O‗O‗M tashkilotlari bilan birgalikda 
tartiblashtirish modellari. 
Manfatlarni himoyalanishi bo‗yicha – davlat manfaatlariga (Pokiston, Eron), 
yirik (strategik) investorlar manfaatiga (Germaniya, Fransiya, Belgiya va h.k.), 
minoritar (mayda) investorlar manfaatlariga (anglo-sakson), aralash manfaatlarga 
qaratilgan tartiblashtirish modellari.
Iqtisodiy tuzum shakli bo‗yicha – ochiq (barcha industrial hamda ko‗pchilik 
rivojlanayotgan mamlakatlar) va yopiq (Eron, Pokiston va shu kabi yopiq ravishda 
rivojlanayotgan davlatlar) iqtisodiyot modellariga asoslangan tartiblashtirish 
modellari.
Moliya bozori modellari bo‗yicha – mumtoz (anglo-sakson), kontinental 
(asosan germancha), yaponcha-koreyscha, islomiy (Indonezii, Malayziya, Pokiston 


146 
va h.k.), aralash modellarga (3.3 va 3.4 paragraflarga qaralsin) asoslangan 
tartiblashtirish modellari.
Jahon 
amaliyotidagi 
moliya 
bozorlarini 
tartiblashtirish 
modellari 
samaradorliligini 1-chi, 2-chi va 3-chi ilovalarda keltirilgan natijaviy analitik 
ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin. Aytish mumkinki, ushbu ma‘lumotlar asosida turli 
mamlakatlarda qabul qilingan tartiblashtirish modeli faoiyati sifatiga baho berish 
mumkin.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin