2. Fond bozorini tartibga solishning huquqiy-iqtisodiy asoslari
Moliya bozorini tarkibiy qismlari xisoblangan pul-kredit, qimmatli qog‗ozlar,
investitsiyalar va boshqa segmenlarda muvofiqlashtirish smiyosatini olib borishda
davlat va o‗z-o‗zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar xamkorligini ta‘minlash muxim
axamiyatga ega. Moliya bozorini asosiy segmenti xisoblangan qimmatli qog‗ozlar
bozoridagi tartiblashtirish xususiyatlari, usullari va elementlarini jaxon tajribasi va
mavjud huquqiy iqtisodiy mexanizm asosida tadqiq etamiz. Qimmatli qog‗ozlar
bozori rivojlanishining tarixiga nazar tashlaydgan bo‗lsak, shunga amin bo‗lamizki,
qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilishning me‘yoriy jarayoni faqat fond bozori
ishtirokchilarining o‗zlari tomonidan yoki davlat tomonidan belgilangan aniq
qoidalar asosda amalga oshadi, shuningdek, ularga rioya etilishi doimiy ravishda
nazorat qilingan hollarda amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotda ushbu shartlarga
rioya etmaganlik makro yo/yoki mikro darajadagi jiddiy okibatlarga, ba‘zan
umumiqtisodiy tanglikka o‗sib boruvchi global moliyaviy fojialarga olib kelganligiga
misollar juda ko‗p. Qimmatli qog‗ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada
bo‗lishi uchun mazkur sohaga oid qonuniy-me‘yoriy hujjatlarni barpo etish hamda
ularni doimiy ravishda takomillashtirib borishni, oddiy fukarodan tortib, to davlat
organlarigacha qimmatli qog‗ozlar bozorining barcha ishtirokchilari tomonidan
qonunchilikka rioya etilishini nazorat kilishni o‗zida uyg‗unlashtiruvchi tizim zarur.
Tizim sarmoyadorlarning qonuniy huquqlarini himoya kilishga va saqlashga
117
yunaltirilishi lozim, chunki aynan ular qimmatli qog‗ozlar bozori ishtirokchilarining
ichida eng zaif hamda ko‗p sonli unsur hisoblanishadi. Ushbu tizimda tanglik xolatini
sog‗lomlashtirishga yoki fond bozori ishtirokchilarining turli qatlamlari o‗rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar tizimida sodir bo‗ladigan nomutanosibliklarni, fond bozori va
bozor
iqtisodiyoti
boshqa
sektorlarining
o‗zaro
aloqalari
sohasidagi
kelishmovchiliklarni
qidirib
topish,
qimmatli
qog‗ozlar
bozoriga
tuzatib
bo‗lmaydigan zararlar keltirishga, mavjud barqarorlikni buzishga qodir bo‗lgan
omillarni o‗rganishga yunaltirilgan chora-tadbirlar qo‗llanishiga alohida o‗rin
berilishi kerak. Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishdan maqsad, qimmatli
qog‗ozlarning bir maromda va xatarsiz muomalada bo‗lishi, qimmatli qog‗ozlar oldi
sotdisi orqali iqtisodiyotga investitsiya qilish uchun sharoitlar yaratish, investitsiyani
amalga oshirishda sarmoyadorlar tomonidan mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni eng kam
holatga keltirish, savdolar tashkilotchilari va fond bozorining professional
ishtirokchilarining barqaror ishlashini ta‘minlashdir. Fond bozorida barqarorlikka
erishgan xolda, davlat bu bilan iqtisodiyotning o‗zini o‗zi tartibga solishi, pul
mablag‗larining bir tarmoqdan boshqasiga oqib kelishi uchun sharoit yaratadi, shu
tariqa xalk xo‗jaligi mustahkamlanadi (qimmatli qog‗ozlar bozorining bir maromda
faoliyat
ko‗rsatishi
iqtisodiyotga samarali ta‘sir ko‗rsatadi). Rivojlangan
mamlakatlarning tajribalari shundan dalolat bermokdaki, qimmatli qog‗ozlar bozorini
tartibga solish nuqtai-nazardan tartibga solishni davlat va professional (ya‘ni maxsus
tashkil etilgan qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilarining
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan) bo‗laklarga bo‗lish eng maqsadga
muvofiq usul sanaladi. Bunday taksimotga muvofiq qimmatli qog‗ozlar bozorini
tartibga solishning bir necha asosiy modellari mavjud.
Birinchi model qimmatli qog‗ozlar bozorining asosan davlat idoralari
tomonidan tartibga solinishini va bunday tartibga solish bo‗yicha vakolatlarning
kichik qismini o‗zini-o‗zi tartibga muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarga berilishini
nazarda tutadi (Fransiyada bu amaliyot qo‗llaniladi).
118
Ikkinchi model, aksincha, fond bozorini tartibga solish bo‗yicha mavkelarning
eng katta hajmini o‗zini o‗zi tartibga soluvchi tashkilotlarga berilishini nazarda tutadi,
bunda davlat faqat asosiy nazorat qilish vakolatlarini saqlab koladi (Buyuk Britaniya
amaliyoti).
