130
Portfelning mazmuni – bir to‗plamga jamlangan qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha
investor uchun qulay va zaruriy investitsion sharoitlarni yaxshilash bo‗lib, unda bu
to‗plamdagi qog‗ozlarda investorning investitsion
siyosati maqsad-vazifasi
doirasida yaratilgan ushbu sharoitlar talablariga javob beruvchi investitsion hossalar
shakllantiriladi. Bunday hossalarni alohida olingan bir turdagi qimmatli qog‗oz
doirasida ta‘minlab bo‗lmaydi, faqat ularning kombinatsiyasidagina shakllantirilishi
mumkin.
Umuman olganda, portfelni shakllantirish, tahlil va monitoring qilish hamda
optimallashtirish asosida tarkibini qayta ko‗rib chiqish jarayonida uning talab
qilingan parametrlariga mos keladigan yangi investitsion sifati hossasiga
erishiladi. Bunda bu jarayonni umuman olganda portfelni boshqarish deb
tushunish mumkin. Investitsiyalar
portfeli shunday instrumentki, uning samarali
boshqarilishi asosida investorni talabi doirasida qoniqarli daromadning barqaror
miqdori minimal risklar darajasida ta‘minlanishi mumkin.
Investitsiyalar portfeli bo‗yicha olinadiga daromadni portfel tarkibiga kirgan
ma‘lum darajada riskli moliyaviy instrumentlar to‗plamidan shakllanuvchi yalpi
daromad deyiladi. shu munosabat bilan har qanday
portfelda daromad va risk
o‗rtasidagi miqdoriy muvofiqligi muammosi vujudga keladi. Bu muammo
portfelni samarali boshqarish evaziga hal qilinadi. Aytish joizki, bu muammoni
yechish uchun lozim bo‗lgan umumiy sxemani tez topish mumkin bo‗lsada, lekin
uni ohirigacha to‗liq yechimiga kelish mumkin emas.
Moliyaviy instrumentlarning
investitsion sifatiga qarab, turli tarkibdagi
portfellarni shakllantirish mumkin. Portfel bo‗yicha investorni qiziqtirgan
daromad va investor uchun qabul qilinishi mumkin bo‗lgan risk o‗rtasidagi
balans darajasiga qarab, portfel turini aniqlash mumkin.
O„suvchan portfel kurs bahosi o‗sib boruvchi kompaniyalar aksiyalaridan
shakllanib, uning maqsadi – dividendlar olish bilan
birga portfelning kapital
bahosini o‗sishi.
131
Agressiv o„suvchan portfel kapitalni maksimal o‗sishiga qaratilgan bo‗lib,
unga asosan yosh, tez o‗suvchan, yuqori riskli, lekin shu bilan birga yuqori
daromadlar keltiruvchi kompaniyalar aksiyalari kiradi.
Konservativ o„suvchan portfel past riskli bo‗lib, o‗z tarkibini asosan yirik,
tanilgan kompaniyalar aksiyalari bilan shakllantiradi. Bunda aksiyalar kurs
bahosi barqaror sur‘atlar bilan o‗suvchan bo‗ladi.
O„rtacha o„suvchan portfel agressiv va konservativ portfellarning omuhtasi
bo‗lib, unga uzoq muddatga olingan ishonchili moliyaviy instrumentlar bilan
birga tarkibi tez (davriy) yangilanib boruvchi riskli instrumentlar ham kiradi.
Bunda o‗rtacha o‗sish va qoniqarli risk darajasi kafolatlanadi.
Daromad portfeli foizlar va dividendlar ko‗rinishidagi yuqori joriy to‗lovlar
olishga qaratilgan bo‗lib, asosan kurs bahosi kamroq o‗suvchan, lekin me‘yor
darajasida riskli va yuqori daromad to‗lovli korporativ qimmatli qog‗ozlardan
tarkib topadi.
Muntazam daromadli portfel riskning minimal darajasida o‗rtacha daromad
keltiruvchi yuqori ishonchli instrumentlardan tarkib topadi.
Daromadli instrumentlardan iborat portfel riskning o‗rtacha darajasida
yuqori daromad keltiruvchi qimmatli qog‗ozlar
va yuqori daromadli
korporatsiyalar obligatsiyalaridan tarkib topadi.
O„suvchan va daromad portfel fond instrumenlarining kurs bahosini tushib
ketishi va kichrayib ketadigan foiz va dividend to‗lovlari sababli fond bozorida
mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni oldini olish uchun shakllantiriladi.
Ikkala manbaga yo„nalgan portfel o‗z egasiga investitsiya qilgan kapitali
bo‗yicha yuqori daromad keltiruvchi aktivlardan tarkib topadi. Ushbu holda ikkal
manbaga yo‗nalgan investitsiya fondlari qimmatli qog‗ozlari
haqida fikr
yuritilmoqda bo‗lib, ular o‗zlarining ikki turdagi aksiyalarini chiqaradi: birinchisi
– yuqori daromad keltiruvchilari, ikkinchisi – kapital kurs bahosi o‗sishini
ta‘minlaydi.
Balanslashtirilgan portfelo‗zida na faqat daromadlarni, balki risklarni ham
o‗zaro balanslashtirilganini nazarda tutadi. Balanslashtirilgan portfellar ma‘lum
132
proportsiyada kurs bahosi o‗suvchi va yuqori daromadli qimmatli qog‗ozlardan
tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: