140
bog‗liq barcha munosabatlarini tizimli tarzda samarali rivojlantirish maqsadida
vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtiruvchi organlar tomonidan o‗rnatilgan
unga oid me‘yorlar majmuasiga mos ravishda muvofiqlashtirish va nazorat qilishning
tartibli jarayonini. Vakolatli davlat va o‗zini o‗zi muvofiqlashtirish institutlari ushbu
bobning 2 paragrafida yoritilgan.
Moliya bozorini davlat tomonidan tartiblashtirish –
moliya bozori-ning
rivojlanish tendensiyalarini makromoliyaviy darajada, undagi uning qatnashchilari
faoliyatini esa mikromoliyaviy darajada mamlakatda o‗rnalilgan qonununchilik
me‘yorlari doirasida belgilangan tartibda muvofiqlashtirish va nazorat qilish jarayoni.
Bu jarayonga davlat o‗zining tanlab olgan rivojlanish modeli va tamoyillari, undagi
maqsad va vazifalariga mos ravishda me‘yoriy tartiblashtiruvchi ta‘sir ko‗rsatish
asosida davlatning moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiradi.
Davlatning bunday ta‘siri o‗z ichiga huquqiy, iqtisodiy, administrativ, ijtimoiy,
informatsion, texnik va h.k. usullarning keng diversifikatsiyalashgan majmuini oladi.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning bosh maqsadi – moliya bozorini
tizimli ravishda samarali
tartiblashtirish asosida milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat
moliya bozori orqali:
-iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni
va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
-davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;
- moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;
- moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.
Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy
manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini
tartibli rivojlantirish na
faqat vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha
qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. Shu sababli moliya bozorini davlat
tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha
qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan
iboratdir.
141
Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida
davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya
doirasida moliya bozori
faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha
qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi asosida rivojlanishini
ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va
qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va
shaffofliligini qonunchilik
bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda
ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
Yuqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha komissiyalarning Xalqaro
tashkiloti (
International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan
1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish
maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan
umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan:
―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga
ko‗maklashishi
zarur‖,
buning
asosida
qimmatli
qog‗ozlar
bozorini
tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:
1. Investorlarni himoyalash (manipulyatsiya, tovlamachilik va insayderlik
hollardan).
2.
Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda
qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish).
3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar industriyasida risklarni
samarali boshqarish).
Vakolatli tartiblashtiruvchi institutlar qonun va qonunosti hujjatlarni
amaliyotga joriy qilib moliya bozori tomonidan ularga rioya qilinishini ta‘minlaydi.
Bu
hujjatlarning
ishlashi
chog‗ida
vakolatli
institutlarning
vazifasi
qonunbuzarliklarni aniqlash,
profilaktikasini olib borish, o‗rnatilgan me‘yorlar
doirasida tekShiruvlar o‗tkazish, ulardan og‗ishlarni aniqlab belgilangan tartibda
choralar ko‗rish.