Ko‗pchilik xollarda esa birinchi va ikkinchi modellarning uyg‗unlashuvi
ko‗zga tashlanadi. Qimmmatli kog‗ozlar bozorini muvofiqlashtirish jarayonida davlat
quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Qonun chiqarish vazifasi (qimmatli qog‗ozlar bozorini rivojlantirish
konsepsiyasini, uni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish, dasturni boshqarish) —
fond bozoridagi munosabatlar rivojlanishining maqsadi va asosiy yo‗nalishlarini
belgilash, qimmatli qog‗ozlar bozoridagi munosabatlarning tamoyillariga, bozor
infratuzilmalarining faoliyat ko‗rsatishiga, professional ishtirokchilar hamda savdolar
tashkilotchilarining maqomiga, sarmoyadorlar huquq va manfaatlarini himoya
kilishga taallukli asosiy (fundamental) huquqiy me‘yorlarni belgilash.
2.
"O‗yin
qoidalari"
ni
belgilash
(emitentlarga,
sarmoyadorlarga,
professionallarga qo‗yiladigan talablar, operatsiya va hisob andozalarini tasdiklash).
3. Bozorning moliyaviy barkarorligi va xavfsizligini nazorat qilish (qimmatli
qog‗ozlarni ro‗yxatga olish, investitsiya muassasalarining moliyaviy ahvolini nazorat
kilish, huquqiy va axlokiy me‘yorlarga rioya etilishini nazorat kilish, jazolar
qo‗llash).
4. Fond bozori ishtirokchilarini mazkur bozorning ahvolidan xabardor kilish,
emitentlar, sarmoyadorlar, investitsiya muassasalari, fond birjalari va shu kabilar
tomonidan axborotning oshkor etilishini ta‘minlash, yo‗qotishlardan sug‗urtalash.
5. Fond bozorida sarmoyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish bo‗yicha chora tadbirlar ishlab chiqish, shu jumladan, emissiyalarni ro‗yxatga
olish, chet el qimmatli qog‗ozlarini milliy bozorlarda muomalada bo‗lishiga ruxsat
berish, emitentlar va qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarining
119
faoliyatini nazorat kilish, shuningdek, qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risida qonun
hujjatlarini qabul qilish.
Investitsiya institutlarini qimmatli qog‗ozlar bozoridagi faolligini yanada
oshirish uchun mavjud qonunchiliklardagi kamchiliklarni bartaraf etish lozim.
Xozirgi kunda fond bozorining qonuniy-me‘yoriy bazasini yangilash va
muammolarni bartaraf etish maqsadida qimmatli qog‗ozlar bozoriga oid 1993-2001
yillar mobaynida qabul qilingan mavjud 4 ta qonun o‗rniga, jahon tajribasini va
milliy fond bozorimiz xususiyatlarini o‗rgangan holda, yagona qonunni hukumatimiz
qabul qildi. Buni quyidagida ko‗rishimiz mumkin. Qonunlar:
1) «Qimmatli qog‗ozlar va fond birjasi to‗g‗risida»;
2) «Qimmatli qog‗ozlar bozorining faoliyat mexanizmi to‗g‗risida»;
3) «Qimmatli qog‗ozlar bozorida depozitariylar faoliyati to‗g‗risida»;
4) «Qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish
to‗g‗risida» birlashtirilib, o‗rnga yangisi «Qimmatli qog‗ozlar bozori to‗g‗risida» gi
Qonun qabul qilindi. Shuni aytish joizki, «Aksiyadorlik jamiyatlar va aksiyadorlarni
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida» gi Qonun ham takomillashtirilmoqda, ya‘ni
2017-2018 yillarda bu qonunga qo‗shimcha va o‗zgartirishlar kiritildi. Bundan
tashqari, «Qimmatli qog‗ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish» Markazi
tomonidan mavjud me‘yoriy hujjatlarni takomiillashtirish borasida ishlar amalga
oshirilmoqda. 2017-yilda quyidagi normativ hujjatlarga o‗zgartirishlar va
qo‗shimchalar kiritildi:
- «Korporativ obligatsiyalarni chiqarish, davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va ular
bo‗yicha qarzlarni uzish tartibi to‗g‗risida» gi Nizom;
- «Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini chiqarish, davlat ro‗yxatidan o‗tkazish
va chiqarilgan aksiyalarni bekor qilish tartibi to‗g‗risida» gi Nizom;
- «Tijorat banklar tomonidan qimmatli qog‗ozlarni chiqarish, davlat
ro‗yxatidan o‗tkazish va ular bo‗yicha qarzlarni uzish (bekor qilish) tartibi
to‗g‗risida» gi Nizomlarga va boshqalar.
120
Bundan tashqari, 2017-2018 yillarda «Qimmatli qog‗ozlar bozorini
muvofiqlashtirish va nazorat qilish» Markazi tomonidan quyidagi me‘yoriy hujjatlar
amaliyotga joriy etildi:
g‗ozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri
to‗g‗risida» gi Nizomi;
g‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari birlashmalari
(uyushmalari) faoliyati to‗g‗risida» gi Nizomi;
rporativ obligatsiyalar egalari reestri
to‗g‗risida»gi Nizomi;
g‗ozlar bozorida professional faoliyatni birga qo‗shib olib
borishga doir cheklashlar va birga qo‗shib olib borish tartibi, qimmatli qog‗ozlar
bozori professional ishtirokchilarining majburiy normativlar tizimi to‗g‗risida » gi
Nizomi;
g‗ozlar bozori professional ishtirokchisining ichki nazorati
to‗g‗risida» gi Nizomi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |