5. Investitsion portfelni baholash va boshqarish asoslari
Portfelni baholash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Bozor narxini (bahosini) aniqlash (fixing):
- birja narxlarini (yopilishi bo‗yicha);
- birjadan tashqari bozor operatorlarining narxlarini;
- bozor animatorlari (market-meykerlar) yoki brokerlarning narxlari:
- minimum 5 manbadan;
- oddiy o‗rtachalari;
- o‗rtacha kvotirlanib vaznlashtirilganlari.
Portfellarni boshqarishda ularni monitoringini o‗tkazish katta ahamiyatga ega.
Uni o‗tkazishning tartibi quyidagilardan iborat:
1. Professional institut (boshqaruvchi) bilan monitoring o‗tkazish
to‗g‗risidashartnoma tuzish.
Portfelni aktiv (faol) boshqarish bo‗yicha monitoring shartnomasi katta
harajatli
bo‗lib,
portfelni
boshqaruvchi
hisobidan
tahliliyshakllantirib
boshqarishni o‗z ichiga oladi.
Portfelni passiv boshqarish bo‗yicha monitoring shartnomasi o‗z ichiga
mijoz topShirig‗iga assosan va hisobidan portfelni tahliliy shakllantirib
boshqarishni oladi. uchun komission rag‗bat pulini mijoz bilan kelishilgan
miqdorida oladi.
2. Uzluksiz tahlilni quyidagilar bo‗yicha amalga oshirish:
• fondbozorini, uning segmentlarini va rivojlanish tendensiyalarini;
• emitentlarning moliyaviy-iqtisodiy ko‗rsatkichlarini;
137
• qimmatli qog‗ozlarning investitsion sifatlarini.
Monitoringning maqsadi– qabul qilingan portfel turiga mos keluvchi
investitsion hossali qimmatli qog‗ozlarni tanlash.
Monitoring – portfelni aktiv va passiv kuzatish, tahlil qilish va shakllantirib
boshqarishning asosi, investitsion daromadlarni prognoz qilish, qimmatli
qog‗ozlar bilan bog‗liq operatsiyalarni jadallashtirish
3. Monitoring natijalari va portfel turiga ko‗ra boshqarish taktikasini
(strategiyasini) tanlash. Samarali taktikani tanlash ko‗pdan menejerning san‘atiga
bog‗liq.
4. Monitoring to‗g‗risidagi shartnoma bo‗yicha hisobot tayyorlash va
monitoring tahlil natijalari bo‗yicha takliflar berish.
Fond bozorining tez o‗zgaruvchanligi va turli omillarga ta‘sirchanligi sababli
portfelni boshqarishda uni optimallashtirish katta ahamiyatga ega. Portfel tuzilmasini
yaxShiilash bo‗yicha likvidlilik, daromadlilik va risk darajasi o‗rtasidagi chegarani
topishda optimallashtirish qo‗llaniladi. Hozirda portfelni optimallashtirish uchun turli
modellar qo‗llaniladi, masalan, Markovitts, Sharp, Blek-Shouls, ART va
boshqalari
22
.
Optimal portfelni tanlash ketma-ketligi quyidagilar:
1) Portfelni optimallashtirish bo‗yicha monitoring to‗g‗risida shartnoma tuzish.
2) Monitoringo‗tkazish.
3) Optimallashtirish modelini tanlash.
4) Portfelni boshqarish bo‗yicha qaror qabul qilish maqsadida monitoring
natijalari bo‗yicha portfel tarkibini optimallashtirish.
5) 8.5.1-8.5.4 formulalar yordamida portfelni qayta ko‗rib chiqish (―Changini
qoqish‖, kerakli qismini yangilash).
6) Yangilangan portfelni qayta monitoringini o‗tkazish va boshqatdan
(yangidan) optimallashtirish (portfelni boshqarish bo‗yicha navbatdagi qarorni qabul
qilish).
7) Monitoring shartnomasi muddatining tugashi bilan hisobot tayyorlab taqdim etish.
22
Шарп У., Александер Г., Бэйли Дж. Инвестиции: Пер.с англ.-М.: Инфра М, 1999.-1028 с.
|