114
Davlat tomonidan shakllantirilgan va uzluksiz rivojlantirilib boriladigan moliya
bozorini tartiblashtirish tizimi moliya sohasida davlat siyosatining asosiy instrumenti
hisoblanadi.
Davlatning moliya bozorini tartiblashtirish jarayonidagi ishti-rokini muhim
xususiyati unda davlat bir vaqtning o‗zida quyidagi maqsadli strategik rollarni
bajarishi bilan belgilanadi: moliya bozorining bosh regulyatori; emitent; investor;
moliya bozorida moliyaviy munosabatlarni tashkillashtiruvchi va rivojlantiruvchi,
davlat moliyaviy-iqtisodiy siyosatini amalga oshiruvchi professional institut.
Bunda davlatning maqsadlari milliy manfaatlar bilan belgilanadi.
Davlatning
bosh maqsadi – moliya bozorini tizimli ravishda samarali tartiblashtirish asosida
milliy manfaatlarni kompleks ta‘minlash. Bunda davlat moliya bozori orqali:
- iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni, real sektorni modernizatsiyalashni
va industrial rivojlantirishni, umuman barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydi;
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy (monetar, fiskal) siyosatini amalga oshiradi;
- moliya tizimining xavfsizligi va raqobatbardoshligini ta‘minlaydi;
- moliyaviy globallashuv jarayonlarini rivojlantiradi.
Strategik nuqtai nazaridan sanab o‗tilgan maqsadlarga erishish milliy
manfaatlarga qaratilgan bo‗lganligi uchun moliya bozorini tartibli rivojlantirish na
faqat
vakolatli davlat organlarining, balki moliya bozorining boshqa barcha
qatnashchilarini ham muhim vazifasidir. SHu sabali moliya bozorini davlat
tomonidan tartiblashtirishning bosh amaliy maqsadi – milliy bozorga nisbatan barcha
qatnashchilarning, bunda ko‗p jihatdan investorlarning ishonchini ta‘minlashdan
iboratdir.
Moliya bozorini yuqorida ta‘kidlab ko‗rsatilgan tartiblashtirish jarayonida
davlatning bosh vazifasi – milliy manfaat va milliy g‗oya doirasida moliya bozori
faoliyatining yuqori samarali mexanizmini yaratish va unga bozorning barcha
qatnashchilari tomonidan so‗zsiz bevosita rioya qilinishi
asosida rivojlanishini
ta‘minlashdan iboratdir. Asosiy vazifasi - investorlarning huquqlarini himoyalash va
qonuniy manfaatlarini ta‘minlash; bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va
115
shaffofliligini qonunchilik bilan belgilangan tartibda, usullarda va shakllarda
ta‘minlash; risklarni samarali boshqarilishini ta‘minlash.
Ta‘kidlash joizki, faqat yuqorida keltirilgan moliya bozorining tartiblashtirish
milliy (davlat) tizimini maqsad va vazifalari vakolatli davlat organlari va moliya
bozori qatnashchilari tomonidan samarali bajarilganidagina moliya bozori o‗zining
iqtisodiyotdagi vazifalarini, funksiyalarini va rolini ko‗ngildagidek to‗liq bajara oladi.
YUqorida aytilganlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha
komissiyalarning Xalqaro
tashkiloti (International Organization of Securities Comissions - IOSCO) tomonidan
1998-yil sentabr oyida qabul qilingan ―qimmatli qog‗ozlar sohasida tartiblashtirish
maqsadlari va tamoyillari‖ nomli bazaviy hujjatida keltirilgan maqsadlar bilan
umuman olganda hamohang. Xususan, ushbu hujjat bilan quyidagi o‗rnatilgan:
―tartiblashtirish ho‗ja-liklarda kapitallarni shakllanishiga va iqtisodiy o‗sishga
ko‗maklashishi
zarur‖,
buning
asosida
qimmatli
qog‗ozlar
bozorini
tartiblashtirishning uch maqsadi qo‗yilgan:
1. Investorlarni himoyalash (manipulyasiya, tovlamachilik va insayderlik
hollardan).
2. Bozorlarning adolatliligi, samaradorliligi va shaffofliligi (bozorda
qatnashchilar tengligi, informatsiyaga teng va keng ega bo‗lish).
3. Tizimli riskni pasaytirish (qimmatli qog‗ozlar
industriyasida risklarni
samarali boshqarish).
Moliya bozorini tartiblashtirish tizimi – uzluksiz dinamik rivojlanib boruvchi,
faoliyati iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, alohida funksional va
institutsional tarkiblarga ega bo‗lgan, milliy moliya tizimi faoliyatini milliy
manfaatlar, maqsadlar va qonunlar doirasida me‘yorlab rivojlantiruvchi murakkab
majmuaviy tuzilma. Bu tuzilma moliya bozori faoliyatini m‘yorlab rivojlantiruvchi
murakkab tizim sifatida o‗z ichiga bir-biri bilan o‗zaro
moliyaviy bozor
munosabatlari bo‗yicha uzviy bog‗langan ko‗plab qism va elementlarni oladi. Uning
asosiy tarkibiy qismlaridan bo‗lib davlat qonunlari va ularning ijrosiga moliya
bozorining barcha qatnashchilari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilib boruvchi
vakolatli institutlar hisoblanadi. Davlat qonunlari bilan moliya bozorida moliyaviy
116
instrumentlar bilan bog‗liq barcha operatsiya va munosabatlarni tashkil etilishi va
amalga oshirilishining umumiy konsepsiya va tamoyillari o‗rnatiladi.
Davlat qonunlari doirasida moliya bozori rivojlanishi tendensiyalaridagi joriy
davrda va kelajakda turli mumkin bo‗lgan o‗zgarishlarni oldindan ko‗zda
tutish
qiyinligi sababli, moliya bozorini tartiblashtirish milliy tizimining uzilmas
qismlaridan bo‗lib tegishli qonunosti hujjatlar majmuasi hisoblanadi. Bu majmua o‗z
ichiga moliya bozorini tartiblashtirishga oid quyidagi hujjatlar to‗plamini oladi:
muassasalararo majburiy bo‗lgan me‘yoriy hujjatlar (nizomlar, instruksiyalar, tartib-
qoidalar, standartlar), hukumat qarorlari va farmoyishlari va h.k.
Dostları ilə paylaş: