O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

Transfer-agentning faoliyati deganda, qimmatli qog‗ozlarga bo‗lgan 
huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarni qabul qilish, qayta ishlash va 
o‗tkazish bo‗yicha xizmatlar ko‗rsatish tushuniladi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorining transfer agent faoliyatini amalga oshiruvchi 
professional qatnashchisi transfer-agent deb nomlanadi.
Emitent bilan o‗zaro munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga 
oshiradi: 
-emitent bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilangan muddatda reestr 
shakllantirish uchun markaziy registratorga so`rov yuborish; 
-markaziy registratordan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qimmatli 
qog‗ozlar egalari reestrini qabul qilissdzxuz 
-qonun hujjatlarida belgilangan tartibda emitentga qimmatli qog‗ozlar reestrini 
etkazish va berish. 
Transfer-agent emitentga markaziy registratordan olingan qimmatli qog‗ozlar 
egalari reestri va boshqa ma‘lumotlarni o‗z vaqtida yyetkazib berish va ularning 
saqlanishi yuzasidan javobgar hisoblanadi. 
Qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchi (sotib oluvchi) bilan o‗zaro 
munosabatda transfer-agent quyidagilarni amalga oshiradi: 


96 
-qimmatli qog‗ozlarni begonalashtiruvchidan (sotib oluvchidan) olingan 
hujjatlarni tekShirish, ro‗yxatga olish va hisobga olish; 
-mijozlardan olingan hujjatlarni ro‗yxatga olish va hisobga olish; 
-qimmatli 
qog‗ozlarni 
begonalashtiruvchiga 
xizmat 
ko‗rsatayotgan 
depozitariyga qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha huquqlarning o‗tishiga asos hisoblanuvchi 
hujjatlarni yyetkazib berish va taqdim etish; 
-imzolar taqdim etilgan hujjatlarda ko‗rsatilgan shaxslar (ularning vakillari) 
tomonidan qo‗yilganligini kafolatlash; 
-operatsiyalar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilganligini tasdiqlovchi 
hujjatlarni qabul qilish; 
-begonalashtiruvchining 
(sotib 
oluvchining) 
xizmat 
ko‗rsatuvchi 
depozitariydan 
shartnomaga 
muvofiq 
olingan 
qimmatli 
qog‗ozlarni 
begonalashtiruvchiga (sotib oluvchiga) yyetkazib berish va taqdim etish. 
Begonalashtiruvchi (sotib oluvchi)ning qimmatli qog‗ozlar transfer-agenti 
bilan munosabatlari shartnoma asosida tartibga solinadi. 
Qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining 
faoliyati deganda, investorlarga vositachilarni yollamasdan turib savdolarda 
qatnashish imkoniyatini beruvchi arizalar qabul qilish punktlari, maxsus kompyuter 
savdo tizimlaridan foydalanishning belgilangan qoidalari bo‗yicha qimmatli 
qog‗ozlar savdosini tashkil qilish faoliyati tushuniladi. 
Birjadan tashqari savdolar tashkil kilish, shuningdek birjadan tashqari listinglar 
qoidalari qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdosi tashkilotchisi tomonidan 
qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solish buyicha vakolatli davlat organi bilan 
kelishgan xolda belgilanadi. 
Birjadan tashqari listing - qimmatli qog‗ozlarning birjadan tashqari savdoga 
ularni birjadan tashqari byulleteniga kiritgan xolda, savdoga qo‗yishdir. 
Birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi qonun hujjatlarida o‗rnatilgan tartibda 
o‗tkazilayotgan savdolarning oshkoraligi va ommaviyligini ta‘minlashi lozim. 
Qimmatli qog„ozlarni nominal saqlovchi 


97 
Qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchi – qimmatli qog‗ozlarning egasi 
bo‗lmagani holda, boshqa shaxsning (qimmatli qog‗ozlar egasi yoki vakil qilingan 
shaxsning) topShirig‗iga muvofiq qimmatli qog‗ozlarni saqlash, hisobga olish va 
ularga bo‗lgan huquqlarni tasdiqlashni amalga oshiruvchi reestr yuritish tizimida 
ro‗yxatga olingan depozitariy. 
Qimmatli qog‗ozlarni nominal saqlovchi mijozlarining qimmatli qog‗ozlari 
uning kreditorlari foydasiga undirib olinishi mumkin emas. 
Nominal saqlovchi markaziy registratorning talabiga binoan o‗zi nominal 
saqlovchi hisoblangan qimmatli qog‗ozlar egalari to‗g‗risidagi qimmatli qog‗ozlar 
egalari reystrini shakllantirish uchun zarur ma‘lumotlarni belgilangan sanaga qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etishga majbur. 
Nominal saqlovchi o‗zida hisobi yuritilayotgan qimmatli qog‗ozlar va ularning 
emitentlari rekvizitlariga markaziy registratordan olingan ma‘lumotlar asosida 
o‗zgartirishlar kiritadi. 
Nominal saqlovchi reystr yuritish tizimiga taalluqli axborotlarning 
ishonchliligi, to‗laligi va o‗z vaqtida markaziy registratorga taqdim etilishi yuzasidan 
javobgarlikka ega. 
Qimmatli qog„ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Qimmatli qog‗ozlar bozoriga oid qonun hujjatlarining buzilishida aybdor 
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar. 
Qimmatli qog„ozlar bozori professional ishtirokchilari emitentlar bilan ishlagan 
chog„idagi javobgarligi 
Qimmatli qog‗ozlar bozori professional ishtirokchilari qonunchilikka muvofiq 
investorlar oldida ularga etkazilgan zarar uchun quyidagi holatlar bo‗yicha mulkiy 
javbogar: 
- investorlar talabiga asosan qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar 
huquqlarini himoya qilish to‗g‗risidagi qonunchilikda belgilangan ma‘lumotlarni 
taqdim qilmaslik yoki noto‗g‗ri ma‘lumotlar taqdim qilish; 
- qimmatli qog‗ozlar emissiyasining belgilangan tartibini buzish; 


98 
- qimmatli qog‗ozlarning insofsiz reklamasini amalga oshirganlik, qimmatli 
qog‗ozlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilmagan 
chiqarilishining reklamasi, shuningdek muomalada bo‗lishi qonun bilan taqiqlangan 
qimmatli qog‗ozlarning reklamasi uchun; 
- investorlar bilan ularning qimmatli qog‗ozlar bozorida investorlar huquqlarini 
himoya qilish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlarini 
cheklaydigan, 
emitentlar 
va 
qimmatli 
qog‗ozlar 
bozori 
professional 
ishtirokchilarining javobgarligini cheklaydigan shartnomalarni tuzish; 
- aniqlangan hiyla-nayrang ishlatish faktlari va qimmatli qog‗ozlar bozoridagi 
boshqa qoidabuzarliklar, shuningdek qimmatli qog‗ozlar, qimmatli qog‗ozlarning 
emitentlari, qimmatli qog‗ozlarga doir narxlar to‗g‗risida, shu jumladan reklamada 
qasddan buzib ko‗rsatilgan axborotni taqdim etish yo‗li bilan investorlarni qimmatli 
qog‗ozlarni sotib olish va sotishga da‘vat qilganlik uchun; 
- investorlar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarmaganlik yoki lozim 
darajada bajarmaganlik, shuningdek investor bilan tuzilgan shartnomada qayd 
etilganidan farq qiladigan shartlarda bitim tuzganlik uchun.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin