O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorlarining savdo tizimlari va ularning iqtisodiyotdagi roli



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

1. Moliya bozorlarining savdo tizimlari va ularning iqtisodiyotdagi roli. 
Hozirda moliya bozori savdo tizimlari – moliyaviy instrumentlarning (pul, 
kreditlar, 
valyuta, 
qimmatli 
qog‗ozlar) 
bozor 
muomalasi 
jarayonlarini 
tashkillashtiruvchi shakllar, usullar va normalar (tegishli tartib-qoidalar, qonuniy-
me‘yoriy hujjatlar), traditsiyalar (jumladan etik normalar), tamoyillar hamda ushbu 
jarayonlarni normal kyechishiga xizmat ko‗rsatuvchi professional qatnashchilar 
majmuasidan iborat murakkab savdo industriya sifatida tashkillashgan bozor 
mexanizmi.


104 
Moliya bozorining savdo tizimlarini moliyaviy instrumentlar turi bo‗yicha 
quyidagicha ajratish mumkin: 
- qimmatli qog‗ozlar savdosi tizimlari;
- pul vositalari (masalan, plastik kartochkalarning turli hillari) va valyuta 
(xorijiy EKV) savdosi tizimlari;
- kreditlar savdosi tizimlari;
- sug‗urta instrumentlari (polislari) savdosi tizimlari;
- moliyaviy (valyuta) qiymatga ega bo‗lgan antikvariat va yuvelir buyumlari, 
qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob (kamyob) elementlar (radiaktiv) savdosi 
tizimlari.
Pul vositlari savdosi banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda banklarning 
mahsulotlari savdo markazlari (uylari) ham bo‗lishi mumkin.
Valyutalar savdosi tizimi misolida FOREX xalqaro elektron tizimini va valyuta 
almashtirish shahobchalari majmuasini keltirish mumkin.
Kredit resurslari banklararo kredit bozorlarida savdo qilinadi, banklar va kredit 
tashkilotlarida (ittifoqlarida) oldi-berdisi amalga oshiriladi.
Sug‗urta polislari sug‗urta kompaniyalari tomonidan anderrayterlar va agentlar 
yordamida sotiladi.
Valyuta qiymatiga ega bo‗lgan antikvariat va yuvelir buyumlari maxsus 
auksionlarda savdo qilinadi. Bunda lombardlar ham ishtirok etadi.
Qimmatbaho metall va toshlar hamda noyob elementlar maxsus auksionlarda 
savdo qilinadi.
Moliya bozorining eng katta savdo tizmlaridan qimmatli qog‗ozlar (fond) 
birjalari va birjadan tashqari elektron savdo tizimlari hisoblanadi. Bulardan tashqari 
qimmatli qog‗ozlar bozorida maxsus fond do‗konlari, Internet-broker (Internet-
treyder) tarmoqlari, ―chakana ko‗cha‖ va/yoki anderrayterlik (chakana savdo) 
tarmoqlari mavjud.


105 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida va uning savdo tizimlarida turli bitimlar tuziladi. 
Bunday bitimlar doirasida turli operatsiyalar bajariladi.
Investorlar tomonidan sotib olingan qimmatli qog‗ozlar birja bozorlari va 
birjadan tashqari bozorlarda qayta sotilishi mumkin. Investorlar qimmatli qog‗ozlarga 
doir bitimlarni qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari orqali ham, 
mustaqil holda ham amalga oshirishlari mumkin. 
Xususiylashtirish jarayonida aksiyalarga oid bitimlar birjadan tashqari bozorda 
mustaqil sur‘atda, investitsiya vositachilari ishtirokisiz hukumat belgilaydigan 
tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Qimmatli qog‗ozlarga doir boshqa bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilarining qimmatli qog‗ozlar 
bozorida operatsiyalarni amalga oshirishlariga ular tegishli litsenziyaga ega bo‗lsalar 
ruxsat etiladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida amalga oshiriladigan va ularning narxi, egasi, 
daromad keltirish darajasi o‗zgarishi, shuningdek qimmatli qog‗ozlar yuzasidan 
qilinadigan o‗zaro hisob-kitoblar bilan bog‗liq har bir bitim qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim. 
Fond birjalari, fond bo‗limini tashkil qilgan boshqa birjalar va qimmatli 
qog‗ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi savdolarida tuzilgan 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha bitimlar ular tomonidan tasdiqlangan va qimmatli 
qog‗ozlar bozorini tartibga solish bo‗yicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan 
qoidalarga asosan ro‗yxatga olinadi. 
Tashkiliy yo‗sinda yo‗lga qo‗yilgan bozorda oldi-sotdi bitimlari tuzish 
chog‗ida bitim tuzish va unga oid hisob-kitoblar sanasi o‗rtasidagi vaqt qimmatli 
qog‗ozlar bo‗yicha savdolar tashkilotchisi qoidalari, boshqa hollarda esa oldi-sotdi 
shartnomalari asosida belgilanadi. Belgilangan muddatlar buzilgan taqdirda bitim 


106 
haqiqiy emas deb hisoblanadi va etkazilgan zarar uchun bitimning aybdor tomoni, 
agarda uning aybdor ekanligi aniqlansa, javobgarligiga sabab bo‗ladi. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin