O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Qimmatli qog„ozlar bozorida savdolarni tashkil etish



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. Qimmatli qog„ozlar bozorida savdolarni tashkil etish 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida savdolarni tashkil etish fond birjalari, qonun 
hujjatlariga muvofiq fond bo‗limini tashkil qilgan boshqa birjalar hamda qimmatli 
qog‗ozlarning birjadan tashqari savdolar tashkilotchilari tomonidan tegishli litsenziya 
asosida amalga oshiriladi. 
Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar bilan shuningdek, ularning hosilalari 
yuzasidan birja savdolarini tashkil qilish fond birjalari, hamda markazlashtirilgan 
tizimda qimmatli qog‗ozlarni yagona kotirovkasini ta‘minlovchi, bitimlar yuzasidan 
hisob va hisobotni yagona tartibini ta‘minlovchi fond bo‗limini tashkil qilgan boshqa 
birjalar tomonidan amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida (savdo tizimlarida) narxlar kotirovkasi quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi.
Qimmatli qog‗ozlar narxini kotirovkalash fond birjalari tomonidan 
markazlashtirilgan tartibda, shuningdek birjadan tashqari bozorda dilerlar tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Fond birjalari qimmatli qog‗ozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, 
qimmatli qog‗oz kursini, qimmatli qog‗oz bo‗yicha talab va taklif narxini qayd qilish, 
narxlarning eng baland va eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar. 
Narxlarni emitentlarning o‗zlari kotirovkalashiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
Umuman olganda, qimmatli qog‗ozlar bozorida savdo operatsiyalari to‗rt 
bosqichda amalga oshirilishi mumkin:
- bitishuvni (Shartnomani) tuzish;
- tuzilgan bitishuv parametrlarini tekShirish (solishtirish);
- qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha kliringni amalga oshirish;


107 
- bitishuv talablarini ohirigacha ijro qilish (to‗lovni amalga oshirish va 
qimmatli qog‗ozlarni yangi egasiga berish). Ushbu bosqich hisob-kitob tizimi 
tomonidan amalga oshiriladi.
Fond bozori savdo tizimlarida qimmatli qog‗ozlarning turlariga qarab ular 
bo‗yicha savdo shakllari, usullari, metodlari va mexanizmlari ma‘lum darajada 
farqlanishi mumkin. shu munosabat bilan savdo tizimlarini quyidagicha tasniflash 
mumkin:
- emissiyalanuvchi qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
- emissiyalanmaydigan qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
-bazaviy qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi;
- bazisli qimmatli qog‗ozlar (derivativlar, ya‘ni hosilaviy qimmatli qog‗ozlar) 
savdosi tizimi;
Savdo tizimlarini qimmatli qog‗ozlar bozori segmentlari bo‗yicha ham 
tasniflash mumkin:
- birlamchi bor joylashtiriladigan qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimi (birlamchi 
bozor savdo tizimi);
- ikkilamchi bozor (spekulyativ) savdo tizimi.
Ushbu 
savdo 
tizimlari 
birjaviy 
va 
birjadan 
tashqari 
bozorlarda 
mujassamlashgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‗rinib turibdiki, savdo tizimlari moliya bozorida 
muhim rol o‗ynaydi. Ularning bu roli o‗zlarida moliya bozorining barcha 
qatnashchilari uchun moliyaviy instrumentlar bo‗yicha samarali savdo jarayonini 
tashkillashtirish, unda yetarli va qulay shart-sharoitlar yaratish hamda bu jaryonda 
obyektiv bozor narxlarni belgilash bilan ifodalanadi.
Savdo tizimlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- har bir savdo qatnashchisiga bozordan alohida joy ajratib berish;
-narx-navoning muvozanat va obyektiv darajasini arbitraj asosida aniqlash;


108 
-savdo jarayonida taraflar tomonidan savdo ijrosini aniq, to‗liq, o‗z vaqtida va 
kafolatli bajarilishini ta‘minlash;
- savdolarni ochiqlik va oshkoralik asosida tashkillashtirish;
-savdo qatnashchilari tomonidan etik normalarga va kodeksiga rioya qilinishini 
ta‘minlash.
Savdo tizimlarining funksiyasi – bu o‗zi orqali moliyaviy resurslarni samarali 
va obyektiv narxlarda iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida taqsimlanishini va qayta 
taqsimlanishini ta‘minlash.
Birja tovari – birja savdosi obyekti bo‗lib, uning sifatida turli standartlangan va 
sertifikatlangan tovarlar bo‗lishi mumkin, masalan, qimmatli qog‗ozlar, hom-
ashyolar, mulk, kredit, valyuta va h.k.
Savdo tizimlari tomonidan tovarlarga ma‘lum talablar qo‗yiladi: standartlilik, 
bir 
hil 
sifat 
(sertifikatlangan), 
bir 
tovarni 
boshqa 
Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